К содержанию
РецензированоRU2023

ЗНАЧИМОСТЬ ПРОДВИЖЕНИЯ НАЦИОНАЛЬНЫХ ЦЕННОСТЕЙ И ДУХОВНОГО НАСЛЕДИЯ В ПОВЫШЕНИИ ДУХОВНОСТИ МОЛОДЕЖИ

Dilmurod Karimovich Yaxyayev

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the importance of our spiritual heritage and national values in raising the spirituality of young people in Uzbekistan. The attention paid to the heritageof ourgreat scientistsandscholars inour countryis mentioned. Key words:youth, spirituality,value, spiritualheritage. ЗНАЧИМОСТЬПРОДВИЖЕНИЯНАЦИОНАЛЬНЫХЦЕННОСТЕЙИ ДУХОВНОГО НАСЛЕДИЯВПОВЫШЕНИИ ДУХОВНОСТИМОЛОДЕЖИ Аннотация. В данной статье говорится о значении нашего духовного наследия и национальных ценностей в повышении духовности молодежи Узбекистана. Отмечено внимание,уделяемое наследию великихученыхиучёныхв нашей стране. Ключевыеслова:молодежь,духовность,ценности,духовноенаследие. O‘zbekistonda yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, buyuk ajdodlar xotirasini yodda saqlagan holda, e’zozlab, yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Binobarin, xalqimizning siyosiy tafakkuri, ijtimoiy faolligi va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik tuyg‘usi tobora ortib borayotgan hamda bosib o‘tilgan shonli yo‘limizga nazar tashlar ekanmiz, Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 65-moddasida keltirilganidek, “yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, buyuk ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan faxrlanish tuyg‘usini shakllantirish to‘g‘risida”gi masalalarda davlat va jamiyat g‘amxo‘rlik qiladi. Yangi O‘zbekiston barpo etilayotgan bugungi kunda mamlakatimizga butun dunyoning nigohi qadalgan, qadimiy madaniyatimiz va ma’naviy qadriyatlarimizni jahon ahli tan olayotgan bir davrda ajdodlarimiz qoldirgan boy milliy qadriyatlarimizni avaylab-asrash va rivojlantirishga alohidaahamiyat berilmoqda. SHunda biz,o‘tmishdagi buyuk zotlarimiz: “Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz hayoti, faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam bo‘ldi”[1.16], deb ayta olamiz. Ular qoldirgan ulkan ma’naviy merosdan o‘rnak va ibrat olib, bu g‘oyani yoshlar ongiga tezroq etkaza olamiz hamda ularning ilmga, tariximizga bo‘lgan hurmat-ehtiromini yanada 717 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME2/ISSUE12/UIF:8.2/MODERNSCIENCE.UZ oshiramiz, ularda milliy g‘urur shakllanishiga, ma’naviyatini yanada yuksaltirishga imkon yaratgan bo‘lamiz. Yangi O‘zbekistonning buyuk ne’mati bo‘lgan erki va ozodligi xalqimizning sa’y- harakati, barakali mehnati va ijodiy faoliyatidan kelib chiqish bilan birga, Turon zamindavoyaga etgan hamda jahon sivilizatsiyasiga munosib hissa qo‘shib, o‘z g‘oyalari, tafakkuri bilan o‘zbek milliy g‘oyasiga asos solgan ajdodlarimizning boy ma’naviy merosi va sermazmun tariximizga ham tayanadi. Har bir millatning o‘ziga xos jihatlarini, xususan, ma’naviyatini shakllantirishda eng avvalo, beqiyos ta’sir kuchiga ega bo‘lgan milliy qadriyatining o‘rni katta. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, buyuk zotlar ma’naviy merosining, xususan, allomalarimiz ta’limotlarining o‘rni va ahamiyati katta. Katta umidlar bilan olg‘a qadam tashlayotgan O‘zbekiston bugungi kunga kelib, taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Dunyo tamaddunida yurtimizni “Yangi O‘zbekiston”, “Yangilanayotgan O‘zbekiston” kabi nomlar bilan e’tirof etmoqdalar. “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ezgu ishlarning amalga oshirilayotgani bu yurtda istiqomat qilayotgan har bir insonning baxt-saodati uchun xizmat qilmoqda. Bu e’tirof yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida tarixiy ishlarni amalga oshirgan xalqimizga xos yaratuvchanlik shijoati, bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlari hamda olib borilgan keng ko‘lamli islohotlarga nisbatan izhor etildi, deyish mumkin. Buyuk ajdodlarimizga xos azmu shijoat, xalqimizning metin irodasi, tobora ulg‘ayib kelayotgan barkamol avlodimizga tayanib, jamiyat hayotini tubdan yangilash yo‘lini izchil davom ettirish bugungi kunda eng dolzarb vazifadir. O‘zining noyob asarlari hamda olamshumul kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir va qomusiy olimlardan biri, Ilk Renessans davrining yorqin namoyandasi Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-ma’rifiy merosini yanada chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 avgustdagi “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida” gi PQ-361- son qarori”[2] ning qabul qilinishi va unga ko‘ra, buyuk ajdodimiz yubiley tantanalarini nishonlashga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilishi va munosib nishonlashga doir vazifalarning belgilanishi ayni muddao bo‘ldi. Jumladan, 2022-2023 yillarda buyuk mutafakkir, qomusiy olim, tabiatshunoslik asoschilaridan biri Abu Rayhon Beruniy majmuasi qurilishining rejala

Доказательный фрагмент

«This article talks about the importance of our spiritual heritage and national values in raising the spirituality of young people in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the importance of our spiritual heritage and national values in raising the spirituality of young people in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
youth, spirituality, value, spiritualheritage, молодежь, yoshlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники