К содержанию
РецензированоRU2026

СИМВОЛ РОДИНЫ С МАШУЩИМИ КРЫЛЬЯМИ В СТИХОТВОРЕНИИ

Umirzakova Barno

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

In this article, the concept of homeland in Muhammad Yusuf's poems is analyzed based on the poet's poem "My Country". It is explained on the basis of examples that the anthem of the motherland in the poet's poems is expressed through a unique history and feelings of national pride. Key words: Homeland, Uzbekistan, world, sultan, day, sister, mother, sun, pain, love, people, talisman, Navoi, king, world, love. СИМВОЛ РОДИНЫ С МАШУЩИМИ КРЫЛЬЯМИ В СТИХОТВОРЕНИИ Аннотация. В данной статье анализируется концепция Родины в стихотворениях Мухаммада Юсуфа на основе стихотворения поэта «Моя страна». На примерах объясняется, что гимн Родины в стихах поэта выражается через уникальную историю и чувство национальной гордости. Ключевые слова: Родина, Узбекистан, мир, султан, день, сестра, мать, солнце, боль, любовь, народ, талисман, Навои, царь, мир, любовь. Vatan - uni tarannum etmagan, kuylamagan ijodkor topilmasa kerak, nazarimizda. Chunki ijodkor uchun o'zi tug'ilib o'sgan maskani - Vatanini kuylashdek zavqli va sharfli baxt bo'lmaydi. Vatan mavzusida yozilgan asarlarning tub mohiyati bir bo'lsada, lekin ularning hech biri bir-biriga o'xshamaydi. Har birida o‘zgacha nafosat, o‘zgacha muhabbat mavjud. Shu o'rinda Muhammad Yusuf ijodida asosiy o'rinlarda turuvchi vatan mavzusidagi she'rlar o'zgacha ohang va takrorlanmas misralarda jo bo'lganligi bois ulardagi obraz yorqin va ta'sirchan deyishimiz mumkin. 127 Muhammad Yusuf ijodi bilan tanishar ekanmiz, uning she'riyatining asosiy qismini Vatan tushunchasi tashkil etganligiga guvoh bo'lamiz. Darhaqiqat, shoir o'z she'rlarida o'zi tug'ilib, o'sgan, kindik qoni tomgan, bobolar hoki yotgan Vatanni ulug‘lashdan charchamaydi. Misol tariqasida ijodkor qalamiga mansub "Vatanim" she‘rini tahlil qilaylik. Avvalo, mazkur she‘rning dastlabki jumlasiga e‘tibor qaratamiz: *https://tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida Men dunyoni nima qildim, O‘zing - yorug‘ jahonim. O‘zim xoqon, o‘zim sulton, Sen taxt-u Sulaymonim. Misrani o‘qir ekan, o‘quvchi hayolida shoirning vatanga bo‘lgan muhabbati gavdalanadi. Shoir uchun vatan - ulkan saltanat, shoirning o‘zi esa shu salatanat sultoni. Ya'ni shoir lirikasida hech kim tasavvur qilmagan tashbehlarni, o'xshatishlarni ko'ramiz. Bunday o'xshatishlar boshqa hech bir ijodkor she'riyatida uchramasligini shoir asarlarning o'ziga xos badiiy tili deyishimiz mumkin. Masalan, Vatan haqida yozgan shoirlarning hech biri hali vatanni onaga, singilga o'xshatgan emas yoki vatanning tol beshikdan boshlanishini faqat shu ijodkorgina o'z asarida ilk bor qo'llagan. Vatanning bog'- rog'larini, so'lim go'shalarini tarannum etganlar ko'pdir. Lekin hech kim vatanni Navoiy, Manguberdi, Xo‘jandlarga qiyoslagan emas.Va yo Sen shoxlari osmonlarga tegib turgan chinorim Ota desam, o‘g‘lim deb bosh egib turgan chinorim. kabi tashbehlarini faqat Muhammad Yusuf ijodida uchratishimiz mumkin. Yuqorida takidlaganimizdek, shoir Vatan haqidagi she'rlarining ko'pchiligida Vatanni onaga, singilga va opaga mengzadi. Masalan, "Vatanim" she'rida: Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onam deymi, Hamdard-u hamhonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri, Ilig'imsan Vatanim. Shoir Vatan timsolini singlisida, onasida ko'radi. Ona - buyuklarning eng buyugi, ulug'larning eng ulug'i, suyukli zotlarning eng suyuklisidir Ana shuday buyuk zot timsolida shoir 128 Vatanni ko'radi. Ko'rinib turibdiki, shoir oddiy hayotiy voqealar asosida ajoyib o'xshatishlar va teran falsafiy mushohadaga ega bo'lgan misralar yaratgan. Shoirning ona yurtida tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq; yaxshi va yomon kunlarida har doim birga, mehrini esa oftobga qiyoslaydi. * Muhammad Yusuf rostgo‘y shoir, halol va pokiza qalb egasi. Shuning uchun ham uning she’riyati butun ma’naviyatga to‘la, muhabbat haqida kuylaydimi, bevafo yor haqida qo‘shiq to‘qiydimi yoki tariximiz, taqdirimiz haqida kuylaydimi hamisha hayotga, haqiqatga hamnafaslik sezilib turadi. Uning she’rlari oddiy, ravon, soddaligi bilan xalq og’zaki ijodiga hamohang ko‘rinadi.* Endi e'tiborimizni quyidagi misralarga qarataylik. Sen Xo‘jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan, Muqannasan qorachig‘i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni korgan cho‘pon Cho‘lig‘imsan, Vatanim. Makur misralarni o‘qir ekanmiz, beixtiyor shonli tarix e‘tiborimizni tortadi. Ijodkor vatan sevgisini yurt tarixi bilan chamabar chas bog‘laydi. Har bir insonning Vatani o'ziga qadrli. Shoir uchun uning har hovuch tuprog'i ko'ziga to'tiyodir. Shoir Muhammad Yusuf qalami bitgan, Vatanga bag'ishlagan o'tli misralari kitobxon nazdida, shoir siymosida chaqmoqdek yonib o'tgan shoir-u betakror she'riyat doim xalq ardog'ida bo'lajagiga umid bilan boqishga chorlab turaveradi2. Vatan madhi uchun so'zni qurol qilgan shoir Muhammad Yusuf xalqi va jonajon vatanining ertasi bilan kun-u tunlarni o'tkazgan. Oʼtgan asrning soʼnggi choragida adabiyotimizning pokiza osmonida yoʼlchi yuld

Доказательный фрагмент

«In this article, the concept of homeland in Muhammad Yusuf's poems is analyzed based on the poet's poem "My Country".»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the concept of homeland in Muhammad Yusuf's poems is analyzed based on the poet's poem "My Country". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Homeland, Uzbekistan, world, sultan, day, sister, mother, sun, pain, love, Homeland, Uzbekistan, Родина, Узбекистан, Vatan, O'zbekiston
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники