К содержанию
РецензированоUZ2025

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida muloqotchanlikning shakllanganligi, bolalarni katta kichikni hurmat qilishga odatlantirish, ularda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan muloqot madaniyatini shakllantirish, hamda sog‘lom fikrli yoshlarni tarbiyalash masalalari bayon etilgan

TARBIYALANUVCHILARDA QADRIYATLI MULOQOTMADANIYATINI · SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI VAZARURATI · Berdiyeva GulobodShonazarovna · Eshboyeva Umida Bahodirqizi

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida muloqotchanlikning shakllanganligi, bolalarni katta kichikni hurmat qilishga odatlantirish, ularda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan muloqot madaniyatini shakllantirish, hamda sog‘lom fikrli yoshlarni tarbiyalash masalalari bayon etilgan. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z fikrlarini muloqot jarayonida aks ettira olishga o‘rgatish muammolariga doir yechimlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: muloqotmadaniyati,oila,mahalla, sog‘lom muhit,barkamol inson,shakllanish. Annotation. This article examines the issues of developing communicative skills in preschool educational institution students, teaching children to respect both elders and younger peers, and fostering a culture of communication based on universal human values, as well as raising a reasonable-minded younger generation. It also presents solutions to the challenges of teaching children independent thinking and the ability to express their thoughts in the process of communication. Keywords: communication culture, family, neighborhood, healthy environment, harmonious person, development. Kirish. Bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish ta’lim muassasalari bilan bir qatorda, ota-onalar, oila a’zolari, mahalla, jamoatchilik, qolaversa, harbirfuqaroning muqaddas burchi, insoniylik mas’uliyatidir Boy ma’naviy merosimiz negizida qadriyatlarga asolangan muloqot madaniyati asosiy o‘rin egallaydi. Jajji o‘g‘il-qizlarga tarbiya berishda atrofdagi insonlarga nisbatan xush muomalada bo‘lishi, ularda qanchalik ko‘p mehr uyg‘otishi hamda muloqotdahurmat hissini shakllantirilsa ular kattalarga shunga munosib ravishda ulg‘ayadilar. Ana shunda ajdodlar va avlodlar o‘rtasidagi vorislikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan bo‘lamiz. Yosh avlodda katta kichikni hurmat qilishga odatlantirish, umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan muloqot madaniyatini shakllantirish ularning sog‘lom muhit sharoitida yashashlari uchun imkoniyat yaratib berish avvalo oiladan boshlansa, maktabgacha ta’lim muassasalarida uizchildavom ettiriladi. Farzandning shirinsuxan bo‘lishi, tarbiyasiga yolg‘iz ota onadan tashqari buvilar va bobolar, amaki va boshqa yaqin qarindoshlar, shuningdek, qo‘ni-qo‘shnilar ham aloqador bo‘ladilar. Ko‘p holatlarda aynan oilaning kattalari va ularning hayot tajribasi, muomala madaniyati bola tarbiyasida aks etadi. Agar oila kattalari muloqot jarayonnida qo‘pol, qo‘rs, chiroyli muomala madaniyatiga kirisha olmaydigan bo‘lsalar, bolalar hatti xarakatida ham aynan shu nuqsonlar kuzatiladi. Chunki, bolao‘zijtimoiy muhitidagi munosabatlarni o‘ziuchun meyor sifatidaqabul qiladi. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE PedagogicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 Oila va mahallada sog‘lom muhit mavjud bo‘lgandagina ularda har tomonlama barkamol inson shakllanadi. Tarbiyalanuvchilarda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirish uslublari. Bolalarni muloqot madaniyatiga o‘rgatishda ularning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratish lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlarga shu qadar o‘rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday nomunosib muomala, qo‘pollikni o‘zlashtirib oladigan hamda bid’at yoki yot g‘oyalarga ergashib ketaveradigan bo‘lib qoladi. Ya’ni oila a’zolari va maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan uchrashganda omma bilan deyarli interaktiv muloqotni tashkil etish, ularning aqlan yetuklikkaintilishi vamustaqil fikrlashiga yordam beradi. Aynan maktabgacha ta’lim muassasalari – jamiyatning ertasi bo‘lgan yosh avlodning har tomonlama kamol topishini ta’minlashi, unda qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishi, o‘qishga intilishhissini uyg‘otishi,muntazam ta’lim olishgatayyorlashi lozim. Bola o‘zining umuminsoniy tabiatini, insoniyat bilan muloqotini hamda ular yashagan makon va zamon, insonlaryaratgan madaniyat, odamlarqadrlaydigan barcha narsalarni o‘rganadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida qadriyat (arabcha-qiymat, ahamiyat, qimmatbaho buyumlar, xalq boyligi) voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy, ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha ekanligi qayd etilgan [1.]. Har bir yosh davrida bola turli faoliyat bosqichlarini bosib o‘tadi va hayotiy tajribasi ortib boradi. 6-7 yoshli bolada hali o‘yin faoliyati ustunlik qilib, qadriyatli muloqot madaniyatini shakllantirishga oid motivlar, ehtiyoj va qiziqishlar tarkib topa boshlaydi. Bolalarda muloqot madaniyatining shakllanganligi tushunchasi ularning insoniy fazilatlarni o‘zlashtirishlariga hamda muloqotga psixologik, aqliy, axloqiy tayyorligi bilan belgilanadi. Barchaga ma’lumki, tuman hududlarida ko‘p bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydi. Bolaning asosiy vaqti oila muhitida bo‘lganligi uchun ota-onaning bolani qadriyatli muloqot madaniyatiga tayyorlashdagi roli beqiyosdir. Har bir ota

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida muloqotchanlikning shakllanganligi, bolalarni katta kichikni hurmat qilishga odatlantirish, ularda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan muloqot madani…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarida muloqotchanlikning shakllanganligi, bolalarni katta kichikni hurmat qilishga odatlantirish, ularda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan muloqot madani… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communication culture, family, neighborhood, healthy environment, harmonious
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники