К содержанию
РецензированоRU2026

Общая архитектурная система медресе

MADRASALARNING UMUMIY ME’MORIY TIZIMI

Тенденции и перспективы развития городов · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lmali tizimning hovli atrofida birlashishi inshootlar tipologiyasida “mo‘jiza” bo‘ldiki, bunday tizim, ijtimoiy jarayonlarning (o‘quv, namoz, zikr, yashash va boshqalar) diniy va maishiy vazifalariga javob beruvchi har tomonlama qulay rejaviy yechimga egadir. Kalit so‘zlar: madrasa, yodgorlik, arxeologik, kompozitsiya, rabot, me’morchilik, karvonsaroy, xonaqoh, masjid, inshoot. Aннотация: В данной статье унификация системы перегородок вокруг двора явилась «чудом» в типологии зданий, такая система имеет всесторонне удобное планировочное решение, отвечающее религиозно- бытовым задачам социальных процессов (обучение, молитва, зикр, проживание и т. д.). Ключевые слова: медресе, мемориал, археологический, состав, работа, мемморчилик, карвонсарой, сосед по комнате, мечеть, средство. `` Abstract: In this article, the unification of the partition system around the courtyard was a "miracle" in the typology of buildings, such a system has an all-round convenient planning solution that meets the religious and domestic tasks of social processes (learning, prayer, zikr, living, etc.). Keywords: madrasa, memorial, archaeological, composition, relationship, architecture, carvonsara, honakoh, mosque, facility. Kirish. Toshkent madrasalari O‘zbekiston tarixiy me’moriy yodgorliklari orasida, o‘zining rejaviy, hajmiy, badiiy jihatlari bilan o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Samarqand, Buxoro kabi tarixiy shaharlaridagi madrasalar bilan barobar shakllanish yo‘li, kelib chiqish asoslariga egadir [1]. Madrasalar me’moriy shakllanishining umumiy yo‘nalishlari. Me’morchilik tarixi bo‘yicha tadqiqotlarda anchadan beri madrasa binolarining kelib chiqishi va ayniqsa ularning hovli-ayvonli tizimi shakllanishi asoslari bahslarga sabab bo‘lib keladi. Asr boshidayoq V.V.Bartold Balx (hozirgi Afg‘oniston shimolidagi tarixiy shahar) tasarrufidagi hududlarda madrasalarning ko‘plab uchrashi hamda Amudaryoning ikkala qirg‘og‘i yerlarida ularning ko‘pligidan kelib chiqib (bu yerlarda islom tarqalishidan avval buddaviylik dini hukmronligi kuchli bo‘lgan) musulmon madrasalari uchun hovlili buddaviy ehromlar xizmat qilgan degan fikrni beradi [2]. Mavzuning dolzarbligi va hozirgi xolati. Bu nuqtai nazarni Ajinatepadagi qazishmalarning arxeologik natijalari orqali V.L.Litvinskiy va T.I.Zeymal ham qo‘llaydilar. Ularning fikricha to‘rt ayvonli hovlili rejaviy kompozitsiya O‘rta Osiyo janubida VI-VII asrlarda ham mavjud bo‘lgan, har holda O‘zbekiston hududida aniqlangan buddaviy ehromlar tarhiy yechimlari shunday hovlili yechimga egadirlar. N.B.Nemsova bo‘lsa, o‘rta asr karvonsaroylarini o‘rganib, bu binolarning hovli-ayvonli kompozitsiyasi Qadimiy Misrning tosh arxitekturasidagi atrofi inshootlar va ustunlar joylashgan hovlilariga o‘xshashligini aytadi. Islom davridagi xalifalik mamlakatlarida ikki ayvonli tizimlar qal’a, istehkom va rabotlar tarkibida ham rivojlandi. Fikrimizcha, aynan mustahkamlangan rabotlarning me’moriy-rejaviy usuli keyinchalik madrasalarga ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin [3]. Markaziy Osiyo me’morchiligidagi hajmiy-rejaviy shakllanish jarayonini tushunish uchun bu yerda islomdan avvalgi me’morchilik madaniyatni ko‘rib chiqish kerak, chunki ularning keyingi davr arxitekturasiga ham ta’sirini inkor qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki ilk o‘rta asrlar davrida bu hududda nasroniylik (xristianlik), zardushtiylik, buddaviylik keng tarqalgan edi. Ularning ehromlari va diniy inshootlari hovlilik kompozitsiyaga ega bo‘lsada, lekin vazifasiga ko‘ra madrasa tizimi va tarhiy rejasini rivojlanishiga ta’siri sezilarsiz bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qurilgan feodal qo‘rg‘onlari tizimini ko‘rib chiqilganda, baland devor bilan o‘rab olingan, chor tarafi uylar bilan to‘latilgan, o‘rtada turli o‘lchamda bo‘lgan hovlili qo‘rg‘on- ko‘shk tizimining rivoji madrasalar rejasiga yaqinlashib borganini ko‘ramiz. X-XI asrlarda qurilgan karvonsaroy, madrasa, xonaqoh, masjidlar rejasida qal’a-qo‘rg‘on tipidagi turar joy yechimini ham kuzatish mumkin. Rey va Xargirddagi (Xuroson va Erondagi shaharlar) birinchi madrasalar rejasi oddiy mustahkam qo‘rg‘onlardan uncha farq qilmaydi. Va aksincha, Shahrisabzda Amir Temur qurdirgan Oqsaroy esa to‘rt ayvonli hovlili kompozitsiyaga ega bo‘lgan [4]. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, feodal davrning monumental turar joylari rivoji o‘z navbatida, O‘zbekiston hududida X-XI asrlarda qurilgani aniqlangan madrasalarda hovli-ayvon kompozitsiyasini shakllanishiga ta’sir qilgan. Bu fikrni L.Yu.Mankovskaya, T.F.Jukovalar o‘z tadqiqotlarida keltiradilar [1, 4]. L.Yu.Mankovskayaning yodgorliklar tipologiyasiga oid ishlari natijasidan o‘quv inshootlari uchun maxsus qurilgan binolar bu rabotlar degan xulosa kelib chiqadi. U bu holatni rabot, mehmonxona, karvonsaroy, xonaqoh-zaviya va ular asosida kelib chiqqan madrasalar yagona rejasining qulayligi bilan tushuntiradi. XII asrga kelib rabotlarning istehkom vazifasi so‘nib, uning tarhiy qirralari qonuniylashib bordi. Madrasa tizimiga esa ularning bo‘lmali ko‘rinishi asos bo‘ldi. Bo‘lmali tiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada bo‘lmali tizimning hovli atrofida birlashishi inshootlar tipologiyasida “mo‘jiza” bo‘ldiki, bunday tizim, ijtimoiy jarayonlarning (o‘quv, namoz, zikr, yashash va boshqalar) diniy va maishiy vazifalariga…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada bo‘lmali tizimning hovli atrofida birlashishi inshootlar tipologiyasida “mo‘jiza” bo‘ldiki, bunday tizim, ijtimoiy jarayonlarning (o‘quv, namoz, zikr, yashash va boshqalar) diniy va maishiy vazifalariga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
madrasa, memorial, archaeological, composition, relationship, architecture, carvonsara, honakoh, мемориал, rabot, karvonsaroy, сосед по комнате, me’morchilik, xonaqoh, masjid, facility, состав, arxeologik, работа, kompozitsiya, медресе, мемморчилик, археологический, mosque, карвонсарой, мечеть, inshoot, средство, yodgorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники