Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МЕТОД ИЗУЧЕНИЯ ГЛАГОЛА
FE’LNI O’RGANISH METODIKASI · Yo’lchiboyeva Lolaxon · Turg’unova Dilafruz Mo’sajonovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
This article analyzes the method of learning verbs. The authors have reached some conclusions about the analysis. Key words: participle verb, participle verb, participle, past tense, compound verb, future tense, person-number suffix, present tense. МЕТОД ИЗУЧЕНИЯ ГЛАГОЛА Аннотация. В данной статье анализируется метод изучения глаголов. Авторы пришли к некоторым выводам по поводу анализа. Ключевые слова: глагол-причастие, причастный глагол, причастие, прошедшее время, сложный глагол, будущее время, суффикс лица-числа, настоящее время. Fe’l ustida izchillik bo’limlar orasidagi bog’lanish, programma materialining hajmi, uni har bir sinfda o’rganish usullari va vositalari shu so’z turkumini o’rganish vazifasi, uning lingvistik xususiyatlari va kichik yoshdagi o’quvchilarning bilish imkoniyatlariga qarab belgilanadi. «Fe’l» mavzusini o’rganishda asosiy vazifalar: so’z turkumi sifatida fe’l haqida dastlabki tushunchani shakllantirish, o’kuvchilar nutqini fe’llar bilan boyitish hamda og’zaki va yozma nutqda fe’ldan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish, o’quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirish, grammagik mavzu bilan bog’liq holda ayrim orfografik qoidalarni o’zlashtirish hisoblanadi. Bu vazifalar bir-biri bilan bog’liq holda hal etiladi. Fe’lning lingvistik xususiyatlari xiyla murakkab, shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilari faqat uning muhim nazariyalari bilan tanishtiriladi. Material tanlashda shu materialning nutq va imloga oid vazifalarni hal qilishda qanchalik zarurligi hisobga olinadi. Fe’lni o’rganishda izchillik. 1- sinfda fe’l ustida ishlash savod o’rgatish davrida boshlanadi. Bu davrda o’quvchilarning diqqati fe’lniig leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik ma’nosiga qaratiladi; fe’l uchun tipik hisoblangan leksik-grammatik ma’noni, ya’ni predmetning harakatini bildirishni umumlashtirish imkonini beradigai aniq material yig’iladi. Fe’l ustida ishlash mashqlarini “Alifbe” dagi so’z va mashqlarni o’qish, rasmga qarab gap tuzish bilan bog’lab o’tkaziladi. Bunda o’qituvchi o’quvchilar gap tuzishda mazmunga mos fe’lni topishga, so’z nimani bildirishini va qanday so’roqqa javob bo’lishini aniqlashga yordam beradigan sharoit yaratadi. Masalan, bolalar kuzda meva na sabzavotlarni, daraxtlarni kuzatib yoki rasmlarni ko’rib, gapni mazmuniga mos so’zlar bilan to’ldiradilar: kuzda mevalar nima qiladi?... (pishadi), sabzavotlar nima qiladi?... (etiladi), daraxt barglari nima qiladi?... 6 7 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ (sarg’aya boshlaydi), bolalar nima qilyaptilar?... (dam olyaptilar)... (o’ynayaptilar)... (ishlayaptilar}. Fe’lni o’rganishda maqsadga qaratilgan ishlar harakatni bildirgan so’zlar mavzusini o’rganishdan boshlanadi. (1- sinf, o’quv yilining 2-yarmi). fe’l leksik ma’nosi bilan grammatik ma’nosi (harakat bildirishi) mos keladigan (nima qilyapti?) yuguryapti, arralayapti, sakrayapti, (nima qildi?) yugurdi, arraladi, sakradi, (nima qiladi?) yuguradi, arralaydi, sakraydi kabi misollardan foydalanish bilan o’quvchilar o’zlari bajargan xarakatlarni aytishni so’rab, ular bergan javobni (fe’lni) so’roqlari bilan doskaga yozib, suhbat o’tkazish bilan tushuntiriladi. Bolalarni so’roq berish bilan holat bildiradigan uxlayapti, o’ynayapti, faxrlanadi kabi fe’llarni ham tanlashga o’rgatib borish muhim ahamiyatga ega. Bunday mashqlar o’quvchilarda predmet harakatini keng ma’noda tushunish ko’nikmasini shakllana borishiga yordam beradi. Dastur o’quvchilarda so’zlarga so’roq berib, ularni bir-biridan farqlash ko’nikmasini shakllantirishni talab etadi. Buning uchun o’qituvchi fe’lning har xil formalaridan foydalanib, maxsus mashqlar o’tkazadi. Nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’z bilan nima qildi? (nima qilyapti? Nima qiladi?) so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar taqqoslanadi: nima? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlar guruhi predmet bildirishi, nima qildi? so’rog’iga javob bo’lgai so’zlar esa predmet harakatini bildirish aniqlanadn. Taqqoslash ot va fe’lni ajratishga o’rgatadi. Ularning nutqda bir- biriga ta’sir etishini aniqlashga imkon beradi. Fe’lga co’poq berishga o’rgatish yuzaki bo’lmasligi o’quvchilar harakat bir kishi tomonidan bajarilsa, nima qildi? nima qilyapti? nima qimoqchi? co’poqlarlarini ikki va undan ortiq kishi tomonidan bajarilsa, nima qilmoqchilar? nima qildilar? nima qilyaptilar? so’roqlarini berishni bilishlari zarur. Bunday so’roqlarga javob berishga o’rgatish o’z navbatida fe’l zamonlarini o’rgatishga tayyorlash demakdir. 1- sinfda morfologik co’poq so’z nimani bildirishini aniqlash maqsadida beriladi. O’quvchilarni so’zga so’roq berishga, o’qituvchi bergan so’rog’iga javob bo’ladigan so’zlarni tanlashga so’zni so’roqqa mos ravishda o’rgatishga (nima qildi? – o’qidi, nima qilamiz? – o’qiymiz, nima qilmoqchi? – o’qimoqchi) kabi o’rgatiladi. 2- sinfda fe’lni o’rganish. 3- sinfda fe’lni o’rganish. Bu bosqichning asosiy vazifasi «fe’l – so’z turkumi» degan tushunc
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the method of learning verbs.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the method of learning verbs. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- participle verb, participle verb, participle, past tense, compound verb, future, глагол-причастие, причастный глагол, bo’lishli fe’l, bo’lishsiz fe’l, participle verb, participle verb
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014