Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЧЕЛОВЕЧЕСКОЕ ДОСТОИНСТВО В ПЕРЕСМОТРЕННОЙ КОНСТИТУЦИИ
Yusupova Gulruxsor · Muxtoraliyeva Sarvinoz · Rahmonaliyeva Mahbuba
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Let's think, why do we need the Constitution? Each country has its own system of governance. In your opinion, how should the state justify to citizens that the system it uses is reliable? I'll just give you this in my mouth, then we won't say that we will build a state, of course. In order to gain the trust of the people, of course, an approved document, that is, the Constitution, is needed. The Constitution protects us on the street, at home, at work, at school, in general, everywhere. It includes our rights guaranteed by the state. Key words: Constitution, human value in the era of globalization, looking at history, rights, role of women in the Constitution, management system. ЧЕЛОВЕЧЕСКОЕ ДОСТОИНСТВО В ПЕРЕСМОТРЕННОЙ КОНСТИТУЦИИ Аннотация. Давайте подумаем, зачем нам Конституция? Каждая страна имеет свою собственную систему управления. На ваш взгляд, как государство должно доказывать гражданам, что используемая им система надежна? Я вам это просто в рот дам, тогда мы не будем говорить, что будем строить государство, конечно. Чтобы завоевать доверие народа, конечно, нужен утвержденный документ, то есть 157 Конституция. Конституция защищает нас на улице, дома, на работе, в школе, вообще везде. Это включает в себя наши права, гарантированные государством. Ключевые слова: Конституция, человеческие ценности в эпоху глобализации, взгляд на историю, права, роль женщин в Конституции, система управления. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining avvalgi tahriri 1992 yil 8 dekabrda O‘zbekiston xalqi tomonidan “vakolatli vakillari timsolida”, ya’ni parlament a’zolari – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputatlari tomonidan qabul qilinganini bilamiz. Bundan farqli ravishda, mamlakatimiz Asosiy Qonunining yangi tahririni “yagona O‘zbekiston xalqi” bevosita umumxalq referendumida – to‘g‘ridan-to‘g‘ri ovoz berish yo‘li bilan qabul qildi. Shu ma’noda, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasining haqiqiy muallifi xalqning o‘zidir. Fuqarolarning xohish-irodasi esa islohotlarning manbai va harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 7-moddasi birinchi bandida «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai», degan norma belgilab qo‘yilgan. Bu norma timsolida O‘zbekiston Respublikasida jahon miqyosida umume’tirof etilgan xalq hokimiyatchiligi prinsipi, ya’ni xalq suverenitetning tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai ekanligini anglatuvchi tamoyil o‘rnatilgan. Keyingi yillarda mamlakatimizda quyidagi prinsip va g‘oyalarni hayotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim. Xususan: birinchidan, Yangi O‘zbekiston – bu inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlari oliy qadriyat hisoblangan davlat bo‘ladi; ikkinchidan, xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak; uchinchidan, odamlar ertaga yo uzoq kelajakda emas, balki bugunoq o‘z hayotida ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rishni istaydi va shunday ekan, «odamlar tashvishi bilan yashash», xalqimizning qonuniy talab-istaklari va xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish – davlat organlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoniga aylanishi zarur; to‘rtinchidan, «qonunning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak», ya’ni barcha muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv asosida qabul qilinishi lozim. Demokratiyaning talab-u taomili va ustunligi ham shunda. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasi birinchi bandidagi norma mazkur modda ikkinchi bandi birinchi qismida «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab... amalga oshiriladi» deb belgilangan norma bilan uyg‘un va hamohangdir. Hech shubhasiz, ushbu normalar mamlakatimizda nafaqat xalq hokimiyatchiligining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini 158 mustahkamlash, ayni chog‘da xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Yanada tushunarli qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda yuqorida tilga olingan: «xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak» degan umume’tirof etilgan tamoyilga qat’iy rioya etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan yangi, zamonaviy va juda muhim normalarning hayotga qat’iy hamda izchil tatbiq etilishi, xususan, sudlar tomonidan ana shu konstitutsiyaviy qoidalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi yurtimiz va xalqimiz tarixida inson huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va qadr-qimmatini ulug‘lash borasida yangi davrni boshlab bermoqda. O‘zbekiston Prezidenti ta’kidlaganidek, “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz”. Xulosa qilib aytganda, bugun Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e’tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilganini ishonch bilan ta’kidlash
Доказательный фрагмент
«Let's think, why do we need the Constitution?»
Образец извлечения
Демо-превьюLet's think, why do we need the Constitution? Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Constitution, human value in the era of globalization, looking at history, rights, Конституция, Konstitutsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025