К содержанию
РецензированоRU2020

НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ – КОММУНИКАЦИЯ РАЗВИТИЯ

Abdullaxodjayev Gayrat Talipovich · Zarifova Dilfuza Omon qizi · Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI

Современная наука и исследования · 2020

Аннотация

In this article, we tried to reveal the importance of the reaffirmation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan as one of the most important processes in our country. Aimed at fully covering this topic, this article focuses on such issues as rights and freedoms that are important for the youth of our country. Keywords: New Constitution, Action Strategy, Development Strategy. НОВАЯ КОНСТИТУЦИЯ – КОММУНИКАЦИЯ РАЗВИТИЯ Аннотация. В данной статье была предпринята попытка раскрыть значение повторного утверждения Конституции Республики Узбекистан в новой редакции как одного из важнейших процессов в нашей стране. Данная статья, направленная на полное освещение данной темы, посвящена таким важным для молодежи страны вопросам, как права и свободы. Ключевые слова: новая Конституция, Cтратегия действий, Cтратегия развития. Mamlakatimizda mustaqillik yillaridan buyon yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar jadal suratlarda ketmoqda. 2020 yil 29 dekabrda O‘zbekiston prezidentining oliy majlisga navbatdagi murojatnomasida so‘zlagan nutqida shunday degan edilar: “Umuman xar qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan Yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etishi xal qiluvchi o‘rin tutadi. 348 Shu sababli biz islohotlarimiz ko‘lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarni puxta egallagan, azmu-shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz. Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiylar va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish barchamiz uchun eng ustivor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi”.1 “Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga qadam qo‘ymoqda. Biz milliy tiklanishdan – milliy yuksalishga erishishni o‘z oldimizga eng muhim va ustuvor vazifa qilib qo‘ydik. Bu ulug‘ maqsadga esa jahon ahli bilan hamjihat va hamkor bo‘lib yashash, ochiq demokratik jamiyat qurish, hayotimizda milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini yanada keng qaror toptirish orqaligina erishish mumkinligini biz yaxshi anglaymiz”.2 O‘tgan qisqa muddatda ana shu taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan ko‘plab farmon va qarorlar qabul qilindi. Bu haqda so‘z borar ekan Respublikamiz prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. 2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”, 2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” hamda 2023-yil 30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan va 2023-yil 1-maydan kuchga kirgan 6 bo‘lim, 27 bob, 155 moddadan iborat bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun bularga misol bo‘la oladi. Ayniqsa Konstitutsiyaning yangilanishi yurtimizning barcha fuqarolari uchun muhim hodisa bo‘lib, barchamizning shaxsiy huquq va erkinliklarimiz yanada muhofaza qilindi 1 O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi oliy majlisga navbatdagi murojaatnomasida so‘zlagan nutqi. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyasidagi nutqi. 349 desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Konstitutsiyaning barcha bo‘lim va boblaridagi moddalar biz fuqarolarning huquqlarimizni himoya qilish uchun xizmat qiladi. Bunga misol tariqasida aytadigan bo‘sak, ikkinchi va uchinchi bo‘limlar, V bobdan XIII bobga qadar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklarini himoya qilish to‘g‘risidagi moddalardan iboratdir. Shuningdek, Konstitutsiyaning 52-moddasida o‘qituvchilarning ham huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilingan. Bu esa pedagoglarni o‘quvchilarga yanada mas’uliyat, jon-jahti bilan bilim berishlariga sabab bo‘lmoqda. (52-modda. O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi. Davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi,

Доказательный фрагмент

«In this article, we tried to reveal the importance of the reaffirmation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan as one of the most important processes in our country.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, we tried to reveal the importance of the reaffirmation of the Constitution of the Republic of Uzbekistan as one of the most important processes in our country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
New Constitution, Action Strategy, Development Strategy, новая Конституция, Yangi Konstitutsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники