К содержанию
РецензированоRU2023

РАЗРАБОТКА КОНСТИТУЦИИ И ЕЕ ПРАВОВОЕ ЗНАЧЕНИЕ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

UNING HUQUQIY AHAMIYATI · Norboyev Sardor Qavmiddinovich · Annotatsiya. Ushbu maqola asosan · O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article is mainly devoted to the history and stages of the development of the Constitution in the Republic of Uzbekistan, as well as the legal significance of the Constitution and its development for the life of the state and society. Key words: Constitution, Uzbekistan SSR, human rights, democracy. РАЗРАБОТКА КОНСТИТУЦИИ И ЕЕ ПРАВОВОЕ ЗНАЧЕНИЕ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН Аннотация. Данная статья в основном посвящена истории и этапам развития Конституции в Республике Узбекистан, а также юридическому значению Конституции и ее развитию для жизни государства и общества. Ключевые слова: Конституция, Узбекистан ССР, права человека, демократия. “Konstitutsiyaning rivojlanishi va konstitutsiyaviy islohotlar – inson huquqlari garovidir” Ma’lumki, dunyo mamlakatlari o‘z xalqi va millatini saqlash, manfaatlarini himoya qilish uchun ularning avvalo, huquq va erkinliklarini ta’minlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi, Sababi, millat manfaati mamlakati rivoji uchun xizmat qiladi. Har qaysi davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, fuqarolarining huquq va erkinliklarini ulug‘lash va ularni hurmat qilish, shuningdek, yuksalishi uchun o‘z maqsad va yo‘lini asosiy qonuni bo‘lmish – Konstitutsiyaga belgilab qo‘yadi. Konstitutsiya davlatga nimaga kerak degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Konstitutsiya shubhasiz, qonunlarining asosi va ularni tartibga solib turish uchun dasturamal bo‘lib xizmat qiladigan oliy yuridik hujjat sanaladi. Shuningdek, “Konstitutsiya - butun huquqiy tizimning uyushtiruvchi, hamjihatlashtiruvchi markazi, “tizim” hosil qiluvchi o‘zagi bo‘lib, barcha huquq tarmoqlari va qonunchilik sohalarini shakllantiruvchi hamda rivojlantiruvchi yuridik asosdir”1. Shu bilan birgalikda, “Konstitutsiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va 1 Odilqoriyev X.T “Davlat va huquq nazariyasi” Darslik. - T.: Toshkent “Adolat” 2018. B.420 5 50 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi”2. O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaning rivojlanishi bevosita sovet davriga ham borib taqaladi. Chunki O‘zbekiston tarixida birinchi marta 1927-yilda Konstitutisiya qabul qilingan. “1924-yil 27-oktabrda RSFSR tarkibida bo‘lgan Turkiston ASSR hamda Buxoro va Xorazm sotsialistik sovet respublikalari hududlarining bir qismida O‘zbekiston SSR tuzildi. O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi 1927-yil 30-martda Butuno‘zbek Sovetlari ikkinchi s’ezdida qabul qilingan. Poytaxti Samarqand shahrida bo‘lgan va tarkibiga Tojikiston ASSR ham kirgan O‘zbekiston SSR “ishchilar va dehqonlarning sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi, bunda “butun hokimiyat ishchilar, dehqonlar va Qizil Armiya deputatlari sovetlariga tegishli” ekani belgilandi. O‘zbekiston SSRning birinchi Konstitutsiyasi 10 yil davomida – 1937-yilgacha amal qildi. 1936-yilda SSSRning “stalincha” konstitutsiyasi qabul qilingandan so‘ng O‘zbekiston SSRning Asosiy qonuni ham yangi tahrirda qabul qilindi. Xuddi avvalgi konstitutsiyada bo‘lgani kabi O‘zbekiston SSR “ishchilar va dehqonlarning sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi. Tojikiston ASSR 1929-yilda ittifoq respublikasiga aylantirilgan va shu tariqa O‘zbekiston SSR tarkibidan chiqarilgan edi. O‘zbekiston SSR tarkibiga Qoraqalpog‘iston ASSR kirdi, respublika okruglar, tumanlar, milliy tumanlar va shaharlarga bo‘lindi. Poytaxt Toshkent shahriga ko‘chirilgan edi. 1978-yilda “Stalincha” konstitutsiya “Brejnev” konstitutsiyasi bilan almashtirildi. O‘zbekiston “respublikadagi barcha millat va elatlar, ishchilar, dehqonlar va ziyolilarning irodasi va manfaatlarini ifodalovchi umumxalq sotsialistik davlati” deb e’lon qilindi”3. Ushbu siyosiy jarayonlar, mamlakat huquqiy muhitiga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Chunki konstitutsiyaning rivoji, xalqning huquq va erkinliklarining ta’minlanishi kaliti sanaladi. O‘zbekison Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin, eng avvalo konstitutsiyani yangilash ishi bilan shug‘ullandi va mamlakat hayotini tubdan takomillashtirish maqsadida SSSR sarqitidan qolib ketgan siyosiy tizimni o‘zgartirish harakati qildi. “Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Аsosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi. Buni xorijiy mamlakatlarning davlatchiligi va huquqiy tizimlarini rivojlanishida ko‘p kuzatganmiz. Haqiqatdan ham, hozir dunyoda

Доказательный фрагмент

«This article is mainly devoted to the history and stages of the development of the Constitution in the Republic of Uzbekistan, as well as the legal significance of the Constitution and its development for the life of…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is mainly devoted to the history and stages of the development of the Constitution in the Republic of Uzbekistan, as well as the legal significance of the Constitution and its development for the life of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Constitution, Uzbekistan SSR, human rights, democracy, Конституция, Konstitutsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники