Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
“Yog‘och muzey” - juma masjidini saqlash va ta’mirlash davr talabidir
Xorazm Ma’mun akademiyasi
Тенденции и перспективы развития городов · 1990
Аннотация
В данной статье рассмотрены результаты наблюдательного мониторинга по определению современного состояния памятника архитектуры Джума-мечети, расположенного в музее- заповеднике «Ичан-Кала» в Хиве, который включен в Список всемирного наследия ЮНЕСКО. Ключевые слова: Памятник архитектуры, минарет, мечеть, крыши, деревянные колонны, современное состояние, глиняная штукатурка, термит, ремонт, мониторинг. Annotation: This article discuses the results of observation monitoring to determine the current condition of the architectural monument of the Juma Mosque, located in the museum reserve "Ichan Qala" in Khiva, which is included in the UNESCO World Heritage List. Keywords: Architectural monument, tower, mosque, roof-slab, wooden columns, current state, mud-plaster, termite, repair, monitoring. Xiva shahridagi “Ichon-qal’a” 1990 yil dekabr oyida YUNESKO tasarrufiga - jahon tabiiy madaniyati va merosi ruyxatiga kiritildi va shaharga “Xiva - ochiq osmon ostidagi muzey shahar” degan oliy maqom berildi. X-XX asrlar arxitektura yodgorliklarining O‘rta Osiyoda yagona majmuasi, davlat arxitektura muzey - qo‘riqxonasi Ichan-Qal’ada 54 ta tarixiy me’moriy obida mavjuddir. Mamlakatimizni jadal rivojlantirishga qaratilgan Harakatlar strategiyasida shaharsozlik va me’morchilikni yanada takomillashtirish, me’moriy yodgorliklarni saqlash va ulardan oqilona foydalanish borasidagi muammolarni hal etish chora-tadbirlari belgilangan. Muhtaram YUrtboshimiz aytganidek, - “Madaniy meros ob’ektlari xalqning bebaho boyligi, ularni asrash va avlodlarga bezavol etkazish barchamizning burchimizdir. YUrtimizdagi tarixiy obidalarni saqlash va ta’mirlash, buyuk ajdodlarimizning qadamjolarini obod etish bo‘yicha oldimizda hali qanchadan-qancha vazifalar turibdi”. Shu xususda, “Ichon-qal’a” muzey-qo‘riqxonasi hududida joylashgan - 213 ta yogoch ustun ko‘tarib turgan Juma masjid me’moriy yodgorligining turli salbiy ta’sirlardan saqlash va umrini uzaytirishga oid amaliy ishlar bajarish juda ham zarur. Chunki, sobiq ittifoq davrida (1940-50 yy) Juma masjid obidasi tumanning paxta va donini saqlash uchun omborxona vazifasini o‘tagan. Natijada obidadan noto‘g‘ri foydalanilgan. Hozirda, noyob yog‘och ustunlar, tomyopma qismlarining ko‘pchiligi biologik ta’sir hisoblangan termitdan zararlangan. Shuningdek, er osti suvlarining ko‘tarilishi natijasida sho’rlanish va atmosfera suvlari ta’sirida tomyopma qismi namlangan darajasi oshib bormoqda bu esa o’z navbatida biyologik zararli faktorlarni oshib borishga sabab bo’ladi. YUqoridagilarni inobatga olgan holda “Xiva shahridagi ming yillik tarixga ega “YOg‘och muzey” - Juma Masjidini saqlash va ta’mirlashda innovatsion yondashuv” mavzuida grant loyihasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Germaniya Ta’lim va tadqiqotlar federal vazirligi (BMBF) hamkorlikdagi xalqaro qo’shma ilmiy loyihalar tanlovida g‘olib deb topildi. Loyihaning asosiy maqsadi – Markaziy Osiyodagi yagona “Yog‘och muzey” Juma masjid me’moriy yodgorligining kelgusi avlodlarga asl holida etkazish maqsadida katta tajribaga ega bo‘lgan YUNESKOning Germaniyadagi “Deutsches Fachwerkzentrum Quedlinburg e.V” ta’mirlash markazi bilan hamkorlikda yog‘och ustunlarni va tomyopma qismini innovatsion texnologik usullar qo‘llagan holda an’anaviyligini saqlab qolish asosida ta’mirlash ishlarini bajarishdan iborat. Loyihalash bosqichida O’zbekiston va germaniyalik mutaxasislar seminar trening tashkilashtirib guruhlarga bo’linib ishlaar taqsimlandi. 1-guruh Taxeometr yordamida binoning o’lchamlari, balandligi , ustunlarning joylashgan o’rinlari va har bir ustunning individual parametrlari aniqlandi. 2. Ustun va ikkinchi darajali(qosh) to’sinlarning hususiy balandligi, kengligi, darzlar o’lchami xolati va darzlarni paydo bo’lishga sababchi bo’lgan faktorlar ishlab chiqldi. 3.Konsturuktorlar tom qismi qalinligi zo’nt orqali qatlamlari aniqlandi hamda tomonidan tushayotgan yuklar va ta’sirlarni ustunlarga tasiri aniqlandi(Dulibar pr,Lira,pr). 4.Ustunlarning namlik va termitlar ta’sirida govaklangan qisimlari aniqlandi. Loyiha doirasida O’zbekiston va Germaniya tomonlari Oliy ta’limdan muvasasasi ta’labalarni jalb qilgan holda Urganch davlat Universiteti texnika fakulteti “Arxitektura” talabalarini ham bevosita restavratsiya jarayonida ishtirokini ta’minlashdi. Talabalar O’zbekistonlik mutaxasislar va Germaniyalk mutaxasislardan ko’plagan savollariga ijobiy javob olib mashg’ulotlar maroqli o’tkazildi. Taxeometr yordamida syomkalash jarayonidan lavhalar. Yuklar va ta’sirlarni baxolash jarayonidan lavhalar. Ustunlarning namlik va termitlar ta’sirida govaklangan qisimlarini aniqlash jarayonidan lavhalar. Loyiha doirasida Xorazm Ma’mun akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda Claudia Christina Hennrich rahbarligidagi 8 kishidan iborat ilmiy guruh Juma masjid me’moriy obidasining yog‘och ustunlari bo‘yicha innovatsion yondoshuv asosida ustunlarni texnik holatini aniqlash, ularning ichki strukturasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ish
Доказательный фрагмент
«В данной статье рассмотрены результаты наблюдательного мониторинга по определению современного состояния памятника архитектуры Джума-мечети, расположенного в музее- заповеднике «Ичан-Кала» в Хиве, который включен в Сп…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье рассмотрены результаты наблюдательного мониторинга по определению современного состояния памятника архитектуры Джума-мечети, расположенного в музее- заповеднике «Ичан-Кала» в Хиве, который включен в Сп… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Architectural monument, tower, mosque, roof-slab, wooden columns, current state, mud-plaster
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026