Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ПЕРСПЕКТИВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ И РАЗВИТИЯ ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ
RIVOJLANTIRISHNING ISTIQBOLLARI · Shomuradova Malika Alisher qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides information on intellectual property rights and their international protection.The role and importance of intellectual property in the modern world,the attention to intellectual property in our country and the various efforts being made for its development.It talks about the decrees adopted for the development of the industry in our country and the work being done in practice,as well as the organizations and conventions of which our country is a member after independence.Suggestions are also given in this area. Keywords.Itellectual property, GDP, investmen, counterfeit, counterfeit product, BIMT. ПЕРСПЕКТИВЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ И РАЗВИТИЯ ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ В НАШЕЙ СТРАНЕ Аннотация. В данной статье представлена информация о правах интеллектуальной собственности и их международной защите. Рассказывается о роли и значении интеллектуальной собственности в современном мире, о внимании, уделяемом интеллектуальной собственности в нашей стране, и усилиях, прилагаемых для ее развития. В этой области также даются предложения. Ключевые слова: Интеллектуальная собственность, валовой внутренний продукт, инвестиции, контрафакт, ВТО. Intellektual mulk deganda inson ijodining mevasi bo‘lgan g‘oyalar va texnologiyalar tushuniladi. Intellektual mulk ijodiy va innovatsion faoliyatdan daromad olish huquqini belgilovchi va himoya qiluvchi siyosatdir. Ushbu huquqlar yangi ma’lumotlar va g‘oyalarning tarqalishi va tijoratlashtirilishini nazorat qilish uchun qonuniy vakolat beradi. Insonlar tomonidan yaratilgan faoliyat natijasi bo‘lmish intellektual mulk mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishi va o‘sishida katta ahamiyat kasb etadi. Mikroiqtisodiy darajada patent mualliflik huquqi va shunga o‘xshash intellektual mulkni himoya qilish shakllari innovatorlar va investorlar uchun xalqaro bozorlarga yangi mahsulot olib kirish uchun zarur bo‘lgan pul va investitsiyalarni ta’minlash 3 88 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ vositasi. Dunyodagi iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar intellektual mulk sohasiga katta e’tibor berganligi bois, ularning investitsiyalar va yalpi ichki mahsulotdagi ulushi keskin oshgan. Jumladan,Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizni, Xitoyda 12, Rossiyada esa 7 foizni tashkil etadi. Lekin bizning davlatimizdagi bir qancha kamchiliklar mamlakatimizda intellektual mulk sohasining rivojlanishiga, jahon bozoriga mahsulotlarimizning eksport qilishining ortishiga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga shuningdek, iqtisodiyotning rivojlanishiga katta to‘sqinlik qilmoqda edi. Bularga misol qilib, intellektual mulk obyektlarini ishlab chiqarish jaroyonlariga jalb qilish ko‘rsatkichi juda pastligi, aholi va tadbirkorlik subyektlari intellektual mulk sohasi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega emasligi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatiga intellektual faoliyat natijalarini joriy qilishdan manfaatdor emasligi, ixtirochilar va novatorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilmaganligidir. Ammo, mamlakatimizda bunday kamchiliklarni bartaraf etish va intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risidagi” 2022-yil 26-apreldagi PQ-221 sonli qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq intellektual mulkni yanada ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalardan intellektual mulk sohasida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda shuningdek, strategiya bo‘yicha intellektual mulk obyektlari oldi-sotdisiga qulay sharoit yaratish uchun “Intellektual mulk-barcha uchun” maxsus internet savdo platformasi ishlab chiqilmoqda. Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish bo‘yicha barcha davlatlarda mexanizmlar ishlab chiqilgan. Davlatlararo xalqaro hamkorlikni ta’minlash uchun universal hukumatlararo tashkilotlar tuzilgan. Bular sirasiga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) kiradi. U davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali butun dunyo bo‘ylab intellektual mulkni targ‘ib qilish va himoya qilish uchun yaratilgan bo‘lib,bu tashkilotning asosiy vazifasi dunyodagi davlatlar o‘rtasida kelishuv va bitimlar asosida intellektual mulkni himoya qilishni muvofiqlashtirish hamda shu sohadagi turli shartnoma va konvensiyalarning ma’muriy boshqaruvini ta’minlashdan iborat . Ayni vaqtda unga a’zo davlatlar soni 180 dan ortiq.O‘zbekiston ham 1991-yil 25-dekabrda teng huquqli a’zosi bo‘lgan mamlakatimiz BIMTning 14ta xalqaro hujjatini tasdiqlagan. Davlatimiz sanoat mulkini himoya qilish borasida
Доказательный фрагмент
«This article provides information on intellectual property rights and their international protection.The role and importance of intellectual property in the modern world,the attention to intellectual property in our c…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information on intellectual property rights and their international protection.The role and importance of intellectual property in the modern world,the attention to intellectual property in our c… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Itellectual property, GDP, investmen, counterfeit, counterfeit product, BIMT, Интеллектуальная собственность, Intellektual mulk
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026