К содержанию
РецензированоRU2023

ПОЭТИКА ОБРАЗА РАССКАЗА «САОДАТ САХИЛИ»

Adilova Fanuza Shodiyor qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, one of the great figures of modern Uzbek literature, Khayriddin Sultanov, discusses how the events of life are artistically reflected in the story "Saodat Sahil" by Khayriddin Sultanov. Through this work, Adib expresses an opinion about the reality of life, historical truth, the impressive artistic reflection of the complex inner experiences of a person, and the view of reality from the point of view of high humanity. Key words: Babur, story, artistic image, plot. ПОЭТИКА ОБРАЗА РАССКАЗА «САОДАТ САХИЛИ» Аннотация. В данной статье один из крупнейших деятелей современной узбекской литературы Хайриддин Султанов рассматривает, как события жизни художественно отражены в повести Хайриддина Султанова «Саодат Сохили». Через это произведение Адиб выражает мнение о реальности жизни, исторической правде, впечатляющем художественном отражении сложных внутренних переживаний человека, взгляде на действительность с точки зрения высокой человечности. Ключевые слова: Бабур, рассказ, художественный образ, сюжет. Xayriddin Sultonov Boburning hayoti va ijodiga qiziqish paydo bo‘lishi haqida bunday deydi: “O‘n to‘rt yoshlarimda ilk bor bu nuroniy siymoning tasviri chekilgan suvratni ko‘rdim. Olis qishloq maktabi, qahraton qishning dilgir kunlari, adabiyot xonasi devoriga osilgan muhtasham portret va undan muloyim tabassum ila boqib turgan, shohona sallasiga ukpar jig‘a qadalgan ulug‘sifat insonning bori-borlig‘i murg‘ak tasavvurimga shu qadar teran o‘rnashdik, dars paytida ham, tanaffus chog‘lari ham uning mardona chehrasidan ko‘z uzolmas edim. Bu nurli qiyofa mujassam shijoat, mujassam iztirob bo‘lib tuyular, suvrat ostidagi “Tole‘ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi, Har ishniki ayladim xatolig‘ bo‘ldi, O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi” degan sodda, hazin misralar bir o‘qishdayoq yod bo‘lib ketgan, shu satrlarni ko‘cha-ko‘yda ham, dala-dashtda ham takrorlab yurar edim. Ularning ma’yus ma’nosi, shikasta ohangi dilimga qattiq ta’sir qilar, o‘z-o‘zidan yig‘lagim, uzoq bir joylarga bosh olib ketgim kelar edi. Shu yo‘sinda Bobur Mirzoning mardlik va muruvvatda, zakovat va matonatda tengsiz shaxsiyatiga maftun bo‘lib qoldim. Men uni otamday, onamday, farzandimday yaxshi ko‘rib qoldim” “Saodat sohili” – Xayriddin Sultonovning birinchi yirik asari. Bu qissa jozibador badiiy tilda yozilgan, qahramonlar holati, ichki kechinmasini ta’sirchan gavdalantirgani bois darhol 2 73 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ o‘quvchilar e’tiborini tortdi. Ushbu qissa tili tarixiy mavzudagi eng yaxshi asarlarga xos jihatlar yorqin aks etgan. Unda tarixiy muhit, voqealar kechayotgan manzil-makonlar manzarasi jozibador tasvirlangan. Qahramonlarning dialog, monologlarida ham tarix nafasi yaqqol seziladi. Qissa Hindistonga, Bobur huzuriga borish maqsadida yo‘lga chiqqan Hofiz Ko‘ykiy va usta Binoqulning boshidan kechirganlari tasviri bilan boshlanadi. Binoqul Bobur bilan birga Hindistonga kelgan otasini daraklab, Hofiz Ko‘ykiy bilan birga yo‘lga chiqadi. Ammo yo‘lda ular ketayotgan karvonni qaroqchilar talaydi. Qochayotib Binoqul oyog‘i toyganidan tog‘ unguridagi chuqurlikka yiqilib tushadi. Umurtqasi qattiq shikastlanganidan yo‘l yurolmay halok bo‘ladi. U o‘limidan oldin Hofiz Ko‘ykiyga: “Armonim ichimda qoldi, taqsir. Padarimning daragini bilsam edi. Bobur shohni bir ko‘rsam... Taqsir, mana shu kitobni men unga ixlos bilan tortiq etmoqchi edim. O‘zim kitobat qilib edim. Bilmaysiz, taqsir, o‘zim ham bilmayman, lekin nechundir xudo mening mehrimni ul zotga tushirgan. So‘nggi tilagim ham, vasiyatim ham shu: bu kitobni Bobur hazratlariga eltib, duoi salomimni yetkaz gaysiz” deydi . Qissada Hofiz Ko‘ykiyning Hind diyoriga borib, Bobur shoh bilan uchrashib, shogirdi usta Binoqulning vasiyatini amalga oshir gani ta’sirchan hikoya qilinadi. Hofiz Ko‘ykiy ilm o‘rganishga umrini bag‘ishlagan, bu yo‘lda cheksiz mashaqqatlar tortgan mutafakkir zotlarning mujassam siymosi sifatida taassurot uyg‘otadi. Hofiz Ko‘ykiy qissada dunyoning qariyb yarmini kezgan jahongashta odam, hayotning qadrini, tiriklikning nechog‘li ulug‘ ne’mat ekanini teran anglagan, so‘qqabosh, vorasta – ozod, erkin odam deb ta’riflanadi. Boshidan kechirganlari-yu kechinmalari haqiqatan uning shunday zot bo‘lganligi haqida tasavvur uyg‘otadi. Xayriddin Sultonov Hofiz Ko‘ykiy xarakterini dastlab Binoqulning ustozi to‘g‘risidagi mulohazalari orqali ta’riflanadi. Bu ta’rif quyidagicha: "Ustozi so‘qqabosh, vorasta ko‘ngil odam bo‘lib, umri muttasil safarlarda o‘tardi. U ba’zan ikki-uch yillab benom-u nishon ketar, safardan qaytgach, masjid xonaqosiga tutash hujrasida mutolaadan bosh ko‘tarmay, allanarsalar yozgani yozgan edi. Binoqul bu bitiklarning nimaligini bilmas, so‘ragani botinolmas, ammo ustozining yosh bo‘lsa-da, ulug‘ odam ekanini sezardi: masjid eshigiga Toshkand, Samarqand va boshqa shahr-u kentlardan otliqlar, hashamatli soyabon aravalar tez-

Доказательный фрагмент

«In this article, one of the great figures of modern Uzbek literature, Khayriddin Sultanov, discusses how the events of life are artistically reflected in the story "Saodat Sahil" by Khayriddin Sultanov.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, one of the great figures of modern Uzbek literature, Khayriddin Sultanov, discusses how the events of life are artistically reflected in the story "Saodat Sahil" by Khayriddin Sultanov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Babur, story, artistic image, plot, Бабур, Bobur
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники