К содержанию
РецензированоRU2026

Улучшение санитарно-гигиенического состояния деревьев и дорожной инфраструктуры на дорогах города-улицы

SHAHAR-KO’CHA YO‘LLARIDA DARAXTLARNING SANITAR-GIGIENIK HOLATINI · HAMDA YO‘LLARNI INFRASTRUKTURASINI YAXSHILASH

Тенденции и перспективы развития городов · 2026

Аннотация

This article discusses the goals and objectives of landscaping highways, sanitary and hygienic conditions, as well as improving mechanisms for improving the infrastructure of urban street roads.. Key words: sanitary-hygienic, beautification, architectural-artistic decoration, infrastructure, lighting Kirish. Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish loyihasida avtomobil yo‘llarining funkstional tasnifini hisobga olish kerak. Bu avtomobil yo‘llarida o‘simliklarni to‘g’ri joylashtirishga xizmat qiladi, harakat xavfsizligini oshirishga va atrof-muhit muhofazasini ta’minlashga yordam beradi. Avtomobil yo‘llarning texnik toifasi loyihalash va ekspluatastiya qilishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, ushbu nuqtai nazardan unga muvofiq funkstional tasnifga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Usullar. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi to‘rt xil yo'lda yo'l bo‘yidagi daraxtlar va yo‘l orientatsiyasining tashqi issiqlik muhitiga ta'siri o‘rganildi. Dala o‘lchovlari tashqi issiqlik muhitini baholash uchun o'tkazildi, bu yerda joylarni tanlash turli xil yo‘l bo‘yidagi daraxtlarning morfologik xususiyatlari va yo‘l yo‘nalishlariga asoslangan edi. Tashqi havo harorati, nisbiy namlik, globus harorati, shamol tezligi va shamol yo‘nalishi o‘lchandi. Chikago shahrining daraxtlarni muhofaza qilish talablarining maqsadi qurilish faoliyatining ko'cha daraxtlariga salbiy ta'sirini kamaytirishdir. To'g'ri rejalashtirish bilan daraxtlarga ko'plab salbiy ta'sirlardan qochish mumkin. Masalan, yer osti kommunal tarmoqlarini joylashtirish va yangi binolarga xizmat ko'rsatish aloqalari taklif etilayotgan xizmat ko'rsatish liniyalari binodan chiqib ketadigan va mavjud daraxtlardan iloji boricha uzoqroqda o'rnatilishi kerak. Mavjud yo‘lak daraxtlariga minimal ta’sir qilishini ta'minlash uchun qazishning chetida bo‘lishi kerak bo‘lgan minimal masofalar batafsil tavsiflangan. Natijalar va muhokama. Shahar yo‘lovchi tashish transporti har qanday mamlakat, mintaqa yoki shahar iqtisodiyotida muhim ro‘l o‘ynaydi, chunki yo‘lovchi tashishning asosiy usuli yo‘lovchi tashishning asosiy usuli bo‘lib, yo‘lovchi tashishga talab yuqori. Avtomobillashtirish darajasining oshishi va shaharlar yo‘l tarmog'ining yetarli darajada rivojlanmaganligi fonida aholining harakatchanligining oshishi munosabati bilan yo‘lovchilar harakatlanishi uchun yo‘lovchi tashishni optimallashtirish muammosi juda dolzarbdir. Shahar tezroq va arzonroq. Boshqacha aytganda, yo‘lovchi tashishning har qanday harakatga bo‘lgan talabini imkon qadar qondirish zarur. Shahar ko‘chalari – yil davomida yo‘l inshootlarining konstruktiv elementlarini hamda yo‘l uchun ajratilgan ko‘chalarni yaroqli holatda saqlash – muntazam qarovni va nazoratni amalga oshirishda yo‘lning standart talablari ko‘rsatkichlarini takomillashtirish va ushlab turishdan iboratdir. Avtomobil yo‘llari – transport vositalarining uzliksiz va xavfsiz harakatlarini va quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni ta’minlashi lozim. Kunduzgi va kechasi transport harakatlariga belgilangan sharoitni yaratish hamda yil davomida transport harakatini uzluksizligini ta’minlab berish. Shahar ko‘chalari yo‘llarning bir turi bo‘lib, turli xil transportlarni va yo‘lovchilarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bo‘lib qolmay, muhandislik tarmoqlarini joylashishiga, ko‘kalamzorlashtirishga, obodonlashtirishga mo‘ljallangan. Shahar ko‘chalari shahardagi uy-joy qurilgan mintaqalardan o‘tadi. Shahar yo‘llari shahar ko‘chalariga o‘xshash vazifani bajaradi, lekin uy-joy qurilmagan mintaqalardan o‘tadi . Yo‘l o‘z ichiga avtomobil yo‘llarini (umumiy foydalanishdagi va idoraviy avtomobil yo‘llarini), shaharlar, shaharchalar va qishloq aholi punktlarining ko‘chalari va yo‘laklarini, shuningdek elektr transporti y o‘llarini oladi. Yo‘l o‘simliklari quyidagi vazifalarni bajarishi kerak: a) yo‘lning ko‘rinishini idroq qilish; b) insonlar va transport harakati xafsizligini yaxshiroq ta’minlash uchun sharoit yaratish; v) yo‘lni atrof landshaftiga moslashtirish, tabiat go‘zalligini bor bo‘yicha ko‘rsatish va shuningdek, landshaftni boyitish; g) mikroiqlimni yaxshilash; d) inshootlarning uzoq muddat ishlashini ta’minlash.[1] Ma’lumki, daraxtlar va butalar havodagi uglerod ikki oksidi gazini yutib, uni kislorod bilan boyitadi. Birgalikda daraxtlar bir soatda 8 kg karbonat angidridni yutadi, xuddi shuncha miqdordagi karbonat angidridni shuncha vaqt ichida ikki yuz kishining o‘pkasi chiqaradi. Boshqacha aytganda, bir kishiga 50m2 ko‘kalamzor shaharlardagi havoning optimal tarkibda bo‘lishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi sharoitida energetik xom ashyo juda ko‘p iste’mol qilinayotgan bir paytda, atmosferaning gaz tarkibi, ayrim hollarda radiatsion fon ham o‘zgarmoqda. Sanoat rivoji va ma’lum joylarda to‘planishi, avtomobil sanoatining rivojlanishi natijasida havodagi zararli tutun, qurum va gaz miqdori yo‘l qo‘yiladigan me’yorlardan ortib ketdi. Daraxtzorlar ustidagi havoda ochiq maydonlardagiga qaraganda kam miqdorda oltingugurtli birikmalar

Доказательный фрагмент

«This article discusses the goals and objectives of landscaping highways, sanitary and hygienic conditions, as well as improving mechanisms for improving the infrastructure of urban street roads..»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the goals and objectives of landscaping highways, sanitary and hygienic conditions, as well as improving mechanisms for improving the infrastructure of urban street roads.. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sanitary-hygienic, beautification, architectural-artistic decoration, infrastructure, lighting, obodonlashtirish, благоустройство, sanitar-gigienik, освещение, архитектурно-художественное оформление, infratuzilma, yoritilganik, санитарно-гигиенические, me’moriy-badiiy bezash, инфраструктура
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники