Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TINISH BELGILARIGA KOGNITIV -PRAGMATIK YONDASHUV
TINISHBELGILARIGA KOGNITIV-PRAGMATIK YONDASHUV · Shoniyozova Gulshoda Baxromovna
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada tinish belgilarining kognitiv vazifasi yoritib berilgan. Maqolada bundan tashqari tinish belgilarining prosodik xususiyatlari ham mavjud. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir Maqolada tavsifiy metoddan foydalanilgan. Maqola oxiridaxulosaberilgan. Kalit so‘zlar: Kognitiv yondashuv, yozuv, punktuatsion belgilar, prosodik, sintaktik, differentatsiya. Annotation. This article elucidates the cognitive function of punctuation marks. Additionally, the article discusses the prosodic features of punctuation marks. Punctuation marks are also extremely important inexpressing various mental relationships, psychological states, and intonational nuances that cannot be conveyed by other writing means (letters, numbers, diacritical marks) or language units (words, morphemes). Punctuation is intrinsically linked to the syntactic structure of language and is an essential tool for accurate, expressive, and clear presentation of written speech, ensuring its stylistic fluency and quick comprehension. The article employs a descriptive method. A conclusion is provided at theend ofthe article Keywords:Cognitiveapproach, writing, punctuation marks, prosodic, syntactic, differentiation Kirish. Tinish belgilari bizning og‘zaki va yozma nutqimiz uchun juda ahamiyatli. Chunki ularsiz gapning ma’no-mazmuni o‘zgarib ketadi, ular gapning kognitiv anglash imkoniyatini ham beradi. Shunday ekan, tinish belgilari orqali gapning ma’nosi, pragmatik vazifasi aniq yaqqol namoyon bo‘ladi. Yozuv madaniyatini shakllantirish va takomillashtirishda punktuatsiyaning - tinish belgilarining alohida ahamiyati bor. Tinish belgilari yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) hamda til birliklari (so‘zlar, morfemalar) bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha fikriy munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda ham favqulodda muhim ahamiyatga ega. Punktuatsiya tilning sintaktik qurilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon qilishda, uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda benihoya zaruriy vositadir. Ilmiy manbalarda, o‘quv qo‘llanmalarida tinish belgilarining qo‘llanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiy grammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) tamoyillari asosida belgilanishi ta’kidlanadi. Bunda mantiqiy-grammatik tamoyil nutqning semantik-grammatik tomonini yozuvda to‘g‘ri ifodalashga qaratilgan bo‘lsa, differensiatsiya tamoyili asosidagi qoidalar tinish belgilarining qo‘sh holda qo‘llanishidagi tartibni, gapdagi murakkab mazmunni aniqlashtirish kerak bo‘lganda, ulardan foydalanish yo‘llarini belgilab beradi. Uslubiy tamoyil tinish belgilarining qo‘llanishini nutq uslublari asosida belgilashni nazarda tutadi, lekin buunchalik to‘g‘ri emas, chunki muayyan bir uslubgagina xoslangan tinish belgisi bo‘lmaydi. Zarurat tug‘ilganda, har qanday uslubda ham xohlagan tinish belgisidan foydalanish mumkin. Muayyan tildagi punktuatsiya an’analarining mustahkamlanishi va takomillashuvida taniqli www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE PhilologicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 yozuvchilarning ijodi hamda tinish belgilarining qo‘llanish qoidalarini umumlashtiruvchi va tartibga soluvchi tilshunoslar faoliyati katta ahamiyatga ega. Hozirgi o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishi, rivoji, uning o‘rganilishi Fitrat, S.Ibrohimov, H.G‘ oziev, O.Usmonov, G‘.Abdurahmonov, K.Nazarov va boshqa tilshunoslarning nomi bilan bog‘liq. Punktuatsiya masalalari bilan bevosita shug‘ullangan H.G‘oziev («O‘zbek punktuatsiyasining tarixiy taraqqiyoti», 1969, 1979), G‘.Abdurahmonov («Punktuatsiya o‘qitish metodikasi», 1968), K.Nazarov («Tinish belgilari va yozma nutq», 1974; «O‘zbek tili punktuatsiyasi», 1976)larning asarlari nashr etilganiga ancha yillar bo‘ldi va ulardagi tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi fikr- mulohazalar ham bir qadar o‘zgardi. Buning ustiga, «muallif punktuatsiyasi», ya’ni muayyan muallif tomonidan tinish belgilarining amaldagi qoidalarga bo‘ysunmagan, unga rioya qilmagan holda individual qo‘llash holatlari uchraydiki, bu ham keng o‘quvchilar ommasini chalkashtiradi, shubhalantiradi. Materiallar va uslublar. Dunyo tilshunoslari tadqitotlarida, ilmiy munozaralarda asosan tinish belgilarining prosodik va grammatik funksiyasiga e’tibor qaratilgan. Korpus lingvistikasi va matnlarni hisoblash tahlili bo‘yicha tadqiqotlar xuddi shunday tinish belgilarining ritorik-prosodik va tahlil qilish funksiyasiga bog‘liq. Psixolingvisti
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tinish belgilarining kognitiv vazifasi yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tinish belgilarining kognitiv vazifasi yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Cognitiveapproach, writing, punctuation marks, prosodic, syntactic, differentiation
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025