Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Предложение по научно-практическому проекту по восстановлению и переоборудованию жилых домов в районе крепости в городе Хива
LOYIHA TAKLIFI.
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
The article presents some results of a monitoring field study and determination of the technical condition of a traditional residential building located in the territory of Ichan Kala mahalla “Zargarlar", the city of Khiva. Keywords: traditional residential building, monument, technical condition, humidity, salinity , walls, sinch- nigirik, preservation, restoration, project. Jaxon madaniy me’moriy yodgorliklaridan hisoblangan mustaqil mamlakatimizning madaniy gavhari hisoblangan qadimiy Xiva shahrimiz o’zining qariyib 2500 yildan buyon tashkil topib, qurilib, vayronalarga aylanib va yana qayta qayta qurilib gullab yashnab kelmoqda. Bu davr mobaynida shahar bir necha bor qayta bunyod etildi. Shahar saltanat markazi bo’lgandan so’ng tezlik bilan katta hajmda bunyodkorlik ishlari olib borildi. Ayniqsa me’morchilik soxasining beshigi hisoblangan turar joylar me’morchiligida salmoqli ishlar qilindi.Xiva turar joy arxitekturasi o’ziga xosligi O’rta Osiyoning boshqa hududlaridagi turar joylardan ajralib turadi, buning sababi, avvalo hudud iqlim sharoiti va unda ishlatiladigan qurilish materiallaridir. Biz bilamizki, Xorazm voxasi Amudaryoning quyi qismida quruq subtropik iqlim zonasida joylashgan. Yoz fasli issiq jazirama bo’lib, xavo haroarti 45oS gacha qizadi, yog’ingarchilik yiliga 130...160 mm, yog’ingarchilik juda kam. Qish mavsumi esa quruq sovuq, xavo harorati -25o....-32oS soviydi. Yilning o’rtacha sakkiz oyida axoli asosan uyning tashqarisida yashaydi. Qolgan 4 oyini uy ichkarisida yashaydi. Bunday sharoitni hisobga olgan qadimgi me’mor quruvchi ustalarimiz voxada o’ziga xos turar joy me’moriy yechimlarni o’ylab topib yoz paytida uy tashqarisida bo’lish hisobga olingan. Yozning issiq havosidan saqlanish, yengil shabada hosil qilish maqsadida ayvon kontruktsiya bunyod etib , shu bilan birga qish payti issiq xavoni hosil qilish maqsadida ham ayvon konstruktsiyasidan foydalanildi 1-2-rasm. Ters ayvon Binolarni tatqiqot qilish davomida Xiva turar joylarining asosiy dominant qismi bu ters va o’ng ayvonlar bo’lib, boshqa xonalar mazkur ayvonlar atrofiga joylashtiriladi va yuqorida aytib o’tganimizdek, Xiva turar joylari, ayniqsa shaxar turar joylari qurilishida ishlatiladigan qurilish material va konstruktsiyalaridir. Bizga ma’lumki, insonlar turar joy qurilishida arzon va qayta ishlanishi oson bo’lgan ashyo va buyumlardan foydalanishga harakat qilishadi. Xiva turar joy qurilishida asosan sinch(nirik) konstruktsiyasidan foydalaniladi. Bunda asosiy bino karkasi maxalliy terak va gujum daraxtidan tayyorlangan taxta va yog’och materiallarida foydalanilgan. Krakas konstruktsiyalarini to’ldiruvchi material sifatida qo’lda quyilib tayyorlanga xom g’isht v,guvalava somon loy ishlatilgan. 1990 yilda Birlashgan millatlar tashkilotining UNESCO tashkiloti tomonida Xiva shahri tarixiy me’moriy qismi Ichon qal’a hududi Butunjaxon tabiiy va madaniy merosi Ro’yxatiga kiritildi. Mazkur tashkilot tomonidan bizning shahrimizning Ro’yxatga olinishi bu ushbu hududdagi 50 dan oshiq madaniy meros obidalari va ular atroflarida haraktdagi qadimiy turar joylar bilan birgalik yaxlit madaniy me’moriy ansambl kompleksining tashkil etganligi, bunday ansambl komplekslar dunyoning hech qaerda takrorlanmasligi va o’zgachaligi bu loy arxitekturasidir. Lekin keyingi yillarga nazar solsak, mazkur turar joylarning arxitekturasida an’anaviylikdan chekinish, mazkur tarixiy ansamblga mos kelmagan arxitektura va qurilish elementlari kirib kelmoqda. Bu o’z navbatida yuqorida qayd etilgan nufuzli xalqaro tashkilot mutaxasislarining e’tirozlariga sabab bo’lmoqda. Bu masalada mazkur tashkilot tomonidan e’tiroz va ogoxlantirishlar taqdim qilindi va qilinmoqda. Albatta, buni bir qancha sabablari bor. Birinchidan, xayotimizga yangi muxandislik kommunikatsiya tarmoqlari kirib keldi. Ikkinchidan, yuqorida aytib o’tganimizdek, Ichon qal’a hududi xarakatdagi axoli zonasidir. Demak, bu yerda yashovchi insonlar xam zamonaga moslashadi. Uy intererlarida zamonaviy qulayliklar yaratishga, ekstererida esa zamonaviy arxitektura elementlari ishlatishaga xarakat qilishadi. Xattoki binolar asosiy va qoplovchi konstruktsiya va materiallarida xam zamonaviy eelmentlardan foydalanishmoqda. Xayotimizga kundan kunga fan va texnikaning yangiliklari kirib turmush farovonligimizni yaxshilab bizga bir qancha qulayliklar yaratyapti. Mazkur qulaylar insonlar xayotiga ijobiy ta’sir qilib, ikknichi tomondan xududning betakror tarixiy me’moriy ko’rinishiga o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmoqda. Bunday paytdan qandaydir boshqa bir yechimlarni izlashga bizni undaydi. Yuqorida keltirib o’tilgan bir qancha negativ faktorlarni yechimi sifatida biz quyidagi loyixa takliflarini keltiramiz. Tarixga nazar solsak xozirgi kunimizgacha yetib kelgan turar joy arxitektura namunalari Xiva shahrida deyarli qolmagan. Faqat ularning ayrim fragmentlarini ba’zi turar joylarda uchratishimiz mumkin. Shuningdek, o’tgan asrning 60 va 70 yillarda ijod qilgan arxitektura va arxeologiya olim va mutaxassislarni
Доказательный фрагмент
«The article presents some results of a monitoring field study and determination of the technical condition of a traditional residential building located in the territory of Ichan Kala mahalla “Zargarlar", the city of…»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article presents some results of a monitoring field study and determination of the technical condition of a traditional residential building located in the territory of Ichan Kala mahalla “Zargarlar", the city of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- traditional residential building, monument, technical condition, humidity, salinity, walls, sinch-, sinch nigirik, texnik holat, sho‘rlanish, saqlash, засоленность, стены, традиционный жилой дом, project, namlik, sinch- nigirik, реставрация, an’anaviy uy, devor, yodgorlik, сохранение, loyiha, влажность, синч-нигирик, restoration, памятник, техническое состояние, ta’mirlash, проект, preservation
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
ИсследовательУмурзоқов Бахтиёр Боходирович2025
Наука и технология в современном миреKozimov Qudratillo Muhammadyusuf o’g’li, Sadriddinov Musoxon Sayidolim o’g’li2026