Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
О ВЗАИМООТНОШЕНИЯХ ТЮРКСКИХ ЯЗЫКОВ В КАРАКАЛПАКСТАНЕ
Ajiniyoz nomidagi NukusDPI
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article talks about the influence of neighboring peoples who have established cultural and economic relations for long periods of time on the appearance of dialect and dialect features, and about the words that appear in the dialects of the Uzbek language in the Republic of Karakalpakstan. Key words and phrases: cultural relations, emergence of dialects, differences between dialects, words not found in the literary language, words found in dialects, common Turkish words. О ВЗАИМООТНОШЕНИЯХ ТЮРКСКИХ ЯЗЫКОВ В КАРАКАЛПАКСТАНЕ Аннотация. В данной статье говорится о влиянии соседних народов, установивших культурные и экономические связи на длительные периоды времени, на появление диалекта и диалектных особенностей, а также о словах, которые появляются в диалектах узбекского языка Республики Каракалпакстан. . Ключевые слова и фразы: культурные связи, возникновение диалектов, различия между диалектами, слова, не встречающиеся в литературном языке, диалектные слова, общетюркские слова. Markaziy Osiyoda Janubiy Orolboʻyi (Qoraqalpogʻiston) mintaqasi qadimdan joʻgʻrofiy oʻrni, tabiiy sharoiti qulay, tarixiy voqealarga nihoyatda boy, jahon fani va madaniyati taraqqiyoti xazinasiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshgan buyuk alomalar, fozilu fuzolalar, olimu ulomalar, siyosatchilar, sarkardalar etishib chiqqan, odamlar doimiy yashab kelgan goʻshalardan. Ular muayyan hududda qadimdan oʻtiroq hayot kechirib, chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ishlari bilan shugʻullanib kelgan. Ushbu muqaddas va tabarruk maskanga turli tarixiy sabablarga koʻra keyin kelib turkiylashgan koʻchmanchi, yarim koʻchmanchi urugʻ-qabilalarning aralashuvi natijasida etnik tarkibi murakkablashdi. Bunday murakkab tarixiy-etnografik jarayon aloqa-aralashuv vositasi boʻlgan tillarida ham ifodasini topgan. Masalan, oʻzbek xalqi tarkibidagi qoʻngʻirot, qipchoq, nayman, mangʻit, noʻkis, noʻgʻay, doʻrman, xitoy, qurbanoq, qiyot, qatagʻon, qargʻasha, qoʻlop, uyshun, kanagas, qangli, kinik, xonjigʻali, qoʻshtamgʻoli, kerait, jaloyir, juvondir, qirq, bichanak, bolgʻali, bayot, ochamoyli, avshar, chandir, ming, yuz, mitan, maylibolta, tartuvli, koʻkoʻzakli, sarsan, sagʻir, saxtiyan, saripoʻstun, uygʻur, taz, qorachekmon, qorapoq singari urugʻ-qabila nomlarining koʻpi mintaqadagi qoraqalpoq, qozoq, turkman xalqlari oʻrtasida ham uchraydi. 9 01 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ a) oʻzbek adabiy tilidagi oltita unli fonema oʻrnida oʻzbek tili oʻgʻuz-qipchoq lahjasi va qarindosh turkiy tillarda 9-10 unli fonema mavjud: ә, a(o), i, i, ', , ү, u, ө, (oʻ); b) oʻzbek shevalari va turkiy tillarda unlilar tizimi singarmonizm qonuniyatining tanglay ohangdoshligi qonuniyatiga izchil amal qiladi; v) oʻzbek tili oʻgʻuz va qipchoq lahjasi hamda turkiy tillarda singarmonizmning lab ohangdoshligi qonuniyati soʻzning ikkinchi boʻgʻinidan nariga oʻtmaydi: tүnүmәn tuni bilan, qolum//qolim qoʻlim, kүnүm:kunim uchun kөmәchimә kүl tartaman(maqol). Ommaviy axborot vositalar, adabiy til ta'sirida singarmonizm qonuniyatining buzilish hollari ortib bormoqda: xoʻj., qoʻngʻ. әdrasman isirigʻ, qizmәtkar xizmatkor, bәlәqada baloqazo; qqalp. arbakesh aravakash, xizmetkar, bәlәqada bassaң ayaq astinda (maqol). g) oʻzbek adabiy tilidagi lablangan oʻ fonemasi oʻzbek tilining oʻgʻuz-qipchoq shevalari va turkiy tillarda mustaqil til oldi yumshoq ө xamda til orqa qattiq o fonemalarga boʻlinadi: bөz bez paxtadan toʻqilgan mota, bөl boʻlmoq, ajratmoq, bөlәk boʻlak, parcha, oʻzga; shevada til orqa, qattiq o(oʻ) fonemasi: boz boʻz er, ekin maydoni, bosh boʻsh yumshoq, mayin. bol (boʻl) tugat, tamom qil bas qil; d) mintaqadagi shevalar hamda hozirgi turkiy tillarning konsanantizmi oʻzbek adabiy tilidan miqdor jihatdan kam farq qilsa ham, sifat jihatdan bir muncha tafovut qiladi: oʻzbek adabiy tilida soʻz boshida til oʻrta y undoshi qoʻllanganda, mazkur shevalarda dj affrikati; qoraqalpoq, qozoq tillarida toq (sof) j undoshi qoʻllanadi: shevada djilqi yilqi, djeti etti, djorgʻa yoʻrgʻa, djambash yonbosh. djurt yurt; qqalp. jilqi, jeti, jorgʻa, janbas, jurt va boshqalar. e) soʻz boshida kelgan l, r undoshlari oldidan i, i, ү, u tor unlilaridan biri (proteza) orttiriladi: iri:m rahim; uluqsat\uruxsat ruxsat; ilay loy, ilaqa laqa baliq, uluqman luqmon hokim; yo) intervokal va anlaut holatda k-g; q-gʻ undoshlarining almashinish hodisvsi keng tarqalgan: gәzip kezib, gүbi kuvi, gүnji kunjut, kүmish/gүmish kumush, gүrәsh kurash, gөrәk koʻsak; j) soʻzning boshida oʻrta-keng ө, o(oʻ), e(e) va lab-lab tor u, ү unlilari oʻzbek tilining qipchoq lahjasi va qoraqalpoq, qozoq tillarida vo, vө, ye, ie shaklida diftongdashadi: votin oʻtin, voqlav uqloq, voraq oʻroq: vөrmәjәk oʻrgumchak, vөzәk oʻzak, vөtirik yolgʻon; yel/iel el, yechki\iechki echki, yelәk\ielәk elak va h. Janubiy Xorazm, Samarqand viloyati gʻarbiy shevalari nayman, gʻallorol, yuqori Qashqadaryo qipchoq tur shevalarida diftongl
Доказательный фрагмент
«This article talks about the influence of neighboring peoples who have established cultural and economic relations for long periods of time on the appearance of dialect and dialect features, and about the words that a…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the influence of neighboring peoples who have established cultural and economic relations for long periods of time on the appearance of dialect and dialect features, and about the words that a… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and phrases: cultural relations, emergence of dialects, differences between
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025