Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLATVAKILLARI ONGI VAFAOLIYATINING SHAKLLANISHIDAMILLIY QADRIYAT DARAJASIGA KO‘TARILGAN TARIXIY JARAYONLAR Jamolov Davronbek Baxtiyoro‘g‘li Axborottexnologiyalari vamenejment universiteti
Jamolov Davronbek Baxtiyoro‘g‘li
Международный научный журнал · 3 · 2025
Аннотация
Davlat siyosatining asosiy e’tibori milliy an’analar o‘rnini sosialistik va proletar an’analar bilan almashtirishga qaratildi. Mustaqillik yillaridagi keng ko‘lamli islohotlar ham milliy an’analarga mutanosib ravishda amalga oshirildi. Uning huquqiy asoslarini yaratishda milliy an’analar mustahkam asos vazifasini o‘tadi. Kalit so‘zlar: Shaxsning shakllanishi, milliy an’ana, milliy tarbiya, milliy madaniyat, jamiyat, ahloq, qadriyatlar, milliy qadriyatlar, milliy ehtiyoj. Annotation. The main focus of state policy was on replacing national traditions with socialist and proletarian traditions. Large-scale reforms intheyears ofindependence were also carried outin accordance with national traditions. In creating itslegal foundations, national traditions serve as asolid foundation Key words: Personality formation, national tradition, national education, national culture, society, ethics, values, national values, national needs. Kirish. Temuriylar davrida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy yuksalish omillari, madaniy taraqqiyot o‘zbek xalqi uchun allaqachonlar qadriyat maqomini olgan. Millat vakillari ushbu tarixiy jarayonlarni mamlakatimizdagi Ikkinchi renessans davrining ifodasi sifatida qadrlaydilar. Bu qadriyatlar o‘zbek xalqining shonli tarixini, uning potensial imkoniyatlarini, orzu-umidlarini tuyish imkonini beradi. Demak, tarixiy jarayon va voqealar bilan bog‘liq milliy qadriyatlarni asrab-avaylash orqali millatning ijtimoiy-tarixiy munosabatini qaror toptirish, uning ruhiyatini shakllantirish, ijtimoiy kayfiyati va millatparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash mumkin bo‘ladi. Metodlar va metodologiya. Milliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan orzu-umid va ideallarning ham alohida qimmati mavjud. Tarixiy taraqqiyot davomida bunday orzu-umid va ideallar xalqni buyuk ishlar sari undab kelgani haqida ko‘p gapirilgan. Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston orzusi ana shunday ideal darajasiga ko‘tarilmoqda. “Yangi O‘zbekiston – barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi! Unda xalqimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda.”1 Ushbu orzuning qimmati shundaki, u butun o‘zbekistonliklarni yagona g‘oya atrofida birlashtirishga, ularni aniq maqsad sari safarbar etishga xizmat qiladi. Yangi milliy qadriyat darajasiga yetayotgan ushbuorzuniasrab-avaylash zaruriyati ham shuning bilan bog‘liq. Globallashuv tendensiyasi milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni yo‘qotayotgani, ularni unifikatsiyalashtirib yuborayotgani milliy an’analar va qadriyatlarga bo‘lgan e’tiborni, uni asrashga qaratilgan sa’y-harakatlarni kuchaytirishni taqozo qilmoqda. Chunki “xalq an’analari – uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy-ijodiy faoliyati, atrof-muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog‘liq holda avloddan-avlodga o‘tib taraqqiy etgan va ajdodlarimizning asrlar davomidagi fikrlari, orzu-o‘ylari, tajribalari, yutuqlarini va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy meros.”2 Binobarin, milliy an’ana va qadriyatlarni 1Мирзиёев Ш.М.ЯнгиЎзбекистонстратегияси.-Т.:Ўзбекистон,2021.-Б.15. 2Ҳосил У.Одатнома.Биринчи китоб.-Т.:Ўзбекистон,2016.- Б.8-9. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARIVAMENEJMENTUNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE ScientificBulletin ISSN:306-4583 VOLUME 3,ISSUE1,2025 zaiflashtirishga xizmat qiladigan omillarni (shu jumladan, globallashuv tendensiyasining salbiy jihatlarini), bir tomondan, milliy madaniyatning o‘ziga xosligini yo‘qotishga, ikkinchi tomondan, millat vakillari ma’naviy ehtiyojlarini o‘zgartirishga, ularning dunyoqarashi va milliy taraqqiyot tajribalari haqidagi tasavvurlarini yemirishga qaratilgan omilsifatida baholamoq darkor. Natijalar. Bu borada mamlakatning birinchi rahbari Islom Karimovning siyosiy irodasini alohida e’tirof qilmoq zarur. “Davlatimiz rahbari,- degan edi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Islom Karimovni xotirlar ekan,- xalqimizning ma’naviy qadriyatlariga ehtirom bilan munosabatda bo‘lish, muqaddas dinimiz, an’ana va urf-odatlarimiz, bebaho tarixiy merosimizni saqlash qolish va rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tardi”.3 Mustaqillik yillaridagi keng ko‘lamli islohotlar ham milliy an’analarga mutanosib ravishda amalga oshirildi. Uning huquqiy asoslarini yaratishda milliy an’analar mustahkam asos vazifasini o‘tadi. Shu jumladan, “milliy an’ana va qadriyatlar hamda xalqaro huquq normalarini o‘zidamujassam etgan Konstitutsiyamizva qonunlarimizqabul qilindi”.4 Davlatning jiddiy e’tibori samarasi o‘laroq qisqa muddatda milliy an’analarni asrash va rivojlantirish harakati tendensiyaviy tus oldi. “Ajdodlarimizning asrlar davomida asrab-avaylab, e’zozlab, avloddan-avlodga o‘tkazib kelgan yaxshi an’analari yana sayqal topib, boyib, rivojlana boshladi. Xalqimizning qadimiy “Navro‘z”, “Qovun sayli”, “Uzum sayli”, “Hosil bayrami” kabi bayram marosimlarini ommaviy nishonlash an’analari qayta tiklandi
Доказательный фрагмент
«Davlat siyosatining asosiy e’tibori milliy an’analar o‘rnini sosialistik va proletar an’analar bilan almashtirishga qaratildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюDavlat siyosatining asosiy e’tibori milliy an’analar o‘rnini sosialistik va proletar an’analar bilan almashtirishga qaratildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Personality formation, national tradition, national education, national culture, society, ethics, national values, national needs, values
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025