К содержанию
РецензированоRU2026

Принципы организации дорожного движения в городах

SHAHARLARDA TRANSPORT OQIMINI BOSHQARISH TAMOYILLARI

Тенденции и перспективы развития городов · 9 · 488-494 · 2026

Аннотация

Proper organization and management of the traffic flow in the world are one the topical issues. Much attention has been paid to scientific research in this direction in recent years. In particular, this is the improvement of transport infrastructure, an increase in the capacity of street networks and intersections, ensuring the safety of road users, and traffic flow management based on modern intelligent transport systems. In this article, through an integrated approach to the management of traffic flows in cities, management methods were analyzed depending on the speed of movement and the characteristics of traffic flows. Kalit so‘zlar: Transport oqimi, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, tirbandlik, jamoat transporti, harakat jadalligi, yo‘l transport hodisalari, intelektual transport tizimlari. Ключевые слова: Транспортный поток, пропускная способность, пробки, общественный транспорт, интенсивность движения, дорожно-транспортные происшествия, интеллектуальные транспортные системы. Keywords: Traffic flow, capacity, traffic, public transport, traffic intensity, traffic accidents, intelligent transport systems. Kirish. Bugungi kunda mamlakatimizda shaxsiy avtotransport vositalaridan foydalanish ko‘lamining jadal ortib borishi jamiyat uchun katta muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bular shaharlarda ekologik vaziyatning yomonlashishi, yo‘l-transport hodisalari (keyingi o‘rinlarda YTH )ning ko‘payishi va tig‘iz vaqtlarda harakat tezligining 9-11 km/soatgacha pasayishi[1] kabilardir. Shaharlarda beqaror harakat tartibi va kechikishlar tufayli yonilg‘i sarfi shahar tashqarisidagi avtomobil yo‘llariga qaraganda 15-30 foiz yuqori ko‘rsatkichga ega. Bunday holatning asosiy sababi shundaki, avtomobillashtirish darajasining ortishi ko‘cha-yo‘l tarmoqlarining rivojlanish sur’atlaridan bir necha barobar yuqori ekanligi hisoblanadi. Transport oqimini boshqarishning ilg‘or usullarini joriy etish hozirgi sharoitda eng qisqa vaqt ichida eng katta samaraga erishish va shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlari imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanish imkonini beradi. Bu borada mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022– 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida “Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘lim holatlarini qisqartirish, shu jumladan harakatni boshqarish tizimini to‘liq raqamlashtirish va jamoatchilikning ushbu sohadagi ishlarda keng ishtirokini taʼminlash” bo‘yicha vazifalar belgilangan[1]. Muhokama va natijalar. Tadqiqotlarga ko‘ra[2], transport oqimini boshqarishning ilg‘or usullariga ega bo‘lgan intelektual transport tizimlarini joriy etish qisqa vaqt ichida yuqori samaraga erishish, hamda atmosfera havosi ifloslanishining 15-30 foizga, YTHlar sonining 1015 foizga kamaytirish imkonini beradi. Shuningdek, harakat jadalligi o‘zgarishlarini hisobga olgan holda muvofiqlashtirilgan boshqaruv orqali o‘tkazuvchanlik qobiliyatiga katta ijobiy ta’sir etadi. Transport oqimlarini muvofiqlashtirilgan boshqarish usullari va vositalarini joriy etishda ushbu usul va vositalarni har tomonlama nazariy va ilmiy tadqiq qilish zarurati yaqqol namoyon bo‘ladi. Transport oqimi boshqaruv usullarini quyidagicha guruhlash mumkin: 1-rasm. Transport oqimi boshqaruv usullari. Moslashuvchan boshqaruv usuli asosan alohida transport vositalariga ta’sir qiladi va turli detektorlari bilan yaxshi jihozlangan intelektual transport tizimlarini talab qiladi. Shakllanuvchan (Formativ) boshqaruv transport oqimining bir qismiga ta’sir qiladi va ko‘p sonli transport detektorlaridan foydalanishni talab qilmaydi. Qat’iy muvofiqlashtirilgan boshqaruv transport oqimining to‘xtovsiz o‘tishini ta’minlaydi, lekin transport oqimiga ta’sir qilmaydi va transport detektorlaridan foydalanishni talab qilmaydi. O‘rganilgan tahlillarda, transport oqimining intelektual transport tizimlarni kompleks baholash natijalari boshqaruv usullari va ularning sifati o‘rtasidagi zaif munosabatni ko‘rsatdi. Moslashuvchan boshqaruv, qoida tariqasida, yuqori harakat jadalligida samarasiz bo‘ladi va qat’iy muvofiqlashtirilgan boshqaruv har doim ham past harakat jadalligida samarali emas. Yo‘l harakatining qonuniyatlarini tahlil qilishda, shuningdek, harakatni boshqarishning amaliy masalalarini yechishda transport oqimi tavsiflarining o‘zaro ta’siridan foydalanish kerak bo‘ladi[3]. Harakat jadalligini quyidagicha baholash mumkin: N= p. V avt/soat; (1) Bu yerda: N – harakat jadalligi, avt/soat; p – transport oqimi zichligi, avt/km; V – transport oqimining tezligi, km/soat. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki[4], shaharlarda ruxsat etilgan yuqori tezlikning pasaytirilishi, harakat jadalligi oshishi bilan birga transport oqimining zichligini ham oshiradi. Agar shahar ko‘cha- yo‘l tarmoqlarida chorrahalarning ko‘pligini hisobga olsak, transport oqimining zichligi taxminan 30-50% ga oshadi. Shunday qilib, harakat jadalligining oshishi bilan transport oqimlari juda tez ustun xarakteri

Доказательный фрагмент

«Proper organization and management of the traffic flow in the world are one the topical issues.»

Образец извлечения

Демо-превью

Proper organization and management of the traffic flow in the world are one the topical issues. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Traffic flow, capacity, traffic, public transport, traffic intensity, traffic accidents, intelligent transport, jamoat transporti, tirbandlik, пропускная способность, дорожно-транспортные происшествия, интеллектуальные транспортные системы, интенсивность движения, traffic accident, intelektual transport tizimlari, пробки, harakat jadalligi, y, Transport oqimi, Транспортный поток, intelligent transport systems, o‘l transport hodisalari, o‘tkazuvchanlik qobiliyati, общественный транспорт
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники