Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О‘ZBEKISTONDA MILLIYО‘YINLARNING SHAKLLANISH TARIXI JalilovIxtiyor G‘aniyevich Axborottexnologiyalari va menejment
JalilovIxtiyor G‘aniyevich
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek milliy o‘yinlari tarixi uzoq va qiziqarli bo‘lib, qadim zamonlarga borib taqaladi. Arxeologik va tarixiy manbalarda, yozma asarlarda o‘zbek xalqining milliy o‘yinlari, jumladan, kurash, kо‘pkari, chavgon, chillak kabi o‘yinlarga oid ma'lumotlar mavjud. IX-XII asrlarda yozilgan tarixiy-adabiy asarlarda bu o‘yinlar haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Kurash, masalan, o‘ta qadimiy tarixga ega bo‘lib, arxeologik materiallarda ham aks etgan. Kurashning arxeologik materiallari, akademik A.Asqarovning tadqiqotlari, va boshqa olimlarning ishlarida o‘zbek milliy kurashining tarixi haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Arxeologik tadqiqotlar, shuningdek, Sharq yakkakurashi haqida ko‘plab ma'lumotlarni taqdim etadi. O‘zbek xalqining xalq o‘yinlari, kurash kabi jismoniy faoliyatlar, turli folklor asarlari va mifologik manbalarda ham aks etgan. Misol uchun, "Alpomish", "Go‘ro‘g‘li" kabi xalq dostonlarida kurash va boshqa milliy o‘yinlar tasvirlangan. Yozma manbalarda xalq o‘yinlari, xususan, kurash va otliqlar bilan bog‘liq mashqlar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma", Alisher Navoiy va Amir Temurning asarlarida milliy o‘yinlar haqida ta'riflar mavjud. Bularning barchasi milliy sport o‘yinlarining tarixini va rivojlanishini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotlar davomida XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida yuzaga kelgan ilmiy asarlarda O‘zbekistonning turli hududlaridagi xalq o‘yinlari va etnografik materiallar tahlil qilingan. Bu materiallar orqali, milliy o‘yinlarning nafaqat o‘sha davrdagi, balki hozirgi zamon sport turlariga qanday ta'sir ko‘rsatgani haqida ham ma'lumotlar to‘plangan. Umuman, o‘zbek xalq o‘yinlari tarixi, ayniqsa, milliy kurash va boshqa sport turlari haqida o‘rganilayotgan ilmiy materiallar, bugungi kunda ularni yanada chuqurroq tahlilqilish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: O‘zbek milliy o‘yinlari, tarixiy manbalar, kurash, kо‘pkari, chavgon, chillak, “Alpomish”,Zardushtiylik, Manas, madaniy meros, turkiy xalqlar, milliy bayramlar. Annotation. This article explores the long and fascinating history of Uzbek national games, dating back to ancient times. Archaeological and historical sources, as well as written works, provide information about the traditional games of the Uzbek people, including kurash, kopkari, chavgon, and chillak. Historical and literary works from the 9th to 12th centuries offer detailed descriptions of these games. Kurash, for example, has a very ancient history and is reflected in archaeological findings. Valuable insights into the history of Uzbek national wrestling can be found in archaeological materials, academic studies by A. Asqarov, and other scholars' works. Archaeological research also sheds light on Eastern martial arts. The physical activities of the Uzbek people, such as folk games and kurash, are mirrored in various folklore works and mythological sources. For instance, national epics like Alpomish and Gorogly depict kurash and other traditional games. Written sources provide information about folk games, especially kurash and equestrian exercises. Descriptions of national games are also found in the works of Abulqosim Firdavsi's Shahnameh, Alisher Navoi, and Amir Timur. All of these contribute to studying the history and development of national sports games. Research conducted in the late 19th and early 20thcenturies analyzes folk games and ethnographic materials from different regions ofUzbekistan. These materials not only provide insights into the games of that time but also highlight their influence on modern sports. Overall, the scientific study of Uzbek folk games, especially kurash and other sports, emphasizes the need for a deeper analysis of their historical significance and evolution. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE HistoricalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 Keywords: Uzbek national games, historical sources, kurash, kopkari, chavgon, chillak, Alpomish, Zoroastrianism, Manas,cultural heritage, Turkic peoples, national festivals. Kirish. О‘zbek milliy о‘yinlari tarixi bir necha ming yillik tarixga ega bо‘lib, uning ildizlari eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Arxeologik tarixiy, yozma manbalar va folklor matriallarida an’anaviy о‘yinlar haqida ma’lumotlar mavjud. Masalan, kurash, kо‘pkari, chavgon, chillak kabi ommaviy xalq о‘yinlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, ayniqsa, IX-XII asrlar - birinchi Renessans (Uyg‘onish) davri tarixiy-adabiy asarlarida aks etgan. Biroq о‘zbek milliy kurashi haqidagi yozma manba ma’lumotlari ming yildan nariga о‘tmaydi. Qadimgi va ilk о‘rta asrlar davri xalq о‘yinlariga doir oid yozma manbalar esa, turli sabablarga kо‘ra, bizgacha yetib kelmagan. Ammo xalq о‘yinlari, jumladan, kurash hamda ot bilan bog‘liq о‘yinlar haqida arxeologik manbalarda anchaginama’lumotlar о‘zaksini topgan. Adabiyotlar tahlili. Ushbu tadqiqot mavzusi bo‘yicha mavjud adabiyotlarni tahlil qilish orqali
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘zbek milliy o‘yinlari tarixi uzoq va qiziqarli bo‘lib, qadim zamonlarga borib taqaladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘zbek milliy o‘yinlari tarixi uzoq va qiziqarli bo‘lib, qadim zamonlarga borib taqaladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbek national games, historical sources, kurash, kopkari, chavgon, chillak, Alpomish, tarixiy manbalar, O‘zbek milliy o‘yinlari, turkiy xalqlar, Manas, Zardushtiylik, kо‘pkari, milliy bayramlar., “Alpomish”, madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025