К содержанию
РецензированоRU2023

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ВНЕДРЕНИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ

ETISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI · Sidiqova Gulrux Safar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the benefits of inclusive education, its origin, physiological, psychological, personal and medical characteristics of disabled children, the impact of inclusive education on teachers and students. Key words: inclusive education, the relationship of disabled children with healthy children, education and upbringing. НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ВНЕДРЕНИЯ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛАХ Аннотация. В данной статье рассматриваются преимущества инклюзивного образования, его происхождение, физиологические, психологические, личностные и медицинские особенности детей-инвалидов, влияние инклюзивного образования на педагогов и учащихся. Ключевые слова: инклюзивное образование, взаимоотношения детей-инвалидов со здоровыми детьми, образование и воспитание. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni tadqiqot obyekti sifatida o‘rgangan pedagog va psixologlar J.Kardano, V.I.Fleri, J.Itar, S.Speshnovlar murojaat etilgan nutqini tushuna oladigan, qisman lug‘at boyligiga ega bo‘lgan, hatto sodda gaplar tuza oladigan bolalar borligini, agar nutq ularga qarata balandlatilgan holda aytilsa, bunday bolalar ta’lim-tarbiyasining muammolarini hal etilishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan. R.M.Boskis eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’lim samaradorligining omili ushbu toifadagi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini tushunish deb hisoblab, L.S.Vigotskiyning “Nuqsonning murakkab tuzilishi” hamda “Ta’lim –tarbiya va rivojlanish mutanosibligi” ta’limotlarga, I.P.Pavlovning “Analizatorlar faoliyati birligi psixologik ta’limotlarga tayanadi. 1925 yil eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limi bo‘yicha Xalqaro konferensiyada A.S.Vigotskiy “Aynan mehnat ta’limi va tarbiyasini qo‘llash karlarni o‘qitishdagi barcha qiyinchiliklardan chiqib ketish yo‘lidir. Asosiysi, mehnat tarbiyasi hayotga eng yaxshi yo‘l, u ilk yoshdanoq hayotda faol ishtirok etish uchun garovdir. Shuning uchun u kar bolani barcha narsa, muloqot, nutq, idrok bilan qurollantiradi. S.A.Zikov, M.I.Glebova, Ye.N.Marsinovskaya, M.F.Titovalar o‘quvchilarda so‘zlashuv nutqini shakllantirishda ko‘rgazmali amaliy faoliyatning ahamiyatini ilmiy asoslab beradi. 1 20 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ S.A.Zikov ko‘rgazmali amaliy faoliyatni uch guruhga ajratadi: ilyustrativ-tasviriy, o‘lchov-hisobli va oddiy materialdan buyum yasash. S.A.Zikov, T.S.Zikova ta’limotlariga asosan, Y.N.Marsinovskaya predmet amaliy faoliyat kar bolalarning har tomonlama rivojlanishida muhim didaktik sharoit ekanligini tadqiq etgan. L.A.Novaselov kar bolalarning mehnat ta’limini quyidagicha tasniflaydi: Qo‘l mehnati (tayyorlov 4-sinf). Umumtexnik tayyorgarlik (5-8-sinf). Professional ta’lim (9-12-sinf). Har bir bosqichning vazifalarini ko‘rsatib o‘tadi: 1. Qo‘l mehnati kar o‘quvchilarga hayotiy borliqni tez va mukammal anglash imkonini beradi. U bolaning shaxsining, uni intellektual kuchi, bilish imkoniyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Mehnat faoliyatini bajarish jarayonida kar o‘quvchilar o‘zini jismoniy va aqliy kuchini ongli boshqarishga o‘rganadi, bu ularning umumiy faolligi va ishchanligini oshiradi. Kar bolalarning maktabida mehnat darslarning didaktik ahamiyati kattadir. Mehnat darslariga qo‘yiladigan talablardan biri uni boshqa o‘quv fanlari bilan aloqa o‘rnatishdir. Bir tomondan mehnat darslari boshqa o‘quv fanlarda zarur bo‘ladigan ma’lum bilimlarni beradi, hamda boshqa darslarda olingan bilimlarni mustahkamlaydi. Bunday aloqani o‘rnatish pedogogik jarayonni to‘g‘ri va samarali tashkil etishda muhim omildir. Qo‘l mehnati nafaqat ta’limiy ahamiyat kasb etadi, balki o‘quvchining shaxsining tarbiyalashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. U qiyinchiliklarni bartaraf etishga majbur etadi (buyumlarni yasash jarayonida), bu iroda va qat’iyatlilikni tarbiyalashga sabab bo‘ladi. O‘quvchilarda jamoa faoliyati, o‘rtoqlik o‘zaro yordami va intizomlilik malakalarini tarbiyalaydi. Bunga bog‘liq holda, o‘quvchi ish jarayonida “men”ni emas, balki “biz”ni ko‘ra olishini ko‘zda tutuvchi brigada bilan ishlash, juft bo‘lib ishlash ish turlarini qo‘llash lozim. Qo‘l mehnati darslari uchun alohida xona ajratilishi maqsadga muvofiq. Mazkur xona mavjud bo‘lmasa, o‘quvchilar partalarda osma doskalar va ish qurollari saqlanadigan qutilar bo‘lishi kerak. Mehnat darsi tashkiliy bosqichdan boshlanadi. Keyin o‘quvchilar o‘qituvchining turli vazifalarini bajaradi (“Plastilinni yumshat”, “Doirani oq qog‘ozga yopishtir”). O‘tilgan mavzuni takrorlashga yo‘naltirilgan mazkur vazifalarni bajargandan so‘ng, o‘qituvchi darsda o‘quvchilar nimalar bilan band bo‘lishini e’lon qiladi. Dastlab u ish qurollari va materiallarni mustaqil yoki o‘qituvchi yordamida tanlashni so‘raydi. So‘ng buyumni yasash jarayonini o‘z harakatlari bilan ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning harakatlarini takrorlaydilar. Ishni bajarish ketma–ketligi doskadagi yozuvda, 2-sinfdan o‘quvchilar daftarlarida o‘z aksini topishi kerak.

Доказательный фрагмент

«In this article, the benefits of inclusive education, its origin, physiological, psychological, personal and medical characteristics of disabled children, the impact of inclusive education on teachers and students.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the benefits of inclusive education, its origin, physiological, psychological, personal and medical characteristics of disabled children, the impact of inclusive education on teachers and students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, the relationship of disabled children with healthy, inklyuziv ta'lim, инклюзивное образование
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники