Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IQTISODIYSIYOSATNING BARQARORRIVOJLANISHGA TA'SIRIVA STRATEGIYALARI Nizomiddinova ShaxnozaxonErgashevna
IQTISODIYSIYOSATNING BARQARORRIVOJLANISHGA TA'SIRIVA · Nizomiddinova ShaxnozaxonErgashevna
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada O‘zbekistonning 2021-2024 yillarda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati va uning barqaror rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada statistik tahlil, empirik tahlil, dinamik modellashtirish, solishtirma tahlil va kvantitativ usullar yordamida O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi, investitsiyalar hajmi, eksport va ekologik barqarorlik kabi ko‘rsatkichlar o‘rganilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, mamlakat iqtisodiy siyosati barqaror rivojlanishga erishishda ijobiy natijalarga erishgan, ammo uzoq muddatli strategiyalar va chora-tadbirlarni davom ettirish talab etiladi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, iqtisodiy siyosat, barqaror rivojlanish, YaIM o‘sishi, investitsiyalar, eksport, ekologik barqarorlik, sanoat, qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo, ijtimoiy rivojlanish, qayta tiklanadigan energiya, ta’lim,sog‘liqnisaqlash, iqtisodiytahlil. Annotation. This article analyzes the economic policy implemented by Uzbekistan in 2021-2024 and its impact on sustainable development. Using statistical analysis, empirical analysis, dynamic modeling, comparative analysis and quantitative methods, the article examines such indicators as Uzbekistan's economic growth, investment, export and environmental stability. The results show that the country's economic policy has achieved positive results in achieving sustainable development, but long-term strategies and measures need to becontinued. Keywords: Uzbekistan, economic policy, sustainable development, GDP growth, investment, export, environmental sustainability, industry, agriculture, social development, renewable energy, education, healthcare, economicanalysis. Kirish. Barqaror rivojlanish bugungi kunda global miqyosda dolzarb masalalardan biri bo‘lib, iqtisodiy siyosat ushbu jarayonda muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy siyosatning to‘g‘ri shakllantirilishi va amalga oshirilishi mamlakatning barqaror rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining 2021-2024 yillardagi iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilinib, barqaror rivojlanishga erishish uchun samarali strategiyalar taklifetiladi. Iqtisodiy siyosat va barqaror rivojlanish borasida so‘nggi yillarda O‘zbekistonning amalga oshirgan islohotlari keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar va izlanishlar predmetiga aylangan. Bir qator xalqaro ilmiy maqolalar va hisobotlarda mamlakatda amalga oshirilgan iqtisodiy siyosatlarning barqaror rivojlanishga ta’siri tahlil qilinmoqda. Shu bilan birga, ilgari amalga oshirilgan strategiyalarning samaradorligi bo‘yicha ijobiyvasalbiy natijalarham mavjud. Metod va metodologiya. Iqtisodiy siyosatning barqaror rivojlanishga ta’sirini tahlil qilish uchun birqator metodlarva metodologiyalar qo‘llaniladi. Ularquyidagicha: Statistik tahlil.Statistik ma’lumotlar rasmiy davlat manbalaridan, xalqaro tashkilotlar (World Bank, IMF) va iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan olinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari (YaIM, investitsiyalar, eksport va import) tahlili qilinadi [1]. Ya’ni, YaIM o‘sish sur’ati, sanoat ishlab chiqarish, eksport-import balansi va investitsiyalar hajmini baholash uchun foydalaniladi. Har bir ko‘rsatkichning vaqt davomida o‘zgarishini kuzatish va ular o‘rtasidagi www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE EconomicSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 bog‘liqlikni aniqlash uchun asosiy vosita sifatida ishlatiladi. Statistik tahlil orqali O‘zbekiston iqtisodiyo‘sishining barqarorligi vaiqtisodiysiyosatning samaradorligi aniqlanadi. Solishtirma tahlil: O‘zbekistonning iqtisodiy siyosatini boshqa davlatlar bilan solishtirib, barqaror rivojlanish uchun eng yaxshi tajribalari aniqlanadi. O‘zbekistonning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini boshqa mamlakatlar (masalan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) bilan solishtirish orqali iqtisodiy siyosatning samaradorligi baholanadi. Eksport hajmi va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning boshqa mamlakatlarga nisbatan ustunliklari va kamchiliklari tahlil qilinadi. Tashqi savdo siyosatining mintaqaviy integratsiyadagi ahamiyati o‘rganiladi. Solishtirma tahlil orqali O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining boshqa davlatlarga nisbatan ijobiy va salbiy tomonlari aniqlanadi. Dinamik modellashtirish: Barqaror rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari (iqtisodiy o‘sish, ekologik barqarorlik, ijtimoiy rivojlanish) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik modellashtiriladi. Ushbu metod iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi uzoq muddatli bog‘liqlikni aniqlashga qaratilgan. Matematik modellar yordamida iqtisodiy siyosatning ta’siri kelgusida qanday natijalar berishi prognoz qilinadi [2]. Masalan, bu metoddan O’zbekistonda 2030 yilgacha iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikning bir-biriga ta’sirini baholash uchun ishlatish mumkin. Qayta tiklanadigan energiya manbalariga kiritilgan investitsiyalarni tahlil qilishda ishlatiladi. Modellashtirish natijasida 2030 yilgacha barqarorrivojlanish maqsadlariga erishish uchun asosiy yo‘nalishlar aniqlab beriladi. Empirik tahlil
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O‘zbekistonning 2021-2024 yillarda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati va uning barqaror rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O‘zbekistonning 2021-2024 yillarda amalga oshirgan iqtisodiy siyosati va uning barqaror rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Uzbekistan, economic policy, sustainable development, GDP growth, investment
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025