К содержанию
РецензированоRU2023

ОСНОВЫ НАЦИОНАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ

Jumayeva Zamira Bustanovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In order to develop the national economy, the article comments on the focus on the human factor in our society. Focusing on the term national economy, the role of the economy in the state that provided the foundations of the economy was determined. Based on the factors of economic development, the place in the development of the nation was shown. Opinions were put forward that it is necessary to fundamentally modernize our economy. Key words: investment, monopoly, diversification, free economic zone, GDP, modernization, monetary. ОСНОВЫ НАЦИОНАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ Аннотация. В целях развития национальной экономики в статье дается комментарий об акценте на человеческом факторе в нашем обществе. Ориентируясь на термин «национальное хозяйство», определена роль экономики в государстве, обеспечивавшая основы экономики. На основе факторов экономического развития показано место в развитии нации. Высказывались мнения, что необходимо коренным образом модернизировать нашу экономику. Ключевые слова: инвестиции, монополия, диверсификация, свободная экономическая зона, ВВП, модернизация, монетарная. Milliy iqtisodiyot – bu har tamonlama rivojlangan jamiyat asoslaridan biri sanaladi. Agarda millat milliy iqtisodiyot asoslarni anglasa, o‘rgansagina iqtisodiyotni har jihatdan modernizatsiya qiladi oladi. Har davlatning o‘zining iqtisodiy tarmoqlari, qaysidir sohada iqtisodiy ustunligi bo‘lgani kabi milliy iqtisodiyoti ham jamiyat vujudga kelganidanoq dunyoga keladi. Millat necha yoshda bo‘lsa milliy iqtisodiyot ham shuncha yoshda bo‘ladi. Jamiyat o‘sgani sari o‘sib boradi, qayta takomillashadi. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022–2026-yillarda turli yo’nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni samarali davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish, 2030-yilga borib esa, O‘zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan. Bunga esa, o‘z navbatida, xususiy sektorni rag‘batlantirish va uning ulushini oshirish, to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantirish orqali 2 96 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ erishish ko‘zda tutilgan. O‘z o‘rnida aytish lozimki, iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning samarali va jadal rivojlanishi mamlakatdagi YaIM hajmining ortishi va shu orqali aholi jon boshiga YaIM hajmining oshishiga ham olib keladi. Qayd etish muhimki, 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan eng muhim iqtisodiy islohotlardan biri, bu milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog‘liq amaliy qadamlar bo‘ldi. Shu bilan birga, pul-kredit (monetar) siyosati sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi, jumladan to‘lov tizimlari rivojlantirildi, chet el valyutasini cheklovsiz sotib olish imkoni yaratildi, naqd pul muammosi hal etildi, uzluksiz ishlovchi avtomatlashtirilgan bankomatlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tashqi savdoning liberallashtirilishi natijasida tashqi savdo hajmi ham jadal oshib bormoqda. 1 Milliy iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar yalpi ichki mahsulot bo‘yicha ham, eksport, import bo‘yicha ham ustunlikka erishadi. O‘zbekiston hududlarida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, mulkka egalik qilishni boshqarish, iqtisodiyotni har tamonlama rivojlantirish uchun quyidagi rivojlanish istiqbollari amalga oshirilgan: - YaIM hajmi oshirilmoqda; - eksport va import rivojlanmoqda; - iqtisodiy tarmoqlar kengaymoqda; - aholi soni orqali mahsulot monopoliyasi tiklanmoqda; - mahsulot narxi kamaytirilmoqda; - mulkka egalik qilish tartibga solinmoqda; - rivojlanish istiqbollari faktlar asosida ommaviy axborot vositalarida yoritib borilmoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik jihatdan yangilash, yuqori texnologiyali qayta ishlash yoʻnalishlarini qoʻllab- quvvatlash, iqtisodiyot tarmoqlari uchun raqobatbardosh muhitni shakllantirish, ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatdoshligiga erishish, eksport tarkibi hamda geografiyasini diversifikatsiya qilish, shuningdek, hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish orqali milliy iqtisodiyot barqarorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlar ancha faollashdi.2 Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish mamlakatimizda asosiy bosqichga ko‘tarildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlari doirasida amalga oshirilgan davlat dasturlari va chora-tadbirla

Доказательный фрагмент

«In order to develop the national economy, the article comments on the focus on the human factor in our society.»

Образец извлечения

Демо-превью

In order to develop the national economy, the article comments on the focus on the human factor in our society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
investment, monopoly, diversification, free economic zone, GDP, investment, monopoly, investitsiya, monopoliya, инвестиции, монополия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники