К содержанию
РецензированоUZ2025

Axborottexnologiyalari va menejment universiteti talabasi Kalitso‘zlar: kasb tanlash, motiv, qiziqish, qobiliyat, iroda, barqarorlik, chidamlilik, status, ta’lim, tarbiya, kasb-hunar, o‘smir,o‘quvchi, shaxs.

Bekmurodova Hafiza Nomoz qizi · Yo’ldosheva Nigora Safarovna · Tasallayeva GulbahorSa’dullo qizi

Международный научный журнал · 3 · 2025

Аннотация

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan. O’smirlarni kasb-hunarga yo‘naltirishda qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘naltirish va kasb tanlashga o‘rgatish hamda ijtimoiy mobilligi va kasbiy o‘sishini ta’minlash, kasbiy motivlarning shakllanish omillari to‘g‘risida ilmiy xulosalar berilgan. Muallif mazkur muammo hozirgi kunda juda dolzarb ekanligi, uni o‘rganish psixologlar oldida muhim vazifalarni qo‘yayotganligi, mamlakatimizda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish muhim ahamiyatgaega ekanligini ta’kidlab o’tgan. Annotation. The article examines the influence of individual character traits on the formation of adolescents' understanding of professions in the educational process and in the process of choosing a profession as a psychological factor. Scientific conclusions are given about the factors of the formation of professional motives, teaching adolescents the right orientation and choosing a profession in accordance with their interests and abilities for professional orientation and ensuring social mobility and professional growth. The author noted that this problem is currently very relevant, its study poses important tasks for psychologists,and theprofessional orientation of young peoplein ourcountry isimportant. Key words: choice of profession, motive, interest, abilities, will, stability, resilience, status, education, upbringing, profession, teenager, student, personality Kirish. Bugungi kunda o‘smirlarni kasbga yo‘naltirish masalasiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor qaratilib, kasbga o‘rgatish markazlari tashkil etilmoqda. O‘smirlik davridagi shaxslarning kasb tanlash masalasi yurtimizda keng doirada o‘rganilmoqda. O‘smirlarga o‘quv jarayonida ma’lum bir kasbga xos tushunchalarni berish, kasb-hunarga yo‘naltirish va kasb o‘rgatish, yoshlarning ijtimoiy-innovatsion jarayonlarga transformatsiyalashuvini ta’minlash, o‘smirlarning ijtimoiy mobilligi va kasbiy o‘sishini ta’minlash, ularning ijtimoiy masalalar bo‘yicha tanlovlarida pedagogning o‘rni, kasbiy motivlarning shakllanish omillari, kasb motivlari barqarorlashishi, o‘smirlar sanogen tafakkurini rivojlanishi ularning xulq-atvoriga bog‘liqligi, o‘smirlarning ijtimoiylashuvida ibrat olish xususiyati, o‘smirlarning fikrlari kattalar tomonidan inobatga olinishi, o‘smirlarning o‘zini nazorat qilish, mas’uliyatli va mustaqil bo‘lishga intilishi masalalariga amaliy e’tiborqaratilmoqda. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARIVAMENEJMENTUNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE ScientificBulletin ISSN:306-4583 VOLUME 3,ISSUE1,2025 Inson o‘zining kasbiy faoliyatida muayyan darajalar, yutuqlarga erishishni asosiy maqsad deb bilmog‘i lozim. Hozirgi davrda fan va texnikaning yuqori darajada taraqqiy etib borayotganligi hamda bunga bog‘liq ravishda maʼlum bir sohada yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanish uchun o‘smirlik davridan shaxsning o‘ziga mos kasbni tanlash masalasi dolzarb muammo sifatida namoyon bo‘ladi. O‘smirlik davrida kasb nuqtayi nazardan nafaqat kelajakda kim bo‘lish haqida o‘ylash, balki o‘zining kelajakdagi faoliyatini rejalashtirish, kasbiy qiziqishlarni belgilash, kasbni tanlash kabi aniq bosqichlar amalga oshiriladi. O‘zini aktuallashtirish bosqichida shaxsning imkoniyat va qobiliyati to‘liq realizatsiyasi namoyon bo‘ladi. O‘zini aktuallashtirish cheklanmagan bo‘lib, shaxs istalgan faoliyat turida o‘z qobiliyatini maksimallashtirishi va to‘liq shaxs rivojlanishiga erishishi mumkin. [10; 11;] A. Maslou ta’limotiga ko‘ra, o‘zini aktuallashtirish ehtiyoji shaxsning o‘zidagi kamchilikni to‘ldirish motivatsiyasi emas, balki intilish va erishish motivatsiyasini anglatadi. Shaxs o‘zi tanlagan faoliyat turida yuqori natijaga erishishi o‘zini aktuallashtirish ehtiyojining ta’minlanganligini anglatadi. Kasb tanlash, kasbiy jihatdan o‘zini anglash va kasb tanlashning yoshga xos xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha mamlakatimiz psixologiyasida ko‘plab ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan va hozirgi kunda ham bu sohada muhim ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shu o‘rinda R.Z.Gaynutdinov, E.G‘.G‘oziyev, V.A.Tokareva, G‘.B.Shoumarov, B.R.Qodirov, V.M.Karimova, Sh.R.Barotov, N.S.Safayev, R.I.Sunnatova, Z.T.Nishonova, A.A.Fayzullayev, F.I.Haydarov, N.I.Xalilova, K.B.Qodirov, U.S.Jumayev va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari juda muhim bo‘lib, mazkur izlanishlarda kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish va o‘qitish, o‘quvva kasbiy faoliyat motivatsiyalari haqida muhimilmiyma’lumotlar berilgan. Psixologiya fanlari doktori professor V.M. Karimova mazkur muammoni samarali o‘rgangan olimalardan biri bo‘lib, o‘z ilmiy izlanishlarida kasb tanlash tizimida oila ijtimoiy institutiga alohida urg‘u beradi. Jamiyatda takrorlanmas qadriyat sifatida avlodlardan avlodlarga o‘tib boruvchi meroslar ko‘p bo‘lib, uzoq asrlar davomida oilalar sulolasida davom etib kelayotgan

Доказательный фрагмент

«Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida o‘smirlarga kasblar haqida tushunchalar berish va kasb tanlash jarayonida individual xarakter xususiyatlar ta’siri psixologik omil sifatida o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
choice of profession, motive, interest, abilities, will, stability, resilience, status, education, upbringing, profession, personality, teenager, student
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники