К содержанию
РецензированоRU2026

ПОНЯТИЕ И СУЩНОСТЬ ФУНКЦИЙ ГОСУДАРСТВА

Kenjayeva Muxarramxon Do‘ltaboy qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article will talk about the concept, types of state functions,their essence. Key concepts: state function, internal functions, economic function, social function, political function, protection of legal order, peace enforcement, environmental function, external functions, cooperation with other states and international organizations, defense function. ПОНЯТИЕ И СУЩНОСТЬ ФУНКЦИЙ ГОСУДАРСТВА Аннотация. В данной статье речь пойдет о понятии, видах функций государства,их сущности. Ключевые понятия: государственная функция, внутренняя функция, экономическая функция, социальная функция, политическая функция, защита правопорядка, обеспечение мира, экологическая функция, внешние функции, сотрудничество с другими государствами и международными организациями, оборонная функция. Keyingi yillarda davlat qurilishi va boshqaruvi sohalarida juda katta ijobiy islohotlar amalga oshirilib, Yangi O‘zbekistonni jahonning taraqqiy etgan davlatlari qatoridan munosib o‘rin olishi uchun beqiyos o‘zgarishlar va yutuqlarga erishilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida davlatimiz oldida o‘z davlatchiligini barpo etishdek yuksak vazifa turganligi borasida Birinchi Prezident I. A. Karimovning: “Mustaqillikka erishgan har bir mamlakat o‘z tarakkiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan 378 munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy eʼtiqodi, ruhiyati va xulq – atvor normalari shuni taqozo etadi”1,- degan fikrlari yodga olish mumkin. Davlat – siyosiy hokimiyat tashkiloti bo‘lib, muayyan hududda turli sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va boshqa manfaatlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi. Tarixdan maʼlumki, davlat paydo bo‘lganidan buyon jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida rivojlanib bordi va davlat funksiyalarining mazmuni va tizimi ham o‘zgarib borgan. Misol uchun, ilk bor davlat kelib chiqqan paytdagi funksiyalardan ularning tizimi o‘z mazmuni va hajmi jihatdan ancha farq qiladi. Bu hol birinchi navbatda jamiyat rivojlanishining mazkur bosqichdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalari bilan bog‘liqdir. Yaʼni masalan, davlatning hozirgi davrda tan olinayotgan tabiat boyliklari va atrof muhitni muhofaza qilish funksiyasi Quldorlik davlatida bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin, sababi bunga hali ehtiyoj ham bo‘lmagan. U paytda insonning hayot kechirishi uchun tabiiy shart-sharoitlar yetarli va zararsiz bo‘lgan. Davlatga uning funksional faoliyati tomonidan yondoshuv birinchidan, davlat tushunchasini chuqurroq bilib olishga, uni jamiyat hayotidagi tarixiy ahamiyati va rolini ko‘rishga yordam beradi. Ikkinchidan, davlat faoliyati mohiyatini, uning mexanizmini konkret tarixiy sharoitlarda ilmiy nuqtai nazardan chizib berishga imkoniyat tug‘dirdi. Uchinchidan, sifatli davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun davlatning tashkiliy tizimlarini mukammallashtirish maqsadlariga xizmat qiladi. Davlat funksiyalari bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish uning mazmun-mohiyati, jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy vazifasini yana-da chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi. Har qanday davlatning mohiyati, eng avvalo, uning faoliyatida, funksiyalarida o‘z ifodasini topadi. Davlatning faoliyat sohalari xilma-xil bo‘lganligi bois, uning faoliyati bosh yo‘nalishlarini alohida ajratish zarurati kelib chiqqan. Ana shu bosh yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladigan faoliyatda davlatning mohiyati mujassam bo‘ladi, amalga oshiriladi va rivoj topadi hamda ular davlatning mavjud bo‘lish tarzini ifoda etadi. Davlat funksiyalari - bu davlatning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan davlat faoliyatining asosiy (bosh) yo‘nalishlaridir. Davlat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishishi 1 Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosiy, mafkura. 1-tom, T., “O‘zbekiston”, 1996, 44-bet. 379 uchun maʼlum bir vazifalarni hal qilishi lozim, bu esa o‘z navbatida, ushbu vazifalarni bajarishga qaratilgan tegishli funksiyalarni amalga oshirishni taqozo etadi.2 Falsafada funksiya deganda biron-bir obyekt xususiyatlarini maʼlum munosabatlar tizimidagi tashqi ifodasi tushuniladi. Funksiya – vakolat doirasidan kelib chiquvchi faoliyatdir. Chunki “funksiya” lotin tilidan olingan bo‘lib, “faoliyat” degan maʼnoni anglatadi.3 Davlat funksiyalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, bular davlat funksiyalarida mamlakat ichki va xalqaro maydondagi amaliy faoliyati namoyon bo‘ladi; davlat funksiyalari uning tarixiy taraqqiyotidagi maqsad va vazifalariga mos ravishda yuzaga keladi va rivojlanib boradi; davlat funksiyalarida jamiyat hayotida ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy sohalardagi o‘zgarishlar va islohotlar aks etadi. Tabiiyki, davlat funksiyasini uning alohida organlari funksiyalaridan farqlash lozim. Davlat mexanizmiga kiruvchi barcha davlat organlari va tashkilotlarining har biri o‘z vakolatlari doirasida davlat faoliyatining muayyan sohalarida o‘z funksiyalarini amalga oshiradi. Ko‘ramizki

Доказательный фрагмент

«This article will talk about the concept, types of state functions,their essence.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will talk about the concept, types of state functions,their essence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ПОНЯТИЕ И СУЩНОСТЬ ФУНКЦИЙ ГОСУДАРСТВА, DAVLAT FUNKSIYALARI TUSHUNCHASI VA MOHIYATI, CONCEPT AND ESSENCE OF STATE FUNCTIONS
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники