Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Общность и специфика развития американской и узбекской детской литературы
UMUMIYLIK VA XUSUSIYLIK (ин. яз. высш. пед. учеб. заведений. – М.: Издательский центр «Академия»,) · Qodirjonova Iqbola Bahodir qizi (ин. яз. высш. пед. учеб. заведений. – М.: Издательский центр «Академия»,)
Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 1981
Аннотация
Ushbu maqolada Amerika va o’zbek bolalar adabiyotining alohida fan sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, Amerika va o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Ikki millat bolalar adabiyotining taraqqiyot yo’li haqida qisqacha to’xtalib, ulardagi mushtaraklik va bir biridan ajratib turuvchi xususiyatlariga ham urg’u berib o’tiladi. Kalit so’zlar: bolalar adabiyoti, didaktik asarlar, bolalar kitobxonligi, ma’rifatparvarlik “Bolalar adabiyoti” degan tushuncha fanga so’nggi yuz yilliklarda kirib kelgan bo’lsa-da, uning namunalari umumadabiyotning ajralmas qismi sifatida xalq og’zaki ijodida avvaldan mavjud bo’lgan[9][5]. O’zbek bolalar adabiyotining tarixiy shakllanish bosqichlariga nazar tashlaydigan bo’lsak, uni asosan 1917-yilgi oktabr to’ntarilishi va undan keying davrlarga bo’lib o’tganilganligini ko’rish mumkin. Filologiya fanlari doktori O.Safarov ta’rifiga ko’ra “…O’zbek bolalari uchun haqiqiy realistik adabiyot faqat Ulug’ Oktabr sotsialistik revolyutsiyasidan so’nggina, umumsovet bolalar adabiyotining qardoshlik oilasida, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida va bevosita ta’sirida shakllanish jarayoniga kirdi...” [6] Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olim Rahmatulla Barakayev bolalar adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini to’rt davrga ajratib tadqiq etishni taklif qilgan: 1. Ilm-ma’rifat va odob axloq namunalaridagi pandnoma (didaktik asar)lar – “bolalar kitobxonligi”; 2. Bolalar uchun mahsus yaratilgan dastlabki badiiy asarlar – “paydo bo’lish”; 3. Bolalar uchun maxsus tasnif etilgan ilk asarlar (maktab adabiyot darsliklari – alifbo va o’qish kitoblari)- “tashkil topish”; 4. Turli yoshdagi bolalar adabiyotlariga ajratiladigan maxsus bolalar adabiyoti – “shakllanish” [8]. O’zbek bolalar adabiyotining adabiyot maydoniga kelishi X asrlarga borib taqalsa-da (“Anbiyolar qissasi”), alohida soha sifatida shakllanishi XX asr boshlariga to’g’ri keladi. XX asr boshlarida arab va fors tillaridan tarixiy, badiiy, ilmiy va diniy turdagi tarjima qilingan asarlarning ma’lum bir qismi didaktik- pandnoma asarlarni tashil qilgan bo’lib ularning anchaginasini bolalar adabiyoti sirasiga kiritish mumkin [3]. Umuman olganda XX asr ilk choragi bolalar adabiyoti niholdek bo’y cho’za boshlagan: a) milliy uyg’onish va jadidchilik xarakatlari; b) mumtoz adabiyot an’analarining tiklanishi; c) rus bolalar adabiyoti tarjimalari ta’siri asosida yaratilgan asarlarning vujudga kelishi; d) o’qish kitoblarida she’r hikoya, masallar kabi yangi janrlarning paydo bo’lishi; hamda bolalar adabiyotshunosligi, publisistikasi, dramaturgiyasi shakllanishi ushbu davrning xarakterli xususiyatiga kiradi [1]. XX asr boshlarida o’zbek bolalar adabiyoti fan sifatida rivojlana boshlagani adabiyotshunos hamda pedagoglar maqolalarida ham ko’zga tashlanadi. Ilk o’quv qo’llanmalar va xrestomatiyalar bo’lsa XX asr o’rtalarida tuzila boshlaydi. Bolalar adabiyoti bo’yicha o’quv qo’llanmalarni yaratishda A.Suyumov, I.Ahmedov, M.Jumaboyev, J.Tursunov, X.Egamov, O.Safarov tomonidan yaratilgan xreatomatiya, o’quv materiali va monografiyalarining ahamiyati katta bo’ldi. Bu davrda bir necha atoqli adib va shoirlar bo’y ko’rsatdi, jumladan Quddus Muhammadiy, G’afur G’ulom, Ilyos Muslim, Po’lat Mo’min, Qudrat Hikmat yaratgan ijod namunalari bolalar adabiyotini yana bir pog’onaga ko’tardi. Umuman XX asr 30-80 yillarida badiiy yuksak saviyali asarlar yozildi, professional bolalar adabiyoti ijodkorlari maydonga keldi, obraz va mavzular kengayib, bolalar adabiyotida adabiy tur va janrlar ham shakllandi, bolalar matbuoti va publisistikasi vujudga keldi, folklorizm an’anaga aylandi hamda jahon bolalar adabiyoti ta’siri sezilarli darajada o’sib mustaqillik arafasida g’oyaviy dolzarblik o’sdi [1]. Istiqlol davri bolalariga atab yozilgan asarlar mazmun-mohiyati va shakli jihatdan o’z davridan oldin yaratilgan asarlardan tubdan farq qila boshladi. Ular orasida bolalar va o’smirlar fel-atvoridagi xarakterli xususiyatlarini sarguzasht tarzida fantastika va yumor bilan qorishiq hikoya qilingan (Anvar Obidjon va Xudoyberdi To’xtaboyev asarlarida), jamiyat taraqqiyoti masalasiga urg’u berib talqin qilingan (Safar Barnoev, Tohir Malik, Erkin Malik ijodida), tabiat va jamiyat muammolarining falsafiy talqiniga yo’naltirilgan (Nosir Fozilov, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon, Miraziz A’zamning she’riy va nasriy asarlarida) kichkintoylar va o’smirlarning psixologizmi-ruhiy olami tasvirlangan ajoyib ijod namunalarini ta’kidlab o’tish lozim [7]. Amerika bolalar adabiyotiga kelsak, u boy va rang-barang tarixga ega bo’lib, asoslari XVII asr boshlariga borib taqaladi. Bolalar uchun yaratilgan ilk kitoblar asosan diniy mazmundagi matnlar bo’lib, yosh avlodga Biblya va axloqiy xatti- harakatlar, axloq-odob qoidalarning ahamiyati haqida ta’lim berishga qaratilgan. Bolalar adabiyoti vaqt o’tishi bilan mamlakat rivojlangani sari o’zgarib, shakllanib, rivojlana bordi. XV asrdan XVII asrgacha bolalar uchun hornbook kabi o’qish materialla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Amerika va o’zbek bolalar adabiyotining alohida fan sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, Amerika va o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari haqida so’z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Amerika va o’zbek bolalar adabiyotining alohida fan sifatida vujudga kelishi, shakllanishi, Amerika va o’zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotining rivojlanish bosqichlari haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- детское чтение, ma’rifatparvarlik, дидактические произведения, didactic works, bolalar adabiyoti, didaktik asarlar, просветление, children's reading, bolalar kitobxonligi, children's literature, enlightenment, детская литература
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026