К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQJOYLARDA IJTIMOIY-MAISHIYOMILLARNING AHOLISALOMATLIGIGA TA’SIRI (XXASR50-80 YILLARI) BuronovOlim Murodullayevich Axborottexnologiyalari va menejment

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQJOYLARDA IJTIMOIY-MAISHIYOMILLARNING · BuronovOlim Murodullayevich

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda XX asrning 50-80-yillarida qishloq aholisining salomatligiga ijtimoiy-maishiy omillarning ta’sirini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. Ushbu davrda qishloq hududlarida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish, sanitariya va gigiyena sharoitlarini yaxshilash, oziq-ovqat ta’minoti va ekologik muhitni tartibga solish masalalari muhim ahamiyat kasb etgan. Tadqiqotda sovet hukumati tomonidan qishloq joylarda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish maqsadida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, tibbiyot muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, sanitariya-gigiyena talablarini kuchaytirish va kasalliklarning oldini olishga qaratilgan dasturlar tahlil qilinadi. Shuningdek, qishloq aholisining yashash tarzi, mehnat sharoitlari, ichimliksuvi ta’minoti vaekologik vaziyatning salomatlikkata’siri o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: Qishloq aholisi, ijtimoiy-maishiy sharoit, sog‘liqni saqlash, tibbiy xizmat, sanitariya- gigiyena, demografik jarayonlar, urbanizatsiya, ekologiya, oziq-ovqat ta’minoti, kasalliklar profilaktikasi, qishloq xo‘jaligi mehnati, mehnat sharoitlari, ichimlik suvi ta’minoti, tibbiy infratuzilma, shifokorlar ta’minoti, davolash-profilaktika muassasalari, epidemiologik vaziyat, ijtimoiy himoya, bolalar vaonalar salomatligi. Annotation. This research is dedicated to a comprehensive study of the impact of socio-household factors on the health of the rural population in Uzbekistan during the 1950s-1980s. During this period, issues such as the development of the medical service system in rural areas, the improvement of sanitation and hygiene conditions, the regulation of food supply, and the environmental situation gained significant importance. The study analyzes the measures implemented by the Soviet government to improve the healthcare system in rural areas, including the expansion of the medical institution network, the strengthening of sanitation and hygiene requirements, and disease prevention programs. Additionally, the research examines the living conditions, labor environment, drinking water supply, and the ecological situation’s impact on publichealth. Keywords: Rural population, socio-household conditions, healthcare, medical services, sanitation and hygiene, demographic processes, urbanization, ecology, food supply, disease prevention, agricultural labor, working conditions, drinking water supply, medical infrastructure, doctor availability, treatment and prevention institutions, epidemiological situation, social protection, maternal and childhealth. Kirish: Sog‘liqni saqlashda eng murakkab vazifalardan biri ijtimoiy kasalliklarga qarshi kurashdir. Muayyan davlatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, aholining yashash va madaniyat darajasi ijtimoiy kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, inson sog‘ligining 49–53 foizi turmush sharoitlariga bog‘liq. Ijtimoiy turmush sharoitining nochorligi tufayli sil, teri-tanosil, shilpiq, ruhiy-asab kasalliklari kelib chiqqan. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzida 20 milliondan ortiq kishi sil bilan og‘rigan[1]. Dunyoda har yili 3 mln. kishi sil bilan kasallanadi va yana 3 mln. kishi sildan vafot etadi[2]. Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining bosh direktori M. G. Kandauning ta’kidlashicha: “Sil kasalligi iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar uchun ham yoki rivojlanayotgan mamlakatlar www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE HistoricalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 uchun ham aholi salomatligiga ulkan xavf soladi” [3]. Sil kasalligi Ittifoqda ham keng tarqalgan kasalliklardan hisoblanib, hukumat tomonidan kasallikka qarshi kurash yuzasidan qator ishlar amalga oshirildi. Dispanserlar, davolash o‘rinlari hamda vrach-ftizatorlar soni o‘sib borishi bilan birga silbilan kasallanganlarsoni ham yildan-yilga ko‘payib bordi. Metodlar va metodologiya. Tarixiy-tahliliy metod – XX asrning 50-80-yillarida O‘zbekiston qishloq joylaridagi ijtimoiy-maishiy omillar va aholi salomatligiga ta’sirini o‘rganishda asosiy yondashuv sifatida qo‘llaniladi. Bu metod asosida arxiv hujjatlari, davriy nashrlar, rasmiy hisobotlar va ilmiy manbalar tahlil qilinadi. Urushdan keyingi yillarda xalqning og‘ir mehnati, turar joy sharoitlarining yomonligi, ovqatlar sifatining pastligi, tibbiy xizmatning yomon yo‘lga qo‘yilganligi, sanitariya maorifi ishidagi kamchiliklar sil kasalligining keng yoyilishiga sharoit yaratib berdi. O‘zbekiston aholisining katta qismi qishloq joylarida istiqomat qilib, ularning uy joylaridagi yaratilgan sharoit talabga javob bermadi. Ayrim oilalarda tor uylarda o‘nlab kishilar yashashgan. Xonalar sanitariya qoidalariga javob bermadi. Natijalar. Inson salomatligini muhofaza etishning asosiy shartlaridan biri ovqatlar sifatini yaxshilash, kaloriyasini oshirishdir. Ilmiy-tadqiqotlarda aniqlanishicha, sog‘lom odam bir yilda 82 kg go‘sht, 25 kg baliq, 150 kg mev

Доказательный фрагмент

«Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda XX asrning 50-80-yillarida qishloq aholisining salomatligiga ijtimoiy-maishiy omillarning ta’sirini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur tadqiqot O‘zbekistonda XX asrning 50-80-yillarida qishloq aholisining salomatligiga ijtimoiy-maishiy omillarning ta’sirini har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Rural population, socio-household conditions, healthcare, medical services, sanitation, epidemiologik vaziyat, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-maishiy sharoit, oziq-ovqat ta’minoti, qishloq xo‘jaligi mehnati, demografik jarayonlar, tibbiy infratuzilma, sanitariya- gigiyena, tibbiy xizmat, Qishloq aholisi, mehnat sharoitlari, shifokorlar ta’minoti, ichimlik suvi ta’minoti, davolash-profilaktika muassasalari, urbanizatsiya, ijtimoiy himoya, kasalliklar profilaktikasi, bolalar va onalar salomatligi., ekologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники