К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI TA’LIMDAKIBERXAVFSIZLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK STRATEGIYALARI Rustamov AlisherBahodirovich

PEDAGOGIK STRATEGIYALARI · Rustamov AlisherBahodirovich

Международный научный журнал · 3 · 2025

Аннотация

Raqamli ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilar ekan, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish pedagogik yondashuvni talab qiladi. Ushbu maqolada raqamli ta’lim muhitida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish zarurati, pedagogik strategiyalar, metodik yondashuvlar va amaliy mexanizmlar tahlil etiladi. Talabalarda, o‘qituvchilarda va ta’lim muassasalari xodimlarida kiberxavfsizlikka oid ong va mas’uliyatni oshirishga qaratilgan didaktik vositalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada raqamli savodxonlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, raqamli odob-axloq (etiket), kiberhujumlarga qarshi immunitetni shakllantirish masalalari pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: raqamli ta’lim, kiberxavfsizlik madaniyati, pedagogik strategiya, raqamli savodxonlik, axborot xavfsizligi, didaktika. Annotation. Since the digital educational process is organized on the basis of modern technologies, the formation of a culture of information security and cybersecurity requires a pedagogical approach. This article analyzes the need to form a culture of cybersecurity in a digital educational environment, pedagogical strategies, methodological approaches and practical mechanisms. Didactic tools aimed at increasing awareness and responsibility for cybersecurity among students, teachers and employees of educational institutions are considered. The article also analyzes the issues of digital literacy, personal data protection, digital ethics (etiquette), and the formation of immunity against cyberattacks from a pedagogical point ofview. Keywords: digital education, cybersecurity culture, pedagogical strategy, digital literacy, information security, didactics. Kirish. Bugungi raqamli transformatsiya sharoitida ta’lim tizimi tobora zamonaviy texnologiyalar asosida shakllanib bormoqda. Onlayn platformalar, elektron darsliklar, raqamli baholash tizimlari va masofaviy ta’lim vositalari keng joriy qilinmoqda. Shu bilan birga, raqamli ta’lim muhiti bilan bog‘liq kiberxavfsizlik tahdidlari ham kuchaymoqda. Ayniqsa, ta’lim subyektlari – o‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlarining kiberxavfsizlikka oid bilim, ko‘nikma va madaniyat darajasining yetarli emasligi muhim muammosifatida qaralmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PF–5978-sonli “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoni, 2022-yil 28-fevraldagi PQ–134-sonli “Ta’limda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish” qarori hamda 2023-yil 15-martdagi PQ–87-sonli “Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori mazkur sohadagi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Mazkur hujjatlar asosida ta’lim jarayonida nafaqat raqamlashtirish, balki undan samarali va xavfsiz foydalanish madaniyatini shakllantirish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda. Shu bois raqamli ta’limda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan samarali pedagogik strategiyalarni ishlabchiqish bugungi kundagi ilmiyva amaliy zaruratdir. Metodologiya va tahlil. Zamonaviy raqamli ta’lim muhiti – bu an’anaviy ta’limdan tubdan farq qiluvchi, texnologiyalarga tayanilgan, tezkor axborot almashinuvi va internet resurslaridan keng foydalaniladigan yangi o‘quv formati hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlarini kengaytirish orqali ta’lim sifati oshayotgani bilan birga, kiberxavfsizlik tahdidlariga ham yo‘l ochilmoqda. Masalan, shaxsiy www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARIVAMENEJMENTUNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE ScientificBulletin ISSN:306-4583 VOLUME 3,ISSUE1,2025 ma’lumotlarning tarqalishi, hisobga kirish ma’lumotlarining o‘g‘irlanishi, zararli dasturiy vositalarning tarqalishi yoki noto‘g‘rikontentning o‘quvchilarga ta’siretishi kabi xavfomillari mavjud. Raqamli vositalardan foydalanuvchilar – o‘quvchilar, talabalar, o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlari – texnik jihatdan ma’lumotni ishlatishga tayyor bo‘lishi mumkin, biroq ko‘pchilikda axborot xavfsizligi bo‘yicha ongli yondashuv, ya’ni kiberxavfsizlik madaniyati shakllanmagan bo‘ladi. Bu holat esa raqamli ta’lim tizimining barqaror ishlashiga bevosita tahdid soladi. Shuning uchun, har qanday raqamli o‘quv platformasini joriy qilish bilan birga, foydalanuvchilarning xavfsiz xatti-harakatlarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlarham zarurdir. Kiberxavfsizlik madaniyati – bu insonning raqamli muhitda o‘zini mas’uliyatli, ehtiyotkor va axloqiy xulq-atvor doirasida tutishga qaratilgan bilim, ko‘nikma, munosabat va qadriyatlar majmuasidir. U quyidagi tarkibiy qismlardan iborat: 1-jadval. Kiberxavfsizlik madaniyatiningtarkibiy komponentlari. Komponent Tavsifi Bilim Tahdidlar, himoyalanish usullari, parol xavfsizligi, shifrlash asoslari Ko‘nikma Himoyalangan platformalarda ishlash, fishing vazararli havolasi Onlayn xulq-atvor, axborotga ehtiyotkor yondashish, ehtimoliy xatarlarni Munosabat anglash Mas’uliyat O‘zva boshqal

Доказательный фрагмент

«Raqamli ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilar ekan, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish pedagogik yondashuvni talab qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Raqamli ta’lim jarayoni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilar ekan, axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish pedagogik yondashuvni talab qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
digital education, cybersecurity culture, pedagogical strategy, digital literacy, information, information security, didactics.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники