К содержанию
РецензированоUZ2025

TursunovMurodjonAsomiddin o‘g‘li Axborottexnologiyalari va menejment universiteti magistranti

MUSTAQILLIKYILLARIDAQASHQADARYO VILOYATIDATA’LIMSOHASIDAGI · AxmedovBekzod Abdiraxmonovich

Международный научный журнал · 2 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, maktablar soni ortib bordi. 1992 yilda viloyatda 917 ta umumta’lim maktablari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati qishloq joylarda joylashgan edi. Keyingi yillarda maktablar soni oshib, 2016 yilda 1 125 taga yetdi. Shuningdek, 1993 yilda maktab qurilishi uchun 439,2 mln so‘m ajratilgan, lekin moliyaviy qiyinchiliklar sababli ayrim maktablar qurilishi o‘z vaqtida tugallanmagan. O‘qituvchilar yetishmovchiligi ham ta’lim tizimidagi dolzarb muammolardan biri bo‘lib, 2000 yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida 13479 nafar pedagog yetishmasligi aniqlangan. 2001-2002 o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida 49173 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatgan, ularning 68,8% oliy ma’lumotli edi. Viloyatda ta’lim muassasalarini jihozlash ishlari ham amalga oshirildi. 1999 yilda yaroqsiz partalar o‘rniga yangi o‘quvchilar partalari sotib olish uchun 15 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. 2004 yilda mahalliy budjet xarajatlaridan 56,5 mlrd so‘m ta’lim sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, viloyatda pedagog kadrlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish choralari ham amalga oshirilgan. 5460 nafar pedagog uy-joyini xususiylashtirish imkoniga ega bo‘lib, 1516 nafar o‘qituvchiga yer uchastkalari ajratilgan. Shuningdek, 1208 nafar o‘qituvchi sanatoriylarga yo‘llanma bilan ta’minlangan. 2000 yildan boshlab o‘qituvchilar tanlov asosida ishga olinib, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablariga muvofiq ravishda pedagog kadrlar tanlangan. Bu islohotlar viloyatda ta’lim sifati va maktablarning moddiy-texnikabazasini yaxshilashga hissaqo‘shganligi bayon etiladi. Kalit so‘zlar: ta’lim tizimi, maktablar, pedagog kadrlar, moliyaviy qiyinchiliklar, islohotlar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”, ta’lim sifati, moddiy-texnika baza. Annotation. This article discusses the fundamental reforms implemented in Uzbekistan's education system during the years of independence, with special attention given to the training of specialists. In particular, in the Kashkadarya region, the material and technical base of educational institutions was strengthened, and the number of schools increased. In 1992, there were 917 general education schools in the region, most of which were located in rural areas. In the following years, the number of schools increased, reaching 1,125 by 2016. Additionally, in 1993, 439.2 million soums were all ocated for school construction, but due to financial difficulties, the construction of some schools was not completed on time. One of the pressing issues in the education system was the shortage of teachers. By the year 2000, a shortage of 13,479 pedagogical staff was identified in Kashkadarya. In the 2001-2002 academic year, 49,173 teachers were working in general education institutions, 68.8% of whom had higher education. Efforts were also made to equip educational institutions. In 1999, 15 million soums were allocated to replace unusable desks with new student desks. In 2004, www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE HistoricalSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 56.5 billion soums from local budget expenditures were directed toward the development of the education sector. Furthermore, measures were taken to provide social support for pedagogical staff. A total of 5,460 teachers were granted the opportunity to privatize their housing, and land plots were allocated to 1,516 teachers. Additionally, 1,208 teachers received vouchers for sanatoriums. Since 2000, teachers have been recruited based on a competitive selection process, ensuring compliance with the requirements of the Law "On Education" and the "National Program for Personnel Training." These reforms contributed to improving the quality of education and the material and technical base ofschools in theregion. Keywords: education system, schools, pedagogical staff, financial difficulties, reforms, Law "On Education," National Program for Personnel Training, education quality, material and technical base. Kirish. Ta’lim-tarbiya – jamiyat taraqqiyotining muhim asosidir. Istiqlol yillarida O‘zbekistonda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatidagi ta’lim muassasalarida ham bu boradagi ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida butun respublikada bo‘lganidek, viloyat xalq ta’limi sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ta’lim – har qanday jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri hisoblanib, unda pedagog kadrlar, moddiy-texnika bazasi va moliyaviy ta’minot muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, Qashqadaryo viloyat

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ta’lim tizimida tub islohotlar amalga oshirilib, mutaxassislarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education system, schools, pedagogical staff, financial difficulties, reforms, Law "On, moddiy-texnika baza, maktablar, islohotlar, ta’lim sifati, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, ta’lim tizimi, pedagog kadrlar, moliyaviy qiyinchiliklar, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники