Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Использование интерактивных методов на уроках литературы в высших учебных заведениях
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDAGI ADABIYOT (prospects for use. Bulletin of Tomsk State University, 2010. Philology No. 4 (12). –) · MASHG‘ULOTLARIDA INTERFAOL METODLAR QO‘LLANILISHI (prospects for use. Bulletin of Tomsk State University, 2010. Philology No. 4 (12). –)
Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 2010
Аннотация
Ushbu maqolada keltirilgan zamonaviy adabiyotda qo‘llanuvchi interfaol metodlar ta‘lim oluvchi talabalarda tahsil davomida ijodiy, tanqidiy, pozitiv, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib yetuk mutaxassis bo‘lishlarida qanchalik muhim omil ekanligi ko‘rsatilgan. Hozirgi zamonaviy oliy o‘quv yurtlaridagi interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayonida foydalanishga, qollashga bolgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ushbu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat olib borishlari orqali yuzaga keladi. Kalit so‘zlar: interfaol metodlar, sinkveyn metodi, suhbat metodi, aqliy hujum metodi. Pedagogika oliy talim muassasalarida, mashg‘ulotlarda zamonaviy metodlarning qo‘llanilishi talabalarning dars mashg‘ulotlarda bilim salohiyatlarini oshirishda va keyingi faoliyat yuritishlarida katta tajriba sifatida ko‘mak beradi. Oliy ta‘lim muassasalarida keng qo‘llaniladigan interfaol metodlardan “CHARXPALAK”, “KLASTER”, “AQLIY HUJUM“, “DAVOM ETTIR”, “SINKVEYN”, “SUHBAT”, “KROSSVORD”, “HA, YO‘Q”, “TAQDIMOT”, “BBXB”lar shular jumlasidandir. Yuqorida sanab o‘tilgan interfaol metodlarning oliy ta’lim muassasalaridagi adabiyot fanlari darsi mashg‘ulotlarida qo‘llanilishidan asosiy maqsad va vazifalari shundan iboratki, talabalarning shu jarayondagi professor-o‘qituvchi bilan kommunikativ aloqalarini, muloqot salohiyatlarini oshirish hamda o‘zlarining faolliklarini namoyish etishda to‘sqinlik qiluvchi har qanday omillarni bartaraf etish, pedagogik qobiliyatlarini takomillashtirish va o‘z ustilarida ishlashlarida muhim rol o‘ynaydi. Hozirgi zamonaviy oliy o‘quv yurtlaridagi interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalarni o‘quv jarayonida foydalanishga, qollashga bolgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda58. Ushbu metodlarning o‘ziga xosligi shundaki, ular pedagog va talabalarning birgalikda faoliyat olib borishlari orqali yuzaga keladi. “SINKVEYN” metodi. Fransuzcha “sinq” - so‘zidan olingan bo‘lib, besh degan ma’noni anglatadi. Sinkveynning asosiyligi beshlikdan iboratligi. Ba’zan xattoki ‘‘oq she’r’’ qofiyasiz she’rga ham o‘xshatiladi. Ta’limda ushbu metodni darsning xulosa qismida yoki o‘tilgan mavzuni takrorlashda ham foydalanilsa bo‘ladi. Sinkveyn tuzish mavzuni yaxshi o‘zlashtirishga yoki o‘quvchilarni qay darajalardagi bilimga ega ekanliklarini sinashga ham yordam beradi. “SINKVEYN” tuzish tartibi. 1- Qator. Mavzu ifodalanishi uchun bir so‘z foydalaniladi har qanday so‘z turkumi, ammo odatda ot tanlaniladi. 2- Qator. Mavzu ikki so‘z bilan ta’riflanadi ikkita sifat yoziladi . 3- Qator. Mavzu doirasidagi xatti-harakat uchta so‘z bilan ifodaladi uchta fe’l yoziladi. 4- Qator. Mavzuga munosabat bildiruvchi va to‘rtta so‘zdan iborat fikr yoziladi to‘rtta so‘zdan iborat jumla yoziladi. 5- Qator. Mavzu mohiyatiga yaqin ma’nosini takrorlay oladigan bitta so‘z yoziladi. Ta’lim jarayonida va adabiyot o‘quv mashg’ulotlarida ancha yillar mobaynida interfaol va yetakchi hisoblangan yana bir metod “SUHBAT” metodidir. Suhbat metodi o‘tilgan mavzu doirasida bilinlarni charxlashga qo‘l kelganidek yangi mavzuni uqib-o‘rganishgfa ham birdek qo‘l keladi. Ushbu metoddan foydalanib mavzuni keng ochib berish ham mumkin. O‘quvchining bilim salohiyatlaridagi, muloqotdagi kamchiliklarini bartaraf etishda samarali metod hisoblanadi59. 58 Умаров, А. А. (2022). Интерактивныеметоды Тестирования По Русскому Языку Как Рки В Школах Узбекистана. Central Asian Journal of Literature, Philosophy and Culture, 3(4), 25-29. 59 Умаров, А. А. (2022). Применение агональной риторики в аудиовизуальном методе преподавания русского языка. Suhbat metodidan foydalanib talaba bilan individual yoki guruh bilan jamoaviy faoliyat yuritsa ham bo‘ladi. Individual suhbat olib borilganda tahsil oluvchi talaba o‘z fikrlarini sintezlashlari, qarashlarini so‘z bilan ifodalashga tayyor bo‘ladi. Bu jarayon fikrning aniq va aynan muayyan mavzuga yo‘naltirilishini ta’minlaydi. Suhbat mobaynida qatnashuvchining o‘z fikrini aytish, uning to‘g’riligiga atrofdagilarni, hamsubatlarini ishontirishga harakat qila boshlaydi. Adabiyot o‘quv jarayonlarida suhbatdan foydalanilsa so‘zlovchi o‘z firini keng bayon qilishga harakat qiladi. Auditoriyadagi tinglovchilarni nutqiga jalb qilish uchun adabiyotdagi badiiy asarlardan misollar keltira boshlaydi. Bu holat mobaynida mavzu doirasida bahs va munozara yuzaga keladi. O‘qituvchiga talaba mulohazalarini oshrok bayon qila oladi. Ushbu interfaol metod talabada, tahsil oluvchida aqliy, ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishlariga yordam beruvchi hisoblanadi. “AQLIY HUJUM“ metodi Talabaning nutqiy salohiyatlarini oshirishda ko‘mak beruvchi yana bir interfaol metod aqliy hujum metodidir. Aqliy hujum metodidan oliy ta’lim muassasalarida ham lektsiya, ham amaliy mashg’ulotlarda ham foydalanish qulay hisoblanadi. Ushbu metod auditoridagi talabalarning e’tiborini bir zumda jalb qilishga va talabalar fikrini muayyan mavzuga yo’nal
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada keltirilgan zamonaviy adabiyotda qo‘llanuvchi interfaol metodlar ta‘lim oluvchi talabalarda tahsil davomida ijodiy, tanqidiy, pozitiv, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib yetuk mutaxassis bo…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada keltirilgan zamonaviy adabiyotda qo‘llanuvchi interfaol metodlar ta‘lim oluvchi talabalarda tahsil davomida ijodiy, tanqidiy, pozitiv, mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirib yetuk mutaxassis bo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- метод syncway, интерактивные методы, interview method, метод интервью, aqliy hujum metodi, interactive methods, sinkveyn metodi, suhbat metodi, interfaol metodlar, brainstorming method, мозговой штурм метод, syncway method
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026