Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Городская транспортная инфраструктура
SHAHAR TRANSPORTI INFRASTRUKTURASI · stajor-o'qituvchisi MATKARIMOV FERUZBEK. · o'qituvchisi SHALIKOROVA DILFUZA
Тенденции и перспективы развития городов · 2026
Аннотация
В статье рассмотрены вопросы проектирования и строительства городских улиц, в том числе реализация транспортной системы, представлены улицы города, их элементы, классификация, типы, городской транспорт, автомобильные детали, транспорт и вопросы организации пешеходного движения. Ключевые слова: инфраструктура, комплекс, транзитный поток, эксплуатация, улично-дорожная сеть, классификация, инфраструктура. Annotation. The article discusses issues of design and construction of city streets, including the implementation of the transport system, presents city streets, their elements, classification, types, urban transport, automobile parts, transport and issues of organizing pedestrian traffic. Key words: infrastructure, complex, transit flow, operation, road network, classification, infrastructure. Kirish. Zamonaviy shaharsozlikning eng katta muammolaridan biri – bu shahar transporti infrastrukturasini rivojlantirish masalasidir. Bu borada respublikamizda mustaqillik yillarida diqqatga sazovor ishlarning amalga oshirilayotganligi, hukumatimiz tomonidan Toshkent shahri, Qoraqolpog‘iston Respublikasi va viloyat ma’muriy markazlari transport infrastrukturasini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borayotgan ishlari mazkur sohani iqtisodiyot tarmoqlari uchun naqadar muhimligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda sohada oliy ma’ulumotli kadrlar tayyorlash ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Shahar ko‘chalari va yo‘llari shahar strukturaviy rejasini tashkil qilsa, shahar transporti esa bugungi zamonaviy shaharni ajralmas qismi bo‘lib, uning hayot faoliyatda muhim tizim hisoblanadi. Shahar ko‘chalari va yo‘llari, transport tizimi shahar transporti infrastrukturasini tashkil etib, mazkur infrastrukturaning rivojlanganlik darajasi shaharning zamonaviylik ko‘rsatkichlarining asosiy parametrlaridandir. Shahar ko‘cha-yo‘llari sxemasi mazkur shaharning tarixini yaqqol namoyon etadi. Chunki shaharning tarixiy rivojlanishi mazkur shahardagi ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida o‘z aksini topgan bo‘ladi. So‘nggi yillarda avtotransport sonining keskin darajada ortishi, respublikamiz shaharlarida transport bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina masalalarni qisqa muddatlarda yechishni taqozo qilmoqda. Bu masalalarga avvalombor, shaharlarda mavjud ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini yetishmasligi, savdo komplekslarida, jamoat ob’ektlarida, turar-joy tumanlarida avtotransport vositalarini to‘xtash va saqlash uchun maydonlarning tanqisligi, ayniqsa, murakkab rejada shakllangan qadimiy shaharlarda bu masalalalarning yechimida o‘ziga xos yondoshuvni talab qiladi. Transport masalasi rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida shaharsozlikda dolzarb bo‘lib, u turli mamlakatlarda turli darajada yechimini topgan. Xorijiy tajribaga ko‘ra ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyatini oshirishning eng maqbul usuli, bu estakadalar yordamida turli sathda kesishuvchi chorrahalarni tashkil qilish, shaharning asosiy transport tugunlari (xalqaro va mahalliy vokzallar, aeroportlar...)ni aholi to‘planadigan joylar bilan o‘zaro tezkor yo‘llar orqali bog‘lash, ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, yer osti muhitidan keng foydalanish kabilar hisoblanadi.[1] Bu borada respublikamizda, xususan, Toshkent shahri misolida bugungi kunda diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq avtotransport vositalarining tinimsiz ortib borishi, bu sohadagi ishlarni doimiy rivojlantirib borishni, ilg‘or g‘oyalar asosida yangidan-yangi yechimlarni talab qiladi. 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida, jumladan «....yo‘l transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish,...» vazifasi belgilab berilgan. Vujudga kelgan shahar ko‘chalari tarmoqlaridagi holatni tubdan yaxshilash borasida O‘zbekiston respublikasi Prezidentning 2017 yil 14 fevraldagi №495 farmonga ko‘ra “O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini qurish va foydalanish davlat aksiyadorlik kompaniyasi” negizida “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi” tashkil etildi. Davlat Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalaridan biri etib, endilikda qo‘mita uchun yangi yo‘nalish bo‘lgan shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarining mavjud tarmog‘ini saqlanishi hamda ta’mirlash ishlarini muvofiqlashtirish, ularning yuqori transport ekspluatatsion darajasida bo‘lishini ta’minlash belgilangan. Belgilab qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlarida transport vositalarining qulay, tejamkor va xavfsiz harakatlanish yuzasidan oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga, shuningdek, rivojlangan chet el tajribalariga asoslangan holda istiqbol (2020-2030 yillar) dashahar ko‘chalarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish, xavfsiz harakatlanishni ta’minlash borasida ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish va birinchi navbatda shahar ko‘cha-yo‘l tarmoqlar
Доказательный фрагмент
«В статье рассмотрены вопросы проектирования и строительства городских улиц, в том числе реализация транспортной системы, представлены улицы города, их элементы, классификация, типы, городской транспорт, автомобильные…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассмотрены вопросы проектирования и строительства городских улиц, в том числе реализация транспортной системы, представлены улицы города, их элементы, классификация, типы, городской транспорт, автомобильные… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- infrastructure, complex, transit flow, operation, road network, classification, infrastructure, infrastruktura, улично-дорожная сеть, ko‘cha-yo‘l tarmog‘i, транзитный поток, эксплуатация, kompleks, комплекс, infratuzilma, klasifikatsiya, классификация, инфраструктура, tranzit oqim, ekspluatatsiya
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025