American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
АСПЕКТЫ РАЗРЕШЕНИЯ НЕОДНОЗНАЧНОСТИ, ОТЛИЧНЫЕ ОТ РОДСТВЕННЫХ СЛОВ
Davidov Yunus Jummayevich
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
There are some similarities and differences between the phenomena of ambiguity and formalism. The similarity is that the form (plan of expression) is the same in both polysemy and similitude, and both express more than one meaning. Although polysemy and homonymy share a formal similarity, they differ from each other in terms of meaning. Key words: Ambiguity, morphemes, polysemy, homonymy, syntactic polysemy, syntactic homonymy. АСПЕКТЫ РАЗРЕШЕНИЯ НЕОДНОЗНАЧНОСТИ, ОТЛИЧНЫЕ ОТ РОДСТВЕННЫХ СЛОВ Аннотация. Между явлениями неоднозначности и формализма имеются некоторые сходства и различия. Сходство состоит в том, что форма (план выражения) одинакова и в многозначности, и в подобии, и оба выражают более одного значения. Хотя полисемия и омонимия имеют формальное сходство, они отличаются друг от друга по смыслу. Ключевые слова: Многозначность, морфемы, полисемия, омонимия, синтаксическая полисемия, синтаксическая омонимия. A.A Potebnya “qayerda ikki maʼno boʻlsa, shu yerda ikki soʻz bor 1 ”,– deya koʻpmaʼnolilikni inkor etadi. U koʻpmaʼnoli soʻz tarkibida nechta maʼno boʻlsa, shuncha soʻz hisoblaydi. Yaʼni polisemiya va omonimiyani tenglashtirib qoʻyadi. Sh. Balli birdan ortiq ifodalanuvchiga ega boʻlgan bir belgi polisemiya, ifodalovchi tomoni mushtarak boʻlgan va har xil ifodalanuvchiga ega boʻlgan birdan ortiq belgi omonimiya2 deya polisemiya va omonimiyaning farqini izohlaydi. Polisemiyaning taraqqiyoti baʼzan omonimiyani yuzaga keltirishi mumkin. Bu haqda M.Mirtojiyev Omonimiyani yuzaga keltiruvchi hodisalardan biri polisemiyaning taraqqiyoti natijasidir ekanligini taʼkidlab, polisemiyadan omonimiyaning yuzaga kelishining 1 Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. Т.1-2, –М.: Учпедгиз, 1958, –С.198 2 Балли Ш. Общая лингвистика и вопросы французского языка. –М.: Изд. ин. лит. 1955, –С.189 9 06 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ quyidagi yoʻllarini koʻrsatadi. 1) Leksik maʼnolarning tobelilik natijasidagi taraqqiyoti: musht, oy, kun, til 2) Polisemantik soʻz maʼnolaridan biri vazifadoshlik yoʻli bilan taraqqiy etib, koʻchma maʼno hosil qilishi va oʻzi qoʻllanishdan chiqib ketganligi uchun bevosita u orqali bogʻlanib turgan maʼnolar aloqasi uzilib ketishi natijasida: gap (suhbat), gap(ziyofat); suv (ichimlik), suv (kashtachilik atamasi) 3) Polisemantik soʻz maʼnolaridan birining qoʻllanilmay qolishi yoki nofaol qoʻllanuvchi maʼnoga aylanib qolishi natijasida maʼnolar bogʻliqligi uzilib, omonim vujudga keladi: boq1 (qara) –boq2 (iqtisodidan xabar ol) –boq3 (iqtisodini taʼminla); boq1 (qara) –boq3 (iqtisodini taʼminla). 4) Polisemantik soʻz maʼnolaridan birini ifodalagan obyekt farazlardan iborat boʻlib, bu faraz oʻz qimmatini yoʻqotishi natijasida: tepki. 5)Polisemantik soʻzni oʻzlashtirish jarayonida uning ayrim maʼnolari olinadi va ularning oʻzaro semantik aloqasini taʼminlab turgan leksik maʼno tushirilib, oʻzlashmaydi: rasm(surat), rasm (urf-odat). Ularning semantik aloasini taʼminlagan “taniqli qiluvchi”, “tus” maʼnosi oʻzlashmagan. 5) Nisbat shaklidagi feʼllar semantik tarqqiy etishi natijasida maʼnolar bogʻliqligi uzilib, omonim vujudga keladi. 6)Polisemantik soʻzdan yangi soʻz yasalayotganda, ularning bogʻliqligini taʼminlab turuvchi maʼnolardan birining tushib qolishi natijasida maʼnolar bogʻliqligi uzilib, omonim vujudga keladi: boshlamoq–ishda yetakchilik qilmoq; boshlamoq–poyabzalning uchi, yuzi charmini yangilamoq. Umuman olganda koʻpmaʼnoli soʻzlarning maʼnolari oʻrtasidagi bogʻlikning uzilishi natijasida omonim soʻzlar yuzaga keladi. Koʻpmaʼnoli soʻzlar taraqqiyoti omonim soʻzlarni yuzaga keltiradi. M. Mirtojiyev xulosasiga koʻra polisemantik soʻz taraqqiyotiga koʻra omonimning tarkib topishi ot va feʼl turkumida kuzatiladi. Sifat turkumida sanoqli miqdorda uchraydi. Boshqa turkumdagi polisemantik soʻzlardan omonim yuzaga kelgan emas.3 M.Hakimova “Polisemiya va polisemiya asosida hosil boʻlgan omonimlarni farqlashda ichki semantik bogʻliqlikning, yaʼni motivatsiyaning unutilganligiga, xiralashganligiga asoslanish kerakligini4 taʼkidlaydi. Koʻpmaʼnolilik va shakldoshlik hodisalari oʻrtasida ayrim oʻxshashlik va farqlar mavjud. Oʻxshashligi shundaki, koʻpmaʼnolilikda ham, shakldoshlikda ham shakli (ifoda plani) bir xil boʻlib, har ikkalasi birdan ortiq maʼno ifodalaydi. Koʻpmaʼnolilik va omonimlik uchun shakliy bir xillik umumiy boʻlsa-da, maʼnodagi bogʻliqlik nuqtayi nazaridan ular bir-biridan farqlanadi. Quyida koʻpmaʼnolilik va omonimiyaning farqlariga toʻxtalamiz. 1.Koʻpmaʼnolilik koʻp semali bir leksema; shakldoshlik koʻp semali birdan ortiq leksemadir. 2.Koʻp maʼnolilikda semalar qancha koʻp boʻlishidan qatʼiy nazar bir leksema hisoblanadi. Yaʼni bir soʻzning turli maʼnolaridir. Shakldoshlik esa qancha semasi boʻlsa, shuncha leksema hisoblanadi. Yaʼni ularni bogʻlab turgan narsa nomdagi bir xillik. 3.Agar semalar bir sememaga yaʼni bir leksik maʼno qurshoviga birlashsa, polisemiya hisoblanadi
Доказательный фрагмент
«There are some similarities and differences between the phenomena of ambiguity and formalism.»
Образец извлечения
Демо-превьюThere are some similarities and differences between the phenomena of ambiguity and formalism. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ambiguity, morphemes, polysemy, homonymy, syntactic polysemy, syntactic
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016