Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ РАБОТЫ НАД СЛОВАМИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ.
O’QUVCHILAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH · Malikova Dilrabo Ravshan qizi · Jabborova Marjona
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article provides information about the stages of speech development of elementary school students and the types of work carried out on the development of speech. Sample exercises that serve to enrich the vocabulary of students are given and their content is revealed. Key words: speech and its development, methods and methods, increasing vocabulary, activation, phonetic combination, synonym, antonym, correct pronunciation, audiotext. РАЗВИТИЕ РЕЧИ УЧАЩИХСЯ ПУТЕМ РАБОТЫ НАД СЛОВАМИ НА УРОКАХ РОДНОГО ЯЗЫКА НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Аннотация. В данной статье представлена информация об этапах речевого развития учащихся младших классов и видах работы, проводимой по развитию речи. Приводятся примерные упражнения, служащие для обогащения словарного запаса учащихся, и раскрывается их содержание. Ключевые слова: речь и ее развитие, приемы и приемы, увеличение словарного запаса, активизация, фонетическое сочетание, синоним, антоним, правильное произношение, аудиотекст. Nutq – tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyati turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Bundan tashqari, nutq-bu til yordamida insonning ovozli aloqa vositasi hamdir. Har bir til so’z tovushini tashkil etuvchi unli va undosh tovushlarning fonetik birikmalaridan iborat (ya’ni barcha o’zbekcha so’zlar barcha ruscha so’zlardan farq qiladi, hatto ular bir so’z bo’lsa ham, masalan, “stul” yoki “doska”va boshqalar). Nutq o’stirishda uch yo’nalish aniq ajratiladi: 1) so’z ustida ishlash; 2) so’z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog’lanishli nutq ustida ishlash. 2 30 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Boshlang’ich sinf ona tili darslarida so’z ustida ishlash orqali nutqini rivojlantirish deganda, so’zlarning o’z ma’nolaridan o’rinli foydalanilishi va uning xususiyatlarini anglashi va o’rinli joylarda foydalanishi balki, to’g’ri talaffuz qilishi ham tushuniladi. O’quvchilar nutqiga qo’yiladigan talablar, o’quvchilar nutqini o’stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinadi: 1. O’quvchilar nutqi mazmundor bo’lsin. Hikoya yoki insho o’quvchilar uchun yaxshi ma’lum bo’lgan dalillar, ularning kuzatishlari, hayotiy tajribalari, kitoblardan, rasmlardan, radioeshittirish va teleko’rsatuvdan olgan ma’lumotlari asosida tuzilsagina mazmunli bo’ladi. Bolalar bilmagan narsa, ko’rmagan voqea-hodisalar haqida yetarli tayyorgarliksiz so’zlashga yo’l qo’yilsa, nutq mazmunsiz chiqadi. Nutq o’stirish metodikasi hikoya, insho uchun materialni puxta tayyorlashni, ya’ni material yig’ish, uni muhokama qilish, to’ldirish, asosiy mazmunni ajratish, zaruriy izchillikda joylashtirishni talab qiladi. Albatta, bu jarayonda o’quvchilarning yosh xususiyatlari va qiziqishlari ham hisobga olinadi. 2. Nutqda mantiqiylik bo’lsin. O’quvchilar nutqi mantiqan to’g’ri bo’lishi, fikr izchil, asosli bayon etilishi, asosiy o’rinlar tushirib qoldirilmasligi va o’rinsiz takrorga, mavzuga taalluqli bo’lmagan ortiqchalikka yo’l qo’yilmasligi talab etiladi. Nutqning mantiqiyligi narsa, voqea- hodisalarni yaxshi bilish bilan belgilanadi, mantiqiy xato esa material mazmunini aniq bilmaslik, mavzuni o’ylamasdan noqulay tanlash natijasida kelib chiqadi. Bu ikki talab nutqning mazmuni va qurilishiga taalluqlidir. Nutqni til jihatidan shakllantirishga oid talablar ham mavjud. 3. Nutq aniq bo’lsin. O’quvchi dalillar, kuzatishlar, taassurotlarini haqiqatga mos ravishda oddiy bayon etibgina qolmay, shu maqsadning eng yaxshi til vositalaridan (so’z, so’z birikmasi, gaplardan) foydalangan holda, maxsus tasvirlar bilan ifodalashga o’rgansin. 4. Nutq til vositalariga boy bo’lsin. Mazmunni aniq ifodalash uchun o’quvchi nutqi til vositalariga boy bo’lishi, u har qanday vaziyatda ham kerakli sinonimlardan, xilma-xil tuzilgan gaplardan mazmunga eng mosini tanlab foydalana olish ko’nikmasiga ega bo’lishi zarur. Albatta, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til boyligi yuzasidan yuqori talab qo’yib bo’lmaydi, ammo o’qituvchi o’quv ishlarida ularning so’z boyligini oshirib borishni har vaqt ko’zda tutishi kerak. 5. Nutq tushunarli bo’lsin. Og’zaki nutq eshituvchiga, yozma nutq esa uni o’quvchiga tushunarli bo’lishi zarur. So’zlovchi yoki yozuvchi nutqini eshituvchining yoki o’quvchining imkoniyatini, qiziqishini hisobga olgan holda tuzsa, uni hamma birdek, hech qiyinchiliksiz tushunadi. 6. Nutq ifodali bo’lsin. Agar nutq ifodali, ya’ni jonli, ishontiradigan bo’lsa, eshituvchiga yoki o’quvchiga ta’sir etadi. Og’zaki nutq eshituvchiga intonatsiya orqali ta’sir etsa, og’zaki nutq ham, yozma nutq ham tinglovchi va o’quvchiga hikoyaning umumiy ruhi, dalillar, tanlangan so’zlar, ularning emotsionalligi, tuzilgan jumla, iboralar yordamida ta’sir etadi. Nutqning tushunarli va ifodali bo’lishi har qanday shevaga xos va ortiqcha so’zlardan xoli bo’lishini taqozo etadi. 7. Nutq to’g’ri bo’lsin. Maktab o’quvchilari uchun nutqning adabiy til me’yorlariga mos va to’g’ri bo’l
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the stages of speech development of elementary school students and the types of work carried out on the development of speech.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the stages of speech development of elementary school students and the types of work carried out on the development of speech. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech and its development, methods and methods, increasing vocabulary, речь и ее развитие, nutq va uni o’stirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024