Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Daminova MuborakMansurbek qizi Axborottexnologiyalari vamenejmenti universiteti magistranti Mamirova E’zoza Komilqizi Axborottexnologiyalari vamenejmenti universiteti magistranti
INTALLEKT TEXNOLOGIYALARINING QO’LLANILISHI · Hamroyev Alisher Shodmonqulovich · Daminova MuborakMansurbek qizi · Mamirova E’zoza Komilqizi
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining tibbiy diagnostikada kasalliklarni erta aniqlashdagi roli tahlil qilinadi. Sun'iy intellekt asoslangan algoritmlar murakkab tibbiy ma'lumotlarni tahlil qilish, timsollarnni aniqlash va kasalliklarning boshlanishini oldindan bashorat qilish uchun turli ma’lumotlardan, jumladan tasvirlardan olingan ma’lumotlardan ham foydalaniladi. Maqolada sun'iy intellektning tibbiy tasvirlarni tahlil qilish, nevrologik kasalliklarni aniqlash va patologiya sohasida qo‘llanilishi misollari keltirilgan. Shu bilan birga, sun'iy intellekt yordamida diagnostika aniqligini oshirish va tibbiyot sohasidagi cheklovli resurslardan unumli foydalanish imkoniyatlari ham muhokama qilinadi. Maqola sun'iy intellektning tibbiy diagnostikada tasvirlarga ishlov berish va intellektual tahlil qilish istiqbollarini ko‘rsatib, sog‘liqni saqlashda samaralivositalarni ishlab chiqishdagi o‘rni yoritib beriladi. Kalit so‘zlar: Sun'iy intellekt, tibbiy diagnostika, kasalliklarni erta aniqlash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish,ma'lumotlar maxfiyligi, diagnostikaaniqligi, sog‘liqnisaqlash texnologiyalari. Annotation. This article analyzes the role of artificial intelligence (AI) technologies in the early detection of diseases in medical diagnostics. AI-based algorithms utilize complex medical data, identify patterns, and predict the onset of diseases using various sources, including image-derived data. The article provides examples of AI applications in medical image analysis, the detection of neurological diseases, and pathology. Additionally, it discusses how AI can enhance diagnostic accuracy and optimize the use of limited medical resources. The article highlights the prospects of AI in processing medical images and conducting intelligent analysis, emphasizing its role in developing effectivetools forhealthcare. Keywords: Artificial intelligence, medical diagnostics, early disease detection, medical image analysis, data privacy, diagnostic accuracy, healthcare technologies. Kirish. Tibbiyotda sun'iy intellekt texnologiyalari kasalliklarni erta aniqlash uchun tibbiy diagnostikada qo'llanilishi jadal suratlarda o’sib bormoqda. Sun'iy intellekt tibbiy diagnostika sohasida inqilob qilyapti, kasalliklarni erta aniqlash imkoniyatini taqdim etib, bemorlarning sog‘ayish natijalarini yaxshilash va sog‘liqni saqlash resurslarini optimallashtirishga xizmat qilmoqda. Sun'iy intellekt algoritmlari murakkab tibbiy ma'lumotlarni tahlil qilish, timsollarni aniqlash va kasallik boshlanishini aniq bashorat qilish imkonini beradi. Tibbiyot diagnostikasida tibbiy ma’lumotlar hamda tibbiy tasvirlar orqali intellektual tahlil qilishda sun’iy intellekt texnologiyalaridan, jumladan neyron to‘rlaridan unumli foydalanish samarali natijalarni bermoqda. Sun'iy intellekt modellari kasalliklarini avtomatik aniqlash va tasniflash uchun tasvirlarini tahlil qilishda chuqur o‘qitish (Deep Learning) algoritmlaridan foydalanib, organizmdagi zararlangan www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE TechnicalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 qismlarni aniqlab, tez va aniq tashxis qo‘yish imkonini beradi. Sun’iy intellekt diagnostika samaradorligini oshirib,bemorlarning sog‘lig‘ini yaxshilashgaxizmat qilmoqda[1]. Sun’iy intellekt texnologiyalari tibbiy diagnostika sohasida katta o‘zgarishlarni olib kelmoqda. Ularning yordamida kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, shifokorlarga diagnostik jarayonda ko‘maklashish va bemorlarga yuqori sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati ortib bormoqda. Kelajakda ushbu texnologiyalar yanada rivojlanib, tibbiyot sohasida yanada keng qo‘llanilishi kutilmoqda. Sun'iy intellektning tibbiyotda qo‘llanilishi bo‘yicha ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Masalan, 2019-yilda o‘tkazilgan tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, sun’iy intellekt algoritmlari dermatologiyada teri saratonini tashxislashda shifokorlarga qaraganda aniqroq natijalar bergan [5]. Boshqa bir tadqiqotdaesa KT vaMRI tasvirlarini sun’iyintellekt yordamida tahlilqilish o‘smalarni 90% aniqlik bilan tashxislash imkonini bergani qayd etilgan [6]. Ushbu maqolada sun'iy intellektning tibbiy diagnostikadagi asosiy yo‘nalishlari, adabiyotlar tahlili va amaliy qo‘llanilishi muhokama qilinadi. Sun'iyintellekttexnologiyalarining tibbiydiagnostikada kasalliklarnierta aniqlashdagi roli Sun'iy intellektning tibbiy diagnostikadagi asosiy yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin. Tibbiy tasvirlarni tahlil qilish. Sun'iy intellekt tibbiy tasvirlarni qayta ishlash orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlash imkonini beradi. Radiologiya va patologiya sohalarida neyron tarmoqlari asosida ishlovchi algoritmlar MRI, KT va rentgen tasvirlarini tahlil qilib, saraton va boshqa kasalliklarni aniqlashdaishlatilmoqda [2]. Biomarkerlarga asoslangan diagnostika. Genetik testlar va biomarker tahlillari orqali kasalliklarni aniqlash bugungi kunda sun’iy intellekt yordamida ancha tez va
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining tibbiy diagnostikada kasalliklarni erta aniqlashdagi roli tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining tibbiy diagnostikada kasalliklarni erta aniqlashdagi roli tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Artificial intelligence, medical diagnostics, early disease detection, medical image, Sun'iy intellekt, diagnostika aniqligi, ma'lumotlar maxfiyligi, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish, tibbiy diagnostika, sog‘liqni saqlash texnologiyalari., kasalliklarni erta aniqlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025