Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IKKINCHI JAHONURUSHI YILLARIDADAVOLASH MUASSASALARINI TIBBIYOT KADRLARI BILANTA’MINLASH MUAMMOLARI Turayev MurodullaTura o‘g‘li Axborottexnologiyalari va menejment unversiteti assistenti
KADRLARI BILANTA’MINLASH MUAMMOLARI · Turayev MurodullaTura o‘g‘li
Международный научный журнал · 2 · 169-171 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada Ikkinchi Jahon urushi yillarida davolash muassasalarining tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanishi va bu boradagi muammolar tahlil qilinadi. Urush sharoitida tibbiy xizmat ko‘rsatishning murakkabligi, kadrlar yetishmovchiligi, dori-darmon va jihozlar taqchilligi kabi omillar o‘rganiladi. Tadqiqot davomida tibbiy xizmatning qanday sharoitlarda tashkil etilgani va bu jarayonda duch kelingan asosiy qiyinchiliklar yoritiladi. Ushbu mavzu urush davridagi tibbiyot tiziminitahlil qilishorqali bugungi kunuchun muhimxulosalarchiqarishga yordam beradi. Kalit so‘zlar: tibbiy kadr, shifokorlar, umumiy amaliyot shifokorlari, qishloq vrachlik punktlari, feldsherlik-akusherlik punktlari, malaka, toifa Annotation. This article analyzes the provision of medical personnel of treatment institutions during the years of World War II and the problems in this regard. Factors such as the complexity of medical services inthe contextof war, personnel shortages, shortages of medicines and supplies are studied. During thestudy, the conditions under which the medical service is organized and themain difficulties faced in this process are covered. This topic helps to draw important conclusions for today byanalyzing themedical system during thewar. Keywords: medical cadre, doctors, general practitioners, Rural Medicine points, paramedic- obstetric points,qualification, category Kirish. Jamiyat va davlat taraqqiyoti ko‘p jihatdan sohalarda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarga bog‘liq bo‘lib, ular muayyan sohasining asosiy tayanch nuqtalaridan biridir. Jumladan, ijtimoiy hayotda tibbiyot kadrlari muhim o‘rin egallab, ular zimmasiga insonlar salomatligini saqlash, kasallanib qolganlarni davolashdek mas’uliyatli vasharafli vazifayuklanadi. Sog‘liqni saqlash ministrligi tomonidan tub erli aholi vakillarini tibbiyot oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga jo‘natish o‘sha davrda etarlicha kun tartibiga qo‘yilmadi. SHuning uchun viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan kadrlarning juda ozchilik qismini mahalliy aholi vakillari tashkil etdi. 1942 yil 20 noyabrda O‘zSSR Ministrlar Sovetining 2029-sonli “Qishloq joylarda ishchi posyolkalarida tibbiy xizmat xodimlarini bepul kvartira, elektroenergiya, issiqlik bilan ta’minlash haqida”gi qarori, 1943 yil 5 iyulda KPSS MK va SSSR Ministrlar Sovetining 517-sonli “Qishloq joylarda ishlayotgan vrachlar, o‘rta tibbiy xizmat xodimlar, farmatsevtlarga kommunal imtiyozlar berish haqida”gi qarori qabul qilingan bo‘lsa ham joylarda uning ijrosi to‘la ta’minlanmadi. Qashqadaryo viloyatida 1944 yilda 128 nafar vrach shaxsiy uyda yashasa, 191 nafari kommunal uyda, 15 nafari uy-joyi yo‘qligidan davolash muassasasida yashadi. Bu holat keyingi yillarda ham davom etdi [1]. Kommunal kvartiralarda, ijarada turuvchi vrachlarning yashash sharoitlari ancha og‘irbo‘lib, ayrim tumanlarda 45 foizgina vrachlar turar joy bilan ta’minlangan edi. Kitob tumanida xizmat qilayotgan 57 vrachdan 22 tasi yashash joyiga ega bo‘lmadi. Bu haqda o‘sha davr matbuot sahifalarida shunday jumlalarni uchratish mumkin: “Qishloqda xirurgiya, ginekologiya, bolalar kasalliklari, www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE HistoricalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 asab, ko‘z va boshqa kasalliklar yuzasidan maxsus yordamni uyushtirish ayniqsa nochordir. O‘rta malakali meditsinaxodimlari ham sira talabgajavob bermaydi”1[2]. Metodlar va metodologiya.Respublika bo‘yicha sil kasalligi keng tarqalgan bo‘lishiga qaramay, rentgenolog-vrachlar ozchilikni tashkil qildi. Masalan, 1944 yil Toshkent viloyati bo‘yicha jami 27 ta rentgenolog bo‘lib, ulardan faqat 8 tasi qishloq joylarda ish olib bordi[3]. 1943 yil O‘zbekiston bo‘yicha silga qarshi muassasalariga ftizator-vrachlar uchun ajratilgan shtatlarning 521 tasi kadrlar etishmasligi tufayli bo‘sh qoldi. Bu sohada kadrlar tanqisligi ayniqsa Toshkent viloyatida, Qashqadaryo viloyatida, Farg‘ona viloyatida, Sirdaryo viloyatida, Toshkent shahrida, Xorazm viloyatida kuchli bo‘ldi. Bu borada QQ ASSRda ishlar yaxshi bo‘lib, mavjud 83 ta shtatning faqat 4tasiga kadrlar etishmadi[4]. O‘zbekistonda o‘rta tibbiyot xodimlarining aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni beqiyosdir. XX asrning 40-yillarida O‘zbekistonda tibbiyotning 113 ta ixtisosligi bo‘yicha o‘rta tibbiyot xodimlari faoliyat yuritdi. Ular davolash jarayonining asosiy ijrochilari sifatida barcha davolash muassasalari xodimlarining katta qismini tashkil etdi. Vrachlar belgilagan davolash muolajalarining barchasi o‘rta tibbiyot xodimlari tomonidan amalgaoshirildi. XX asr 40-yillarining ikkinchi yarmida mahalliy aholi hayotiga dunyoviy tibbiy yordam jadallik bilan kirib kelayotgan yillarda, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash ishi rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelgan fidoyi inson, vrach R. K. Qosimova o‘z xotiralarida shunday yozadi: “Bu yillarda viloyatda mutaxassislar juda kam edi. Vaqti kelib ham pediatr, ham terapevt, ham epidemolog bo‘lib ekspeditsiyalarda ishtirok etis
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Ikkinchi Jahon urushi yillarida davolash muassasalarining tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanishi va bu boradagi muammolar tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Ikkinchi Jahon urushi yillarida davolash muassasalarining tibbiyot kadrlari bilan ta’minlanishi va bu boradagi muammolar tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical cadre, doctors, general practitioners, Rural Medicine points, paramedic-, umumiy amaliyot shifokorlari, shifokorlar, feldsherlik-akusherlik punktlari, qishloq vrachlik punktlari, malaka, : tibbiy kadr, toifa
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024