Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
EKOESTETIK TAFAKKURNING GNOSEOLOGIK JIHATI VA PRAKSIOLOGIK QIYMATI Niyazov Sobirjon Sodiqovich Axborottexnologiyalari vamenejment universiteti
Niyazov Sobirjon Sodiqovich
Международный научный журнал · 3 · 2025
Аннотация
Maqolada, Ekologik borliqni fundamental nazariy bilishda estetikaning ontologik, gnoseologik, metodologik va praksiologik funksiyalari turli amaliy darajalarda – kundalik oddiy urf- odatlar, an’analar yoki murakkab texnik-texnologik madaniyatga asoslangan ekologik faoliyat tarzida namoyon bo‘ladi. Shunuqtai nazardan, ilmiy-nazariy tahlilqilingan. Kalit so‘zlar: ekologik madaniyat, ekologik tafakkur, ekologik tarbiya, ekoturizm, ekologik vaziyat,“bokira”tabiat, gedonistik vaevdomonistik, tabiat-jamiyat-inson, ekologik ehtiyoj, ekologik borliq. Annotation. The article explores the ontological, epistemological, methodological, and praxeological functions of aesthetics in the fundamental theoretical understanding of ecological existence. These functions manifest at various practical levels — in the form of ecological activities based on everyday customs and traditions, or within a complex technical and technological culture. From this perspective, a scientific and theoretical analysis was conducted. Keywords: ecological culture, ecological thinking, environmental education, ecotourism, environmental situation, "pristine" nature, hedonistic and eudaimonistic, nature-society-human, ecological need, ecological existence. Kirish. Hozir turistik oqim yo‘nalishi, XX asrdan farqli ravishda, nafaqat industrial rivojlangan mamlakatlararo, balki rivojlanayotgan mamlakatlar, ya’ni texnogen sivilizatsiyaning tabiat bokiraligiga, barqarorligiga ta’siri, nisbatan sust bo‘lgan davlatlar tomonga o‘zgarmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarning turizm industriyasi, asosan ekologik turizm – ekoturizm, hisobiga amalga oshirilmoqda. Ekoturizm tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ekologik harakatning maxsus shakli sifatida ommaviy kommunikatsiya, zamonaviy infrastruktura va boshqa turistik obyektlarga nisbatan tabiiy komfortni qadrlash, go‘zalligini mushohada qilish, zavqlanish, u bilan muloqotdan ma’naviy boyish, tabiiy merosni saqlash hamda mahalliy jamoalarning ekologik an’anaviy madaniyati va qadriyatlarini muhofaza qilish ustuvorligini va unga daxldorligini, mas’uliyatini his qilishni ko‘zdatutadi[1,719b.]. Metodlar va metodologiya. Jamiyat ekologik ongi va madaniyatining, ijtimoiy hodisa sifatida, tabiatga estetik munosabatini shakllantirish, bir tomondan, uning funksiyalarini: 1) ontologik – borliqning alohida shaklini tashkil qilishi va namoyon bo‘lishi; 2) gnoseologik – bilishning asosiy tushunchalari tizimini, kategoriyalarini yaratishi va tizimlashtirishi; 3) evristik – borliqni qayta “yaratish”ning yangi usullarini va vositalarini kashf etishi; 4) aksiologik – qadriyat maqomiga ega bo‘lish va uni mustahkamlash; 5) praksiologik – natijalarni amalda qo‘llash; 6) metodologik – faoliyat usullarini, vositalarini, yo‘llarini ko‘rsatishi; 7) pedagogik-didaktik – ta’lim-tarbiya berish jihatlarini aniqlashtirishi bilan xarakterlanadi. Ekologik ong va madaniyatni estetiklashtirish jarayoni ham, natijasi ham, tabiatni muhofaza qilish, uning resurslaridan oqilona foydalanishda shaxs faol hayotiy mavqeini mustaxkamlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy ong shakllarining funksional ahamiyatini aniqlashtiradi. Shu sababdan ekologik madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan estetik ta’lim va tarbiya jarayoniga bir butun, yaxlit hodisa sifatda qarash maqsadga muvofiq. Ya’ni ekologik tarbiya, bir vaqtning o‘zida ratsional estetik nazariya va empirik estetik amaliyot darajasida namoyon bo‘ladi. Chunki insonning ekologik ehtiyojlari tizimida moddiy va ma’naviy, empirik va ratsional jihatlar birligi, uning mohiyatini har tomonlama to‘liq namoyon qiladi. Lekin jamiyat www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARIVAMENEJMENTUNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE ScientificBulletin ISSN:306-4583 VOLUME 3,ISSUE1,2025 taraqqiyotining muayyan bosqichlarida, inson ehtiyojlari tizimida, moddiy ehtiyojlarni qondirish, ularning usul-vositalari rivojlantirish ma’naviy ehtiyojlarga nisbatan ustuvorligi qonuniyat maqomiga ega bo‘lgan. Ekoturizm, umuman turizm industriyasidagi o‘zining asosiy funksiyasiga, ya’ni tabiiy atrof-muhit yoki uning komponentlarini, hayvonlar yoki o‘simliklarning noyob turlari, landshaftlar va shu kabi tabiiy yodgorliklarni tomosha qilish va bioxilma-xillikni saqlab qolishdan gedonistik, evdomonistik zavqlanish, lazzatlanish, huzurlanish maqsadi va iqtisodiy manfaatdorligi uyg‘un bo‘lgan yagona yo‘nalish, faoliyat turi hisoblanadi. Zero, tabiat bag‘riga sayohat qilinishdan asosiy maqsad – sayyohlarning jonli tabiat, mahalliy aholi urf-odatlari, an’analari, hayot tarzi va madaniyati bilan bevosita tanishib, gedonistik va evdomonistik hissiy tuyg‘ularini shakllantirish, ekologik bilimlarini oshirishdan tashqari, ularni ruhiy-jismoniy sog‘lomlashtirishda ham juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham shifokorlarning aksariyat zamonaviy industrlashgan, urbanizatsiyalashgan va axborotlashgan jamiyatlar “ekologik kasalliklarini” davolashda ekoturizmdan samarali foydalanishni tavsiya qilishlari bej
Доказательный фрагмент
«Maqolada, Ekologik borliqni fundamental nazariy bilishda estetikaning ontologik, gnoseologik, metodologik va praksiologik funksiyalari turli amaliy darajalarda – kundalik oddiy urf- odatlar, an’analar yoki murakkab te…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada, Ekologik borliqni fundamental nazariy bilishda estetikaning ontologik, gnoseologik, metodologik va praksiologik funksiyalari turli amaliy darajalarda – kundalik oddiy urf- odatlar, an’analar yoki murakkab te… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ecological culture, ecological thinking, environmental education, ecotourism, environmental, environmental situation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025