К содержанию
РецензированоUZ2025

Samarqandviloyati Qo‘shrabot tumani 2-sonpolitexnikumi informatika fanio‘qituvchisi KOMPYUTERTARMOQLARINING STANDART TEXNOLOGIYALARI VA RIVOJLANISHBOSQICHLARI

Xudoyqulova Ozoda Qoraqulovna · Samarqandviloyati Qo‘shrabot tumani

Международный журнал научных исследователей · 10 · 2025

Аннотация

Aloqa texnologiyalari jamiyat taraqqiyoti va odamlarning turmush tarzini o‘zgartirishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biriga aylangan. Ularning qo‘llanilishi jahon ilm – fani yutuqlaridan yanada samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu maqolada kompyuter tarmoqlarining standart texnologiyalari, ularning yaratilishi va rivojlanish jarayonlari haqida malumotberilgan. Kalitso‘zlar: dastur, tarmoq, kompyuter, texnologiya, internet, global, mintaqaviy va lokal, fayl, server, tamoyil, interfeys. Kompyuter (hisoblash) tarmog‘i – bu aloqa kanallari orqali yagona tizimga bog‘langan kompyuter va terminallar majmuasidir. Kompyuter tarmoqlarini ko‘pgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga ko‘ra global, mintaqaviy va lokal (mahalliy) tarmoqlar farqlanadi. Qo‘llaniladigan dasturiy ta’minot nuqtai nazaridan tarmoq tuzilishining ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan. Birinchi tamoyilda tarmoqning dasturlashtirilgan ta’minoti ko‘pgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bo‘lgan bosh kompyuter resurslarini taqdim etishga mo‘ljallangan. U ‘fayl-server’ deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bo‘lgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bo‘lishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Fayl -serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki undan ko‘pgina kompyuterlarda foydalaniladi. Tarmoqda bir qancha fayl - serverlar bo‘lishi mumkin. Tarmoqdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga taqdim etiladigan fayl-serverning boshqa tur serverlarini sanab o‘tish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloqa uchun qurilma. Fayl-server resurslarini boshqaruvchi va ko‘pgina tarmoq foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy ta’minoti tarmoqning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy qismi fayl-serverda joylashadi; ishchi stansiyada faqat resurs va fayl-server orasidan murojaat qilinadigan dasturlar oralig‘idagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bo‘lmagan qobiq joylashtiriladi. Ikkinchi tamoyil “klient-server” arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bo‘lib foydalanishgagina mo‘ljallanib qolmay, ularni qayta ishlash va foydalanuvchi talabiga ko‘ra resurslarni joylashtirishga mo‘ljallangan. “Klient-server” arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bo‘linmadan iborat: Serverning dasturiy ta’minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta’minoti. Bu tizimlar ishi quyidagicha tashkil qilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga so‘rov jo‘natiladi. Ma’lumotlarning asosiy qismini qayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga faqat bajarilgan so‘rov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta hajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 Gigabayt va undan ko‘p) bilan ishlashga mo‘ljallangan. Global tarmoqlari ilovalarida klient- server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saqlash va qayta ishlashni ta’minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va 273 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN:3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 10,issue1,February 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: googlescholar, research gate, research bib, zenodo,open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X boshqalar ma’lum. Sanab o‘tilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatniqabul qilib olishva ulardan javob olishuchun so‘rash imkonini beradi. Tarmoqda axborotni ishlab chiqaruvchi va undan foydalanuvchi ob’yektlar tarmoq ob’yektlari deyiladi. Tarmoq ob’yektlari alohidakompyuter, kompyuterlar kompleksi, ishlab chiqarish robotlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Axborotlarni territorial joylashuviga ko‘rakompyuter tarmoqlarini uchta asosiy sinfga bo‘lish mumkin:global tarmoqlor, regional (mintaqaviy) tarmoqlar, lokal (mahalliy) tarmoqlar. Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa tizimlari asosida amalgaoshiriladi. Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohidabirmamlakatdajoylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq. Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog‘langan bo‘ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga. Mahalliy tarmoqning uzunligini 2-3km bilan cheklanishi mumkin. Global, mintaqaviy va mahalliy tarmoqlar birlashmasi ko‘p tarmoqli ierarxiyani tashkil etish imkonini beradi. Ma

Доказательный фрагмент

«Aloqa texnologiyalari jamiyat taraqqiyoti va odamlarning turmush tarzini o‘zgartirishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biriga aylangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aloqa texnologiyalari jamiyat taraqqiyoti va odamlarning turmush tarzini o‘zgartirishga ta’sir etuvchi muhim omillardan biriga aylangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter, tarmoq, internet, global, mintaqaviy va lokal, texnologiya, interfeys., server, fayl, dastur, tamoyil
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники