К содержанию
РецензированоUZ2025

O‘QUVCHILARDA JISMONIY HARAKAT - SOG‘LOM TURMUSH TARZINING ASOSIY OMILI

O‘QUVCHILARDAJISMONIYHARAKAT -SOG‘LOMTURMUSH TARZINING · Beknazarova Lobar Shokir qizi

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Movement activity is the most important part of a healthy lifestyle. The rules of a healthy lifestyle are mainly violated when students do not exercise enough and do not eat properly. It goes without saying that the health of our youth, both physically and mentally, is considered one of the most pressing issues today, and in this article, we will discuss in detail the factors that are important in shaping thehealthy lifestyle ofstudents. Keywords: height, heart, muscle, vein, blood, ribcage, acrobatics, gymnastics, badminton, exercise, evolution. Kirish. O‘zbek xalqi o‘z tarixida ham aqlan, ham jismonan barkamol, baquvvat, nafaqat oilasi, farzandlariga mehr ko‘rsatish, balki butun el-yurt, millat ozodligi yo‘lida jon olib, jon berishga qodir fidoiy insonlarni ko‘p ko‘rgan. Ularning yorqin va so‘nmas siymolarini badiiy asarlarga olib kirgan. Dostonlardan o‘rin olgan Alpomish, Barchinoy, To‘maris, Farxod kabi jasur qahramonlar bilan faxrlanishgan. Yurtboshimiz iborasi bilan aytganda “Ne-ne bahodirlarni еlkasini еrga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farxod haqidagi rivoyatu dostonlar afsona emas, xalq ruxining, xalq mardligining timsolidir”. Albatta, bunday alpqomat paxlavonlar birdaniga o‘z- o‘zidan baquvvat, jasur bo‘lib qolmaganlar, o‘z ota-onalari, yaqinlari va ustozlari rahbarligida tinmay mashq qilganlar, kurash, jang qilish, otda chopish, qurol ishlatish sir-asrorlarini o‘rganganlar. Jahonga mashxur avlodlarimiz buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqt o‘zlari paxlavonlik, mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o‘rnak bo‘lganlar, balki o‘z askarlari, bo‘lajak el-yurt ximoyachilari tarbiyasiga aloxida e’tibor qaratganlar. Bashariyat sivilizatsiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos xissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz Al-Xorazmiy, Al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al- Farobiy, A.Navoiy, Furqat kabi ko‘pdan-ko‘p olimu-allomalarimiz hamda diniyat ilmida dong taratgan olamga mashxur Al-Buxoriy, B.Naqshband, A.Yassaviy kabi ulamolarimiz ham yoshlarga ma’naviyvajismoniytarbiya bo‘yicha saboqberganlar. Yaqin o‘tmishimiz mutafakkir-ma’rifatchilar bo‘lgan A.Qodiriy, A.Avloniy, Fitrat, Cho‘lpon, Bexbudiy, U.Nosir va boshqa ko‘pgina allomalarimiz risolayu-o‘gitlari yoshlar xayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ammo, sobiq “ittifoq” davrida ulug‘ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy meroslari, ilmu-fanga oid mangu dolzarb asarlari xamyurtlarmiz, yoshlarimiz www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE PedagogicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 ongiga o‘zgacha talqin bilan taqdim etildi, ularning ma’naviy-madaniy, xatto jismoniy shakllanishi “kattaog‘alar” chizig‘i bilan belgilandi. Materiallar va uslublar. Aksariyat olimlarning ta’kidlashicha, muayyan sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkazilib boriladigan hamda xajm, shiddat va mazmun jixatdan to‘g‘ri tashkil qilingan mashg‘ulotlar bollar va o‘smirlar organizmiga ijobiy ta’sir ko‘rsatar ekan lekin, umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslanmagan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg‘ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan L.V.Volkov, 2002, V.N.Kurs, 2004; T.S.Usmanxo‘jayev va b., 2006; Umumiy jismoniy tayyorgarlik haqida gap ketar ekan, umumiy jismoniy tayyorgarlik tushunchasi – bu sportschining harakat sifatlarini hartomonlamarivojlanganlik darajasini anglatadi. “Harakatlanish shunday muhimki, o‘zining ta’siri bilan har qanday omillarni almashtira oladi, lekin dunyoning barcha davolash omillari harakatlanish o‘rnini qoplay olmaydi”, deb yozgan Italiyaning mashhur shoiri Torkvato Tasso. Odam tanasidagi 600 ta muskullarning har biri yurakning o‘ziga xos ko‘makchisi hisoblanadi: Muskullar qisqarganida ulardagi mayda qon tomir (kapillyar)lardagi qon yirik vena qon tomirlariga o‘tadi va yurakka quyiladi. Demak, harakatlanish birinchidan yurak va tomirlarda qonning harakatlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; ikkinchidan tana muskullari va yurak muskulining muntazam harakatlanishi (qisqarib – bo‘shashib turishi) natijasida ularning tolalari yo‘g‘onlashib, qisqarish kuchi oshadi.Shu bois, Frantsiyaning taniqli olimi Pomork «Harakatlanish odam tanasiniquradi»,degan fikrni bildirgan. Piyoda yurish harakatlanish faolligining eng oddiy va hamma uchun qulay vositasidir. Dastlabki paytda bir kundagi masofa 1,5-2 km, bir oydan keyin – 2,5-4 km, asta-sekin 10-12 km ga еtkazish mumkin.Yurish tezligi avvaliga bir minutda 70-80 qadam, asta-sekin 100-110 qadamga еtkaziladi. Bu soatiga 5-6 km tezlikka to‘g‘ri keladi.Yurish mashqida o‘z-o‘zini nazorat qilib turish zarur. Buning uchun yurishni to‘xtatish bilanoq tomir tezligi aniqlanadi. Buning uchun tomir urishini 15 sekund sanab 4 ga ko‘paytiriladi. Bir minutda 120 tadan ko‘p bo‘lsa va 10 minut dam olgandan keyin 70-80 martagacha sekinlashmasa, masofa va yurish tezligi yurakka og‘irlik qilgani ma’lum bo‘ladi. Demak, ertasi kun masofa qisqartirilishi va yurish tezl

Доказательный фрагмент

«Movement activity is the most important part of a healthy lifestyle.»

Образец извлечения

Демо-превью

Movement activity is the most important part of a healthy lifestyle. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
height, heart, muscle, vein, blood, ribcage, acrobatics, gymnastics, badminton, exercise
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники