Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Berdiyev G‘olibRashidovich
GOOGLECLASSROOMPLATFORMASINING TEXNIKARXITEKTURASI VA · Pardayeva Gulmira Abdunazarovna · Berdiyev G‘olibRashidovich
Международный научный журнал · 3 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Google Classroom platformasining texnik arxitekturasi tahlil qilinib, uning masofaviy ta’lim jarayonini avtomatlashtirishdagi funksional imkoniyatlari o‘rganilgan. Platformaning bulutli xizmatlar asosida ishlash printsipi, o‘quv resurslari bilan integratsiya imkoniyatlari hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi interaktiv aloqani qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari Google Classroom’ning ta’lim samaradorligini oshirishda muhim vosita bo‘lishini tasdiqlaydi. Kalit so‘zlar: Google Classroom, texnik arxitektura, masofaviy ta’lim, avtomatlashtirish, bulutli texnologiyalar, interaktiv o‘quvmuhiti. Annotation. This article analyzes the technical architecture of the Google Classroom platform and studies its functional capabilities in automating the distance learning process. The principle of the platform's operation based on cloud services, the possibilities of integration with educational resources, and the mechanisms supporting interactive communication between students and teachers are considered. The research results confirm that GoogleClassroom is an important toolin increasing educational efficiency. Keywords: Google Classroom, technical architecture, distance learning, automation, cloud technologies, interactivelearning environment. Kirish. XXI asrda raqamli texnologiyalar ta’lim sohasida chuqur o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Xususan, pandemiya sharoitida masofaviy ta’limga o‘tish ta’lim tizimida avtomatlashtirilgan platformalarning ahamiyatini yana-da oshirdi. Shu munosabat bilan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro aloqani muvofiqlashtirish, topshiriqlarni boshqarish va ta’lim jarayonini monitoring qilish imkonini beruvchi tizimlar talabi ortdi. Shulardan eng ommaboplaridan biri bu – Google Classroom platformasidir. Ushbu maqola mazkur platformaning texnik arxitekturasi va masofaviy ta’lim jarayonini avtomatlashtirishdagi rolini ilmiy jihatdan yoritishga qaratilgan. Tadqiqotuslublari (Methods). Hozirgi an'anaviy o‘qitish usuli o‘qituvchilarga yo‘naltirilgan ta'lim bo‘lib, unda ma'ruzachilar taqdimot slaydlari, doskalar va vizualizatorlar ko‘rinishidagi ko‘rgazmali qurollardan foydalanadilar. Masofaviy taʼlim - bu oʻqitishning maqsadi, mazmuni, talabalar, oʻqituvchilar, oʻqitish usullari, vositalari va shakllarini oʻz ichiga olgan oʻziga xos didaktik tizim. Biroq, barcha mumkin boʻlgan oʻzgarishlarga qaramay, “oʻqituvchi” -“taʼlim beruvchi” - bu oʻquv jarayonining samaradorligi va sifatini taʼminlaydigan eng muximboʻgʻinhisoblanadi. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARIVAMENEJMENTUNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE ScientificBulletin ISSN:306-4583 VOLUME 3,ISSUE1,2025 Masofaviy taʼlim yangi oʻziga xos shakli sifatida, oʻziga xos xususiyatga koʻra, koʻpincha tyutor deb nomlanadigan yangi shakldagi oʻqituvchining paydo boʻlishiga olib keladi. Hozirgi kunda koʻplab oliy oʻquv yurtlarida “tyutor” kabi rasmiy mavqe mavjud emas (masofadan oʻqitishning konseptual afzalliklari uning zamonaviyligi va rivojlanayotganida), maqolaning asosiy predmeti masofaviy taʼlim texnologiyalarini oʻzlashtirgan oʻqituvchi “Masofaviy taʼlim tyutori” deb nomlanadi. “Masofaviy taʼlim tyutori” taʼrifiga aniqlik kiritsak (“Masofaviy taʼlim oʻqituvchisi – masofadan kirish orqali oʻz vazifalarini bajaradigan oʻqituvchi-maslaxatchi”): “Masofaviy taʼlim tyutori” masofadan oʻqitish texnologiyalariga ega va masofaviy oʻqitishning maʼlum bir dasturi doirasida oʻquvchilarga oʻquv, uslubiy, psixologik, pedagogik vatashkiliyyordamni amalgaoshiruvchidir [1]. Masofaviy ta'lim o‘sishda davom etmoqda va O‘zbekiston oliy ta'limida tobora muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu tezkor o‘sishda Masofaviy ta’limni samarali tashkil etish borasida bir qancha izlanishlar paydo bo‘la boshladi. Jarayonlar shuni ko‘rsatyabdiki, samarali tashkil etilgan masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdao‘qitishorqali erishilgan o‘quvnatijalaridan sezilarlifarqni keltirib chiqarmaydi [2]. TQQM – Devis tomonidan kompyuterdan foydalanish xatti-harakatlarini tushuntirish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu tizim ikkita muhim xususiyatga ega: foydalanishda qulaylik (FQ) va sezilgan foyda (SF) [3]. Saade, Nebebe va Tan universitet talabalarining ishtiroki muvaffaqiyatli elektron ta'lim tizimlari uchun muhimligi shuning uchun talabalarning qabul qilish xatti-harakatlarini baholash kerak ekanligini ta'kidlaydilar. Ular TQQM mustahkam nazariy model bo‘lib, uning amal qilish muddati elektron ta'lim sharoitida ham kengaytirilishi mumkin, deb taklifqilishdi[4]. Google classroom muhitida “Mobil ilovalarini ishlab chiqish” va ularga tegishli dastur tushunchalarini o‘qituvchilar yoki talabalar Google classroomdan foydalanish qulayligi tufayli o‘qitish va o‘rganish jarayoni foydali ekanligini ham bilishlari kerak. O‘qituvchi va talabalarga undan kelajakda ish joyida foydalanish to‘g'risida ma'lumot berish va zarurat tug'ilganda talabalarga ulardan foydalanish qulayligiga ishonch hosil qildirishvazifasi qo‘yilgan. Google classroo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Google Classroom platformasining texnik arxitekturasi tahlil qilinib, uning masofaviy ta’lim jarayonini avtomatlashtirishdagi funksional imkoniyatlari o‘rganilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Google Classroom platformasining texnik arxitekturasi tahlil qilinib, uning masofaviy ta’lim jarayonini avtomatlashtirishdagi funksional imkoniyatlari o‘rganilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Google Classroom, technical architecture, distance learning, automation, cloud technologies, interaktiv o‘quv muhiti., avtomatlashtirish, masofaviy ta’lim, bulutli texnologiyalar, texnik arxitektura
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025