К содержанию
РецензированоUZ2025

NUTQ NUQSONLARIGA EGA BO‘LGAN BOLALARNING KASBIY KONPETENSIYAVIY YONDASHUVI

O‘rinova YulduzTursinniyozovna

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

This article discusses children with speech defects and their professional competence approach, as well as speech defects in children, speech therapist work and training in their elimination, the scientific and practical significance of eliminating speech defects in children. In this regard, the correct organization of correctional activities and pedagogical psychological correctional work with students are discussed. Key words: Correction, logopedics, speech, speech defect, speech system, symptomatology, mechanism, difficult speech, logopediceffect, rapid speech, inner speech. Kirish. Insonning eng muxim xususiyatlaridan biri uning so‘zlash qobiliyatidir. Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir. Nutq insonning murakkab oliy psixik funksiyalaridan biri hisoblanadi. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muhiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini mukammal o’rganishi zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi turli xil kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Nutq nuqsoni bu adabiy til me’yorlaridan biroz bo’lsada chetga chiqishdir.Nutq kamchiliklari quyidagilar bilanxarakterlanadi: 1. Nutq kamchiligi o‘z-o‘zidan barham topmaydi, balki vaqt o‘tgan sari yanada mustahkamlanib, zo‘rayib boradi. 2.Nutq kamchiliklarini kattalarda namoyon bo‘lishiularning yoshiga mos kelmaydi. 3.Nutq kamchiligiga ega bo‘lgan kishilar logopedik yordamga muhtoj bo‘ladilar. 4.Og‘ir nutq kamchiliklari bolaning nafaqat nutqiga, balki uning umumiy rivojlanishiga ham salbiy ta’sirko‘rsatadi. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE PedagogicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 Adabiyotlar tahlili Korreksion pedagogika fani rivojlanib borib, ayrim sohalari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Shu fanlar jumlasiga logopediya ham kiradi. Logopediya (logos – so‘z, padeo – tarbiyalash, o‘rgatish degan ma’noni anglatadi) – pedagogik fanlardan biri bo‘lib, nutq kamchiliklari va ularning sabablarini o‘rganish, shuningdek, bularning oldini olish, borlarini bartaraf etish uchun maxsus ta’lim-tarbiya vositalari va metodlarini ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan shug‘ullanadi.Logopediya fani mavzu bahsi, nutq kamchiligi bor kishilar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayoni. Nutq kamchiligi bor kishi esa logopediya fanining o‘rganish mavzusihisoblanadi. Logopediya fanining vazifalari quyidagilardan iborat: -Turli xil nutq kamchiliklari borkishilarning nutq faoliyati –ontogenezinio‘rganish. -Nutq kamchiliklarining sabablari va simptomatikasi, ularning turlari, kelib chiqish mexanizmlarini o‘rganish, darajasini aniqlash - Nutq kamchiliklarining kishi faoliyati, shaxsiyati, xulqatvori, ruhiy rivojlanishiga ta’sirinio‘rganish. -Eshitish, ko‘rish, intellektual va boshqa kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalar nutqiy faoliyatining holati, yetishmovchiliklarini o‘rganish, aniqlash. -Nutq kamchiliklarini aniqlashyo‘llari, usullarini ishlab chiqishva amaliyotga tatbiq etish. -Nutq kamchiliklarining oldini olish, bartaraf etish usullarini, tashkiliy shakllarini belgilash, ishlab chiqish, takomillashtirish. -Logopedik ishnitashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 1-rasm Nutq bilan ishlash amaliyoti. Logopediya fani anatomiya, fiziologiya, neyrofiziologiya, oto loringologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, pediatriya, lingvistika, psixolingvistika, psixologiya va pedagogika fanlari bilan bog‘liq, shularasosida rivojlanadi. Natijalar va ularning tahlili. Nutq kishi tafakkurining rivojlanish darajasini ham belgilab beradi. Nutqdagi kamchilik bolaning tafakkuri, xotirasi, diqqati va boshqa ruhiy jarayonlarning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Og‘ir nutqiy kamchiligi bo‘lgan bolalarda intellektual kamchiliklar bo‘lishi, yuzaga kelishi mumkin va aksincha, masalan, oligofren bolalar nutqida bir qator nutqiy kamchiliklar kuzatiladi. Logopedik amaliyotda nuqsonlarning birlamchi va ikkilamchi ekanligini aniqlash nihoyatda muhim. Logoped har bir bolaning ruhiy rivojlanishini www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE PedagogicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 chuqur o‘rganib nutq kamchiligi tufayli ruhiyatida paydo bo‘lgan ikkilamchi asoratlarni ajrata bilishi kerak. Agar aql-idrok rivoji nutqiy kamchilik tufayli orqada qolgan bo‘lsa, bunday bola nutqidakamchiligi bo‘lganbolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha yoshdagi bolalar bog‘chasiga yuborilish

Доказательный фрагмент

«This article discusses children with speech defects and their professional competence approach, as well as speech defects in children, speech therapist work and training in their elimination, the scientific and practi…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses children with speech defects and their professional competence approach, as well as speech defects in children, speech therapist work and training in their elimination, the scientific and practi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Correction, logopedics, speech, speech defect, speech system, symptomatology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники