Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Rahbar:Muxlisa Sadriddinovna Muhitdinova Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Hamroyeva Sabina Ismoil qizi · Rahbar:Muxlisa Sadriddinovna Muhitdinova
Журнал аналитической синергетики и научных горизонтов · 1 · 2025
Аннотация
it is known that the problem of everyday life in each period was one of the traces of an actual problem.It is clear from the lessons of the wet village's past that the harsh verdict of the court did not just bypass the black people.Abdullah Kahor is such a creator who vividly portrayed in his stories the problem of the era, the dark days that the Uzbek people experienced at the beginning of the 20th century, with realistic and artistic images.This article examines the problem of the social epoch in the analysis of the history of the great pen, narrated by Abdullah Kahhor. Keywords: patient, narrator, horror, society, social epoch, poverty, drama, illiteracy. Abdulla Qahhor – hajviy hikoyalar ustasi. U hajviy va yumoristik hikoyalarida qahramonlar xarakteri, dunyoqarashi, fe’l-atvoridagi ijtimoiy illat sifatida bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklarni, ba’zan yengil-yelpi tuzatish bo‘lgan xato va yetishmovchiliklarni ko‘rsatadi. “O‘jar” hikoyasida mashhur o‘zbek artisti Mirshohid Mirqobilovning uyida bo‘lib o‘tgan voqeani tasvirlaganman. Voqeaning ishtirokchilari Mirshohid, uning o‘n ikki yoshlar chamasidagi o‘g‘li va o‘zim. Sirasini aytganda, voqea hikoyaning zamirida bo‘lgan ma’noga ega emas edi. Kuldirishga g‘oyatda mohir bo‘lgan Mirshohid hikoyada ko‘rsatilganidek masxara darajasida “nodon”lik qilgani yo‘q, shu rolni “o‘ynagan”, shu bilan mening xayolimni o‘sha vaqtda band qilib yurgan mavzuga shakl topib bergan edi”, - deb hikoya tarixi bilan kitobxonni tanishtirib o‘tadi1Adibning “O‘jar” hikoyasi yozuvchining badiiy mahorati va hayotni chuqur tahlil qilish qobiliyatini 1 1. A. Qahhor. Asror bobo va O‘jar (hikoya). – T., Adabiyot uchqunlari, 2018 5 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 5, Series B 2025 ko‘rsatadigan asarlaridan biridir. Hikoya o‘zbek xalqining xarakteriga xos jihatlar, inson ruhiyatining murakkabligi va oddiy hayotning qiziqarli tasvirlari bilan boyitilgan. Undagi so‘z qo‘llash mahorati, ya’ni kam so‘z qo‘llab, olam-olam ma’no-mazmun bilan boyitilganligini ko‘rishimiz mumkin. Hikoyadagi qahramonlar o‘jar keksalarning hayotga bo‘lgan qarashlari va o‘ziga xos xarakterlari jonli tasvirlangan. Ularning har biri o‘ziga xos va o‘zbek xalqining ma’naviy dunyosini aks ettiradi. Asarning bosh qahramonlari Qutbiddinov va Zargarovlar ham bir-birlariga yon qo‘shni, ham dilkash oshna bo‘lishadi. Hikoyani tahlil qilar ekanmiz, ularning o‘zaro muloqot jarayonida evfemizlarning hikoya qahramonlarini fikrlash doirasini, ularning munosabatlarini ifodalaydi. Asarda ikki ulfatchi yig‘ilgan vaqtida har doim ikki mavzudan chetga chiqmasligi: biri – shu ketishda shahrimiz yana ellik yildan keyin qanday bo‘lar ekan; ikkinchisi – so‘nggi vaqtlarda fan kishilarni yoshartirish to‘g‘risida nega indamay qo‘ydi? Bu safargi o‘tirishida ular “Bola tarbiyasi” mavzusida juda ham qizg‘in suhbat olib boradi. Asardagi har yomonning bir “ammo”si bo‘lishi kerak, har yaxshining bir “lekin”i birikmasini maishiy evfemizmlar turiga kiritishimiz mumkin. Bu gap orqali yozuvchi inson har doim mukammal bo‘la olmasligini, har bir yomon insonning ham qandaydir yaxshi tomoni borligini, yaxshining esa yomon tomoni mavjudligini kitobxonga uqtirmoqchi bo‘ladi. “O‘jar” hikoyasi inson va jamiyat munosabatlaridagi ziddiyatlarni ko‘rsatadi. Asardagi evfemizmlarni tahlil qilar ekanmiz, aroqqa nisbatan oq ichmoq so‘zini ishlatilganligiga guvoh bo‘lamiz. Bundan tashqari, asarda shaxmat o‘ynash to‘g‘risida juda ham qizg‘in bahs bo‘lib o‘tadi. Shaxmatning ijobiy va zararli tomonlarini ikki oshna birbirlariga tushuntiradi. Bu orqali yozuvchi qahramonlarning hayoti va turmush tarzini ham ifodalab o‘tadi. Ularning ichki kechinmalari, o‘z fikrlarida qat’iylik qilishi, boshqalarning maslahatlariga quloq 6 Journаl of Аnаlyticаl Synergy аnd Scientific Horizon ISSN: 3060-5261 Impact faktor: 9.9 Volume 1, Issue 5, Series B 2025 solmaslik kabi jihatlari ochib beriladi. Asarda shaxmat o‘ynash natijasida miyaning suyilib qolishi kabi evfemik birikmadan bilishimiz mumkinki, Qutbiddinov va Zargarov shaxmat haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas. Ular o‘zlaring mulohazalari bilan bolalarining shaxmat o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaydi. Hikoyada ijtimoiy ziddiyatlar, xususan, avlodlar o‘rtasidagi tafovutlar va munosabatlar bevosita aytilmasdan, evfemistik ifodalar orqali tasvirlangan. Masalan, “Zamon o‘zgardi” yoki “Hozirgi yoshlar boshqacha” kabi iboralar jamiyatdagi o‘zgarishlarni yumshoqroq va kinoyali tarzda aks ettiradi. Bu yozuvchining ijtimoiy masalalarni mulohazali va estetik tarzda ifodalash mahoratini ko‘rsatadi. Keksa va yosh avlod o‘rtasidagi munosabatlar hikoyada bevosita tanqid qilinmasdan, evfemizmlar orqali tasvirlangan. Masalan, “Bizning paytimizda bunday emas edi” iborasi avlodlar o‘rtasidagi, qarashlardagi farqni ko‘rsatadi, lekin bu ayblash sifatida emas, balki yumshoq bir xotira sifatida berilgan. Hikoyadan o‘rin olgan yana bir evfemik ma’no moliya tili so‘zi orqali adib daromad ho
Доказательный фрагмент
«it is known that the problem of everyday life in each period was one of the traces of an actual problem.It is clear from the lessons of the wet village's past that the harsh verdict of the court did not just bypass th…»
Образец извлечения
Демо-превьюit is known that the problem of everyday life in each period was one of the traces of an actual problem.It is clear from the lessons of the wet village's past that the harsh verdict of the court did not just bypass th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- patient, narrator, horror, society, social epoch, poverty, drama, ijtimoiy davr, dahshat, dramatizm, bemor, jamiyat, hikoyanavis, qashshoqlik, savodsizlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026