Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUVOZANATSIZLIKNING KLINIK BELGILARI Bekmurodova MalikaRoʻzimurod qizi Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti, "Davolash ishi-2"fakulteti 5-bosqich talabasi Samarqand, O‘zbekiston
SEMIZLIK VATUXUMDON POLIKISTOZI:METABOLIK · MUVOZANATSIZLIKNING KLINIK BELGILARI · Bekmurodova MalikaRoʻzimurod qizi
Журнал научных исследований и их решений · 3 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga keltirayotgan oqibatlarning qanchalik jiddiy ekanligi haqidasoʻzboradi. KALIT SO‘ZLAR: reproduktiv yosh, metabolik sindrom, tuxumdon polikistoz sindromi, past molekulalixolesterin,ginoid semizlik,android semizlik, insulinorezistentlik,visseral yog’. KIRISH: odam organizmi oʻz hayoti davomida murakkab rivojlanish bosqichlari bosib oʻtadi: neonatal, chaqaloqlik, bolalik ,oʻsmirlik, yetuklik, qariyalik.Har bir davrda organizm ichki muhit suyuqliklari doimiy oʻzgarishda boʻladi.Bu oʻzgarishlardan 1 grammning milliondan bir qismda ishlab chiqariladigan va organizmning muhim hayotiy jarayonlarini boshqaradigan garmonlar oʻzgarishi har doim ham bir tekis kechmaydi.Ayniqsa ayollar organizmida reproduktiv - urchish yoshiga yetganda metabolik oʻzgarishlar ,xususan organizm tana massasining ortishi bir qator garmonal oʻzgarishlarga olib keladi.Bu oqibatlarning eng jiddiylaridan biri tuxumdon polikistoz sindromidir.Bu kasallik hozirgi kunda Oʻzbekiston va dunyoning barcha davlatlarida jiddiy muammo sifatida oʻsib bormoqda, shu bilan birga aholi inflyatsiyasiga jiddiy taʼsiri yanada ortishi kuzatilmoqda. ASOSIY QISM: Modernizatsiya jadal kechayotgan insoniyat olamida uning aks taʼsiri insoniyatni ham chetlab oʻtmagan.Hayotimizda foydalanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan kiyim -kechaklar,dorilar va tibbiy xizmatlar -barchasini texnologik usulda olinayotgan kimyoviy moddalar egallab borayotganini koʻramiz.Bu oʻz navbatida odam organizmida,ayniqsa yetilish va koʻpayish yoshida oʻzining zararli oqibatlarini koʻrsatib kelmoqda.Ancha yillik kuzatishlar mobaynida ayollar oʻrtasida bepushtlik muammosi, tabiiy urchish jarayoni va homiladorlikning kechishi,tug’ruq jarayoni qiyinlashib bormoqda . Tekshirishlardan shu maʼlum boʻldiki kimyoviy aralashmali oziq ovqat mahsulotlarning yoshlar orasida koʻp isteʼmol qilinishi, past molekulali xolesterinning to’qimalarda oshib borayotgani, kimyoviy moddalarning organizm genetik strukturasining buzilishi va autoimmun jarayonlarning avj olishi bu muammolarni yuzaga keltirib chiqarayotgan metabolik sindrom ,ayniqsa semizlikning oqibatlari ekani ma’lum bo’ldi. Semizlik – bu organizmdagi ortiqcha yog‘ to‘qimalarining patologik to‘planishi bilan tavsiflanadigan murakkab endokrin-metabolik kasallik bo‘lib, energetik disbalans, insulin rezistentligi,leptin-grelin disregulyatsiyasi hamda gormonal o‘zgarishlarnatijasidarivojlanadi. Ayollarda semizlik organizmdagi tana yog‘ining taqsimlanishiga qarab ikki asosiy fenotipga bo‘linadi: ginoid (ayolcha, “armut shaklida”) va android (erkakcha, “olma shaklida”) semizlik. Har bir tur o‘ziga xos endokrin-metamorfoz xususiyatlarga ega bo‘lib, turli metabolik va kardiovaskulyar xavflarni yuzaga keltiradi. worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULA7R2NING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 3, ISSUE 02, FEVRAL 2025 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI Ginoid(ayolcha, “armut shaklida”) semizlik: Xususiyatlari: Tana yog‘lari asosan son, dumba va pastki ekstremitalar sohasida yig’ilib, periferik yog‘ to‘planishi bilan tavsiflanadi.Buning zamirida estrogen giperproduksiyasi va progesteron bilan nisbatining buzilishi, yog‘ to‘qimalarida lipogenezin faollashishi va lipolizning sekinlashishi,genetik moyilliko’zgarishlari sababchi bo’ladi. Android(erkakcha, “olmashaklida”)semizlik: Xususiyatlari: Yog‘ asosan qorin, bel va ichki organlar atrofida to‘planib, abdominal va visseral yog‘lanish bilan tavsiflanadi, bu esa metabolik sindrom bilan bog‘liq kasalliklar xavfini oshiradi.Buning zamirida insulin rezistentligi va giperglikemiya, androgen gormonlar gipersekretsiyasi, menopauza davrida estrogen yetishmovchiligi va progesteron darajasining pasayish, giperkortizolemiya, gipofiz bezi yetishmovchiligi sababchi omillardandir. Reproduktiv yoshda android tipdagi semizlikning uchrashi buxavfli holatdir.Bu xavfli metabolik o’zgarish tuxumdon polikistozining asosiy omilibo’lib hisoblanadi. Tuxumdon polikistoz sindromi – gipotalamo-gipofizar-ovarial disbalans fonida androgen sekretsiyasining ortishi, insulin rezistentligi va metabolik sindrom bilan kechuvchi oligoovulyatsiya yoki anovulyatsiya, hiperandrogenemiya va polikistik tuxumdonlar bilan tavsiflanadigan endokrin-metabolik patologiya bo‘lib, android tipdagi semizlik va reproduktiv disfunktsiya bilan kechadi.Tana massasing oshishi bilan organizm to’qimalarida qator patogenitik reaksiyalar ishga tushadi: insulinorezistentlik,tuxumdon va buyrakusti bezidan androgenlar ishlab chiqarilishining oshishi,gipotalamusda follikula stimullovchi va lyutenlovchi garmonlar markaziy disbalansi,progesteron sekretsiyasi kamayishi va o’z navbatiga tuxumdonda ko’plab yetilmagan follikularkistalar paydo bo’lishi kabi patalogik jarayonni keltiribchiqaradi. Semizliketialogiyali tuxumdon polikis
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga k…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirda reproduktiv yoshdagi ayollar orasida keng tarqalib borayotgan semizlik va tuxumdon polikistozi sindromi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda metabolik muvozanatsizlikning klinik belgilari hamda yuzaga k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- past molekulali xolesterin, android semizlik, tuxumdon polikistoz sindromi, metabolik sindrom, visseral yog’., reproduktiv yosh, ginoid semizlik, insulinorezistentlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025