Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Yuldasheva Qutlug’beka Nazarovna Termiziqtisodiyot servis universiteti Xorijiytili vaadabiyoti magistratura yo’nalishi,1-kurs Magistranti Tel;94 9989399
FRAZEOLOGIKBIRLIKLARNING QIYOSIY-CHOG‘ISHTIRMATADQIQI · Yuldasheva Qutlug’beka Nazarovna
Журнал научных исследований и их решений · 3 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “do‘stlik” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili olib boriladi. Do‘stlik tushunchasi har bir xalq madaniyatida muhim o‘rin tutadi va u frazeologik birliklar orqali o‘z ifodasini topadi. Maqolada ushbu tillardagi do‘stlikka oid frazeologizmlar semantik jihatdan tahlil qilinib, ularning o‘xshash va farqli jihatlari ochib beriladi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida frazeologik birliklarning kelib chiqish manbalari, ularning metaforik ma’nolari hamda madaniy kontekstdagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqot natijasidaingliz va o‘zbek tillarida do‘stlik konseptining umumiyvamilliy xususiyatlari aniqlanadi. Kalit so‘zlar: frazeologik birliklar, do‘stlik konsepti, qiyosiy tahlil, ingliz tili, o‘zbek tili, metafora, madaniyat, tilshunoslik. Kirish;Til har qanday millat madaniyatining ajralmas qismidir va u xalqning ma’naviy qadriyatlari, dunyoqarashi hamda hayotga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. Frazeologik birliklar esa aynan shu milliy xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan til birliklaridir. Insoniyat tarixida do‘stlik tushunchasi muhim o‘rin tutgan va har bir jamiyat bu tushunchani o‘ziga xos tarzda talqin qilgan. Ingliz va o‘zbek tillarida do‘stlikka oid frazeologizmlarni qiyosiy- chog‘ishtirma o‘rganish orqali ushbu tushunchaning universal va milliy jihatlarini aniqlash mumkun. Maqolada avvalo frazeologik birliklarning umumiy ta’rifi keltirilib, keyin do‘stlik konseptini ifodalovchi frazeologizmlarning semantik, strukturaviy va funksional xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu birliklarmuhokama qilinadi. Frazeologiya” atamasi yunoncha “frama” (phrasis- ifoda, nutq o’rami)ikki so’zdan olingan bo’lsada, bu atama turlicha ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Shusababdan frazeologiya atamasi tilshunoslikda ikki ma’noda qo’llaniladi: tildagi mavjud frazeologik birliklarning jami ma’nosida, hamda shunday birlikarni o’rganuvchi soha ma’nosida. Demak, frazeologiya iboralar haqidagi ilm demakdir. Tilshunoslikning boshqa sohalari singari frazeologiya ham o’zining shakllanish vataraqqiyot bosqichlarigaega. Frazeologizmlarkelib chiqishi jihatdan juda qadimiy bo’lsa-da, frazeologiya fani qariyb ikki yuz yilni o’z ichiga oladi.1 Frazeologiya ilmining asoschisi shveytsariyalik olim Sharl Ballidir. U o’zining “Fransuz stilistikasi” (1909) nomli asarida so’z birlashmalari, ya’ni frazeologik birliklarni tadqiq etuvchi maxsus boblar kiritgan. Ferdinand de Sossyur esa sintagma, uning belgilari haqida o’z qarashlarini bayon etgan. Tilda shunday tayor birliklar borki, ularning lisoniy tabiati ma’nosi va sintaktik xususiyatidan kelib chiqdi, bunday birikmalar tayyor holda, an’anaga ko’ra qo’llanadi, degan edi. Frazeologiya tilshunoslikning keyingi taraqqiyotida tez rivojlangan sohalardan biridir. Rus va ingliz tilshunosligida frazeologiya ancha ilgari o’rganila boshlangan bo’lsa, o’zbek tilshunosligida bu soha sistemali ravishda o’rganila boshlanganini o’tgan asrning 40-50- yillariga to’g’ri keladi. Bu davrda Sh. Raxmatullayev (1969), G.A.Bayramov (1970), G.X.Axunzyakov (1974), V.G.Uraksin (1975), L.K.Bayramova (1983), M.F.Chernov (1986) larning doktorlik worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA6R9NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 3, ISSUE 02, FEVRAL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI dissertastiyalari frazeologizmlar tadqiqiga bag’ishlangan. V.V.Vinogradov frazeologizmlarni uch sinfga tasniflaydi. 1.frazeologik chatishmalar (phraseological fusions). 2.frazeologik qo’shilmalar(phraseological units). 3.frazeologik birlashmalar (phraseological collocations or combinations). Frazeologik chatishmalar-komponentlarining ma’nosi butun birlikning ma’nosiga aloqador bo’lmagan frazeologizmlardir. Frazeologik birlashmalar o’ziga xos valentlikka ega bo’lgan so’zlardan tashkil topgan. Bunday frazeologik birliklarning komponentlaridan biri o’zining to’g’ri ma’nosida,qolganlari metaforik ma’noda qo’llanadi. Frazeologik birlashmalar ma’lum darajada semantik jihatdan bo’linmasdir. Masalan: heavy father - teatr asaridagi asosiy rol; to kick the bucket - o’lmoq; red tape - byurokratik metod kabi frazeologizmlar yaxlit holda bir ma’no beruvchi frazeologizmlardir. Frazeologik chatishmalar ma’nosi butunlay o’zgargan so’z birikmasidir. Ammo frazeologik qo’shilmalardan farqli o’laroq ularning ma’nolari tarkibiy qismlarining ma’nolaridan anglashilmaydi. 2 Abdullayev A. Frazeologi Frazeologik chatishmalar-komponentlarining ma’nosi butun birlikning ma’nosiga aloqador bo’lmagan frazeologizmlardir. Frazeologik birliklarning mohiyati va ularning do‘stlik konsepti bilanbog‘liqligi. ma’nosidan osongina anglashiladi. Frazeologik birliklar – buikki yoki undan ortiq so‘zning o‘ziga xos ma’no hosil qilishi natijasida yuzaga keladigan barqaror birikmalardir. Ular ko‘pincha metaforik ma’noga ega bo‘lib, xalqning tarixiy va madaniy tajribasini aks ettiradi. Do‘stlik konsepti bilan bog‘liq frazeologizmlar ham xalqning do‘stlik haqida
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “do‘stlik” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili olib boriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida “do‘stlik” konseptini ifodalovchi frazeologik birliklarning qiyosiy-chog‘ishtirma tahlili olib boriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tilshunoslik., metafora, frazeologik birliklar, qiyosiy tahlil, do‘stlik konsepti, madaniyat, ingliz tili, o‘zbek tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024