Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ichan-Qal'a davlat muzey-qo'riqxonasi“Qadimgi Xorazm tarixi”bo'limimudiri Jumanazarova Go`zal Ichan-Qal'adavlat muzey-qo'riqxonasi “Qadimgi Xorazm tarixi” bo'limi kattailmiyxodimi
TARIXI VA TILSIMLARI · Rahimov FurqatJabberganovich · Jumanazarova Go`zal
Журнал научных исследований и их решений · 1 · 2024
Аннотация
В статье авторы приводят сведения об истории крепости Койкирян, тесно связанной с историей Хорезма, и мнения историков, а также сведения о районе ее расположенияи технологиистроительства. Ключевые слова:. Хорезм, Kуйкирилян кала, Фортификация, Оборона, Стены, Архитектура,Исследовать. Annotation: In the article, the authors provide information about the history of the Koykyrilyan fortress, which is closely related to the history of Khorezm, and the opinions of historians, as well as information about thelocation, the technology ofconstruction. Keywords: Khorezm, Koykyrilyan kala, Fortification, Defense, Wall,Architecture, Research. Qoʻyqirilgan-qalʼa qadimgi otashparastlar ibodatxonasi va qishloq xarobasi (miloddan avvalgi IV -milodiyIII asr). Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan va bugungi kungacha saqlanib qolgan xar bir buyum o‘tmish to‘g‘risidaguvohlik beradi. Yurtboshimizta’kidlab o‘tganidek, «Bu ko‘hna tuproqdamilodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-xanuz o‘zining ko‘rk-u tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morlik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi». O‘tmish tarixni xolisona o‘rganish kelajak zamini mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi. Qadimgi Xorazm hududidagi noyob obidalardan biri Qo‘yqirilgan qal’a bo‘lib, u bugungi Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l shahridan 22 km shimoli-sharqda joylashgan. Qo‘yqirilgan-qal’a miloddan avvalgi IV- milodiy III asrlarga oid. Bu yodgorlikni dastlab S. P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi a’zolari tomonidan 1938 yilda topilgan va arxeologik tadqiqotlar ishlari 1951-1957 yillar mobaynida olib borilgan. Qurilish uslubi jihatdan Qo‘yqirilgan qal’a alohida ajralib turadi. Qo‘yqirilgan qal’a tashqi devori ortida qal’ani aylana bo‘ylab to‘liq o‘rab olgan, eni 15 m, chuqurligi 3 m suv bilan to‘ldirilgan xandaq bo‘lgan. Qadimgi Xorazm harbiy istehkomlari va qal’alari devorining mudofaa xususiyatini kuchaytirish uchun proteyxizma (qo‘shimcha devor) ko‘tarilib, u eski devorni o‘rab olgan. Tashqi mudofaa devorda xar 20 metrdan burjlar joylashgan. Bu burjlar ichkariga ham, tashqariga ham devor chizig‘idan turtib chiqmagan. Bu antik Xorazm arxitekturasida juda noyob hisoblanib, xozircha uning o‘xshashi topilmagan. Mil. avv. IV – III asrlarda va undan keyingi davrda qal’a devorlarida shinaklar bilan birga yorug‘lik tushishi uchun tuynuklar ham bo‘lgan. Bulardan tashqari, qo‘shimcha tarzda yoritish maqsadida ajabtovur tuynuklardan -toqlardan foydalanilgan. Qal’aning sharqiy qismidadarvozasi bo‘lib, darvoza oldi worldlyjournals.com ILMIY TADQIQOTLAR VA ULARNING YECHIMLARI JURNALI JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH AND THEIR SOLUTIONS VOLUME 1, ISSUE 1, SENTABR 2024 WORLDLY KNOWLEDGE NASHRIYOTI labirint (pandus-nishab yo‘lka) shaklida qurilgan. Qal’a aylana shaklda qurilgan bo‘lib, markaziy qismida ark joylashgan. Shuning uchun Qo’yqirilgan qal’a arkining atrofi 2 qator mudofaa devori bilan o’ralgan. Bu devor qalinligi 1 metr, balandligi 7 metr bo’lgan. Qal’a devor konstruksiyasiga kiruvchi har ikkala (tashqi va ichki) devor umumiy platforma - paxsa asos ustiga qurilgan. Bu qal’adan mil. avv. IV - III asrlarga oid doira shaklidagi ikki qavatli markaziy ibodatxona binosi (diametri 44.4 m, balandligi 9.5 m ga yaqin) qazib o’rganilgan. Shuningdek, u rasadxona sifatida ham foydalanilgan. Asosiy kuzatishlar quyosh va yulduzlarga qaratilgan. Yil bo’yi quyosh botishini o’rganish orqali ular bahorgi tengkunlik, yozgi quyosh turishi, kuzgi tengkunlik va qishki quyosh turishini aniqlaganlar. Bu tengkunlik va quyosh turishlari qishloq ho’jaligi rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Bu kunlar qishloq ho’jaligi kalendarida belgilangan va qishloq ho’jaligi ishlari shu asosda olib borilgan. Tengkunlik va quyosh turishlari o’rtacha 41-45 kundan so’ng yana qaytarilgan. Bu yerdan oramiy xatiga asoslangan qadimgi Xorazm yozuvi topilgan. U mil. avv. VII-VI asrlarda vujudga kelgan. Oromiy yozuv 22 ta harfdan iborat. Oromiy yozuvidan Parfiya, Baqtriya, So’g‘d, Xorazmlik amaldorlar o’zlarining ma’muriy va davlat ishlarini rasmiylashtirishda foydalanganlar. O’rta Osiyo oromiy xatining eng qadimgi namunasi miloddan avvalgi V-IV asrga oiddir. Qo‘yqirilgan-qal’adan topilgan buyumlar turli davrga oid. Shuning uchun tadqiqotchilar arxeologik topilmalarni buyum toifasi, ishlatilish maqsadi bo’yicha guruhlaganlar va tahlil yetganlar. Bu holatdagi tahlil har xil davrga tegishli, lekin bir joyda topilgan buyumlarni isbotlash yo’lini beradi. Qo’yqirilgan qal’adan qurol - aslahaga oid topilmalar kam topilgan. Ular asosan 3 ta bronza va 4 ta temirdan yasalgan kamon o‘qi uchlaridir. Tahlillarga ko‘ra o‘q uchlari miloddan avvalgi VII-VI asr boshlariga oid. Temirdan yasalgan kamon o‘qi uchlari sarmatlar mozorlarida ham uchraydi. Bunday o‘qlarning O‘rta Osiyo va Qozog‘iston hududlarida qachon paydo bo‘lganligi aniq emas. Xorazmning o‘zida
Доказательный фрагмент
«В статье авторы приводят сведения об истории крепости Койкирян, тесно связанной с историей Хорезма, и мнения историков, а также сведения о районе ее расположенияи технологиистроительства.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье авторы приводят сведения об истории крепости Койкирян, тесно связанной с историей Хорезма, и мнения историков, а также сведения о районе ее расположенияи технологиистроительства. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Khorezm, Koykyrilyan kala, Fortification, Defense, Wall, Architecture, Research, Devor, Arxitektura, Qo‘yqirilgan-qal’a, Istehkom, Mudofaa, Xorazm, Tadqiqot.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025