РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
Разработка предложений по защите дорожных покрытий улиц города от влаги
SHAHAR KO‘CHA-YO‘LLARINING YO‘L QOPLAMALARINI NAMLIKDAN · HIMOYALASH BO‘YICHA TAKLIFLAR ISHLAB CHIQISH.
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
This article describes new technologies and materials that have passed the world experience and are currently being tested to restore the water absorption coefficient of the road surface. Калит сўзлар: йўл қопламаси, йўл қопламасининг сув шимувчанлиги, йўл қопламасининг бўйлама узунлиги, silkouting, asfaltbeton Клюchевые слова: дорожное покрытие, водопоглощение дорожного покрытия, продольная длина дорожного покрытия, силкированное покрытие, асфальтобетон Keywords: road surface, water absorption of road surface, longitudinal length of road surface, silcoating, asphalt concrete Shahar ko‘cha-yo‘llarining texnik diagnostika qilish davrida shunday xulosaga keldikki yo‘l qoplamasiga eng katta salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri bu suvdir. Asfaltbeton qoplamaning doimiy ravishda katta bosim va o‘zgaruvchan xarorat ostida ishlashi qoplamaning fizik charchashiga olib keladi. Qoplamaning fizik charchashi qoplama tarkibidagi bitumning elastiklik xususiyatini yo‘qotishi va o‘z fizik xossasini (suyuq xolatdan qattiq xolatga) o‘zgartishi kabi o‘zgarishlar bilan tavsiflash mumkun. Qoplamaning ustki qatlami (ishchi qatlam) yemirilishi oqibatida suv shimuvchanligi ancha katta bo‘lgan o‘rta qatlam va poydevorga tashqi sizot suvlarining yetib borishiga xizmat qiladi. Bu esa o‘z o‘rnida qoplamada katta darzlar va yoriqlar xosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Асфальт беток қопламанинг ишчи қатлами (5см) Асфальт беток қопламанинг оралиқ қатлами (7см) м Асфальт беток қопламанинг остки қатлами (20см) а л т а қ и қ Қоплама пойига ётқизилувчи қатлам (20см) т т а қ и, с а м л а Тупроқ асоснинг устки қатлами (30см) п о қ л ў Й Тупроқли асос, йўлнинг пастки қатлам 1-rasm. Yo‘l qoplamasining qatlamlari ko‘ndalang kesimi ko‘rinishida Yo‘l qoplamasiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar keskin o‘zgaruvchan va sezilarli ta’sir xajmi doimiy bo‘lmaganligi tufayli ularni bartaraf etish, oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar keskin, tezkor va barcha salbiy ta’sirlarga nisbatan universal bo‘lishi zarur. Yo‘l qoplamasining ilashish va suv shimuvchanlik ko‘rsatkichlarini ekspluatatsiya davrida boshlang‘ich qiymatlarini yo‘qotishi qoplamaga qo‘yiluvchi xavfsizlik va umirboqiylik xossalarining yo‘qolishiga olib keladi. Yo‘l qoplamasining barcha qatlamlari ko‘ndalang kesm ko‘rinishida 1- rasimda keltirilgan. Yo‘l qoplamasining ustki ishchi qatlamining barcha ko‘rsatkichlarini qayta tiklash uchun jaxon tajribasida keng qo‘llaniluvchi sinalgan uslub mavju. Bu SILKOUTING bo‘lib uni yana suyuq asfalt deb xam yuritishadi. Silkouting - bu qoplamaning me’yoriy texnik holatini saqlash va asfaltni saqlashga qaratilgan profilaktika va texnik tadbirlarning butun majmuasidir. Bu ta’mirlashdan ko‘ra ancha arzon, chunki hatto yo‘l qoplamalari va yo‘laklarning xizmat qilish muddatini minimal darajada uzaytirish ham yiliga millionlab pul mablag‘larini tejash imkonini beradi. Silkoutinglash (suyuq asfalt surish) jarayoni primitiv ishlov berish va texnika yordamida ishlov berish 2-3 rasimlarda keltirilgan. 2-rasm. Silkoutinglash jarayoni primitiv ishlov berish 3-rasm. Silkoutinglash jarayoni texnika yordamida ishlov berish Silkouting - asfaltbeton xususiyatlarini tiklaydigan maxsus kompozitsion material hisoblanadi. Asfalt emulsiyasi, akril polimer yoki ko‘mir qatroniga asoslangan bo‘lishi mumkin, shuning uchun har bir muayyan vaziyatda foydalanish uchun to‘g‘ri turni tanlash muhimdir. Asfaltbeton qoplamasini silkoutinglash afzalliklari: • asfaltbetonning asl xususiyatlarini tiklash va xizmat muddatini qariyb uch barobarga oshirish; • qoplama sirtini yopish va yoriqlarni himoya qilish; • yo‘l sirtini agressiv muhit, ultrabinafsha, bitum, moylardan himoya qilish; • qoplamaning oleofobligi va hidrofobikligi oshishi; • sirtning yo‘q qilinishi va oksidlanishining oldini olish; • kimyoviy moddalar va tuz ta’siridan himoya qilish; • asfaltning sovuqqa chidamliligi, suvga chidamliligi va mustahkamligini oshirish; • jamoat joylarida, ayniqsa qishda, tutqichni oshirish, jarohatlarning oldini olish va harakat xavfsizligini oshirish; • issiqlik kengayish jarayonida sirtning harakatchanligi va plastikligini saqlash; • suv to‘planishi va ko‘lmak paydo bo‘lishining oldini olish, yomg‘irdan keyin asfaltning tezroq qurib ketishi; • har qanday mexanik tozalashga chidamliligini oshirish; • yangi va yeski yuzalarda ham ishlarni bajarish imkoniyati; • Silkouting qoplamasining yuqori mahsuldorligi va qo‘llanilgandan keyin tez quritish vaqti transportda kechikish muammolarini kamaytiradi; • qoplamaning asl xususiyatlarini tiklash; •Yestetik jixatdan chiroyli ko‘rinish beradi(4-rasm); •suv, ultrabinafsha va agressiv muhitdan himoya qilish; •ta’mirlash va boshqa imtiyozlar bo‘yicha sezilarli xarajatlarni tejash. 4-rasm. Maxalliy yo‘lning silkoutingdan keyingi xolati Silkoutinglash bo‘yicha tadbirlar asfalt qoplamasining texnik holati va tashqi ko‘rinishi yomonlashgani sababli amalga oshiriladi. Qoplamaning holatiga yuklarning ko‘payishi, yoqilg‘i va moylash materiallarining kirib borishi, namlik
Доказательный фрагмент
«This article describes new technologies and materials that have passed the world experience and are currently being tested to restore the water absorption coefficient of the road surface.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes new technologies and materials that have passed the world experience and are currently being tested to restore the water absorption coefficient of the road surface. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- road surface, water absorption of road surface, longitudinal length of road surface, silcoating, asphalt concrete, йўл қопламаси, йўл қопламасининг сув шимувчанлиги, водопоглощение дорожного покрытия, силкированное покрытие, йўл қопламасининг бўйлама узунлиги, асфальтобетон, ater absorption of road surface, продольная длина дорожного покрытия, дорожное покрытие, silkouting, asfaltbeton
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020