Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Abdukomilova HabibaSamandarovna Axborottexnologiyalari vamenejment universiteti
ZokirovUlug‘bek Inomo‘g‘li · Abdukomilova HabibaSamandarovna
Международный научный журнал · 2 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada korxonalarda moliyaviy menejmentni takomillashtirishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Korxona moliyaviy menejmenti iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish va biznesni rivojlantirish uchun muhim hisoblanadi. Maqolada moliyaviy menejmentning asosiy tamoyillari, zamonaviy boshqaruv usullari hamda axborot texnologiyalarining bu jarayondagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, moliyaviy xavflarni boshqarish usullari, kapital va investitsiya strategiyalarining ahamiyati ham keng yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida korxonalarda moliyaviy menejment samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Moliyaviy menejment, moliyaviy barqarorlik, kapital boshqaruvi, investitsiya strategiyasi, risklarni boshqarish, biznesjarayonlarini optimallashtirish. Annotation. This article examines the critical aspects of improving financial management in enterprises. Financial management is crucial for ensuring economic stability, effectively managing financial flows, and fostering business growth. The paper discusses the fundamental principles of financial management, modern management techniques, and the role of information technology in this process. Additionally, methods of managing financial risks, capital management, and investment strategies are thoroughly analyzed. Based on the research findings, recommendations for enhancing theefficiency offinancial management inenterprises are provided. Keywords: Financial management, financial stability, capital management, investment strategy, risk management, business process optimization. Kirish. Moliyaviy menejment – bu korxonadagi moliyaviy oqimlarni samarali boshqarish jarayoni bo‘lib, uning asosiy maqsadi kompaniyaning barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Zamonaviy iqtisodiy sharoitda korxonalarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi moliyaviy boshqaruvning to‘g‘ri tashkil etilishiga bevosita bog‘liq. Moliyaviy menejmentning mazmuni uning mohiyatidan ancha keng tushunchani ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotidaqiymat qonuni tartibga soluvchirol o‘ynaydi va moliyaviy munosabatlar aksiyadorlik jamiyatlarida butun ishlab chiqarish jarayonini, shu jumladan barcha iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Shu sababli, moliyaviy boshqaruv aksiyadorlik jamiyatini boshqarishning umumiy tizimidagi asosiy tarkibiy qism hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruvning asosiy maqsadi foydani maksimal darajada oshirish bilan birga, butun boshqaruv tizimi, jumladan texnik-ishlab chiqarish boshqaruvining maqsadlariga erishishdir1. 1Abdusoliyev, A. I. O. G.L., Rahbar, I., &Narimanovna, K. M. (2021). Moliyaviy menejment tiziminirivojlantirish tamoyllari. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 972-977. www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE EconomicSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 Menejment ilmiy soha sifatida fanlararo yo‘nalish bo‘lib, unda iqtisodiyot, sotsiologiya, psixologiya, huquq, texnika kabi fanlar yutuqlari hamda boshqaruv san’ati tajribalari o‘z aksini topadi. O‘zbekistonda shakllanayotgan zamonaviy menejment – bu kompleks innovatsion fan bo‘lib, u bozor iqtisodiyotining rivojlanishi, tadbirkorlikning taraqqiy etishi, muayyan shart- sharoitlar va raqobatbardoshlik omillarining yaratilishi, iqtisodiy erkinlik va mas’uliyat asosida jismoniy hamda huquqiy shakllarning faollashuvi uchun qulay muhitni yaratish jarayonida rivojlanib bormoqda2. Moliyaviy menejment quyidagi muhim jihatlarnio‘zichiga oladi: 1-chizma. Moliyaviy menejmentmuhimjihatlari. Menejment atamasi ingliz tilidagi "management" so‘zidan kelib chiqib, o‘zbek tilida boshqarish, idora qilish, tashkil etish va rahbarlik qilish ma’nolarini anglatadi. U bozor iqtisodiyotida korxonalarni boshqarish shakli hisoblanadi. Menejment inson hayotidagi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni ishbilarmonlik asosida tashkiletish hamda boshqarish jarayonini ifodalaydi. Dastlab "management" so‘zi boshqaruv ma’nosida qo‘llanilgan bo‘lsa-da, avvaliga asov otlarni jilovlash tushunchasini anglatgan. Keyinchalik bu atama ikki g‘ildirakli aravaga nisbatan ishlatilgan. Bugungi kunda esa odamlarni va jamoalarni boshqarish jarayoni sifatida tushuniladi. Bunda inson mehnati va xohish-irodasidan foydalanib, belgilangan maqsadlarga erishish nazarda tutiladi. Shu bilan birga, menejmentni faqat insonlarni boshqarish jarayoni deb tushunish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ingliz tilida "management" so‘zining ma’nosi juda keng qamrovli bo‘lib, Oxford lug‘atida quyidagi izohlar bilan talqinqilingan: 2o’g’li, O. S.U. .,&o’g’li ,A. B.Z. .(2022). Menejment TiziminiTakomillashtirish Tendensiyalari. MiastoPrzyszłości, 98–101.Retrieved from http://miastoprzyszlosci.com.pl/index.php/mp/article/view/174 www.wordlyjournals.com AXBOROTTEXNALOGIYALARI VAMENEJMENT UNIVERSITETI INTERNATIONAL JOURNAL OFSCIENCE EconomicSciences ISSN:3060-4583 VOLUME 2,ISSUE1,2025 Odamlar bilan muomalaqilish usulivatarzi; Hokimiyat vab
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada korxonalarda moliyaviy menejmentni takomillashtirishning dolzarb jihatlari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada korxonalarda moliyaviy menejmentni takomillashtirishning dolzarb jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Financial management, financial stability, capital management, investment strategy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025