К содержанию
РецензированоRU2023

УЗБЕКИСТАН – СОЦИАЛЬНОЕ ГОСУДАРСТВО.

Abdubannoyeva Qizlarxon Toxirjon qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article will talk about the concept of a social state, the views of our thinker scientists and president on the social state and the constitutional foundations of the New Uzbekistan as a social state. Key concepts: Constitution, social state, spiritual and moral values and natural human rights, Abu Nasr, Alisher Navoi, poverty reduction, health care, employment of the population. УЗБЕКИСТАН – СОЦИАЛЬНОЕ ГОСУДАРСТВО. Аннотация. В этой статье рассматриваются концепция социального государства, взгляды наших ученых-мыслителей и президента на социальное государство, а также конституционные основы нового Узбекистана как социального государства. Ключевые понятия: Конституция, социальное государство, духовно- нравственные ценности и естественные права человека, Абу Наср, Алишер Навои, сокращение бедности, здравоохранение, обеспечение занятости населения. Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi1,- degan edi Yurtboshimiz o‘z nutqlarida. Darhaqiqat, maʼlumki, asrlar davomida shakllangan maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida konstitutsiya shakliga keldi. Zero, konstitutsiya insoniyat hayotida birinchi bor insonning ozod va erkin yashash, xususiy mulkka ega bo‘lish, taʼlim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, so‘z hamda eʼtiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi deb baralla aytish mumkin. 1 Konstitutsiya va qonun ustuvorligi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining eng muhim mezoni. O‘quv-uslubiy majmua / Mualliflar jamoasi: Q.Q.Quronboyev, X.T.Azizov, M.B.Bekmurodov va boshq. – Toshkent, 2020 y. – 4- b. 1 38 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Istiqlolning dastlabki yillarida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi shaxs, jamiyat va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlarini aniq-ravshan belgilab berdi. Mana mustaqillikka o‘ttiz bir yil to‘lib jamiyat hayotidagi voqeliklarning, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarib borishi, mamlakat taraqqiyotning yangi bosqichlarga ko‘tarilib borishi konstitutsiyani yangi tahrirda qabul qilish lozimligi keltirib chiqardi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023 yil 1 maydan eʼtiboran kuchga kirdi. Bunga 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum natijasiga ko‘ra 11 ta moddadan iborat tegishli qonunning qabul qilinishi asos bo‘ldi. Bu qonunning 1-moddasiga Konstitutsiyaning yangi tahriri ilova qilingan. Bunga qadar 1992 yildan buyon konstititutsiyaga jami 15 marta o‘zgartish kiritilgan edi. Bu safar esa o‘zgarishlar ko‘lami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida, bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga ko‘ra, konstitutsiya 65 foizga yangilangan.2 O‘zbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining 1-moddasida O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat degan norma o‘z ifodasini topdi hamda yangi konstitutsiyaning 154-moddasi bilan 1-moddadagi qoidalarni qayta ko‘rib chiqish mumkin emasligi qatʼiy belgilab qo‘yildi. Biz mazkur maqolada ushbu moddada belgilangan, yaʼni O‘zbekistonning ijtimoiy davlat sifatidagi jihati xususida fikr yuritishga harakat qildik. Keyingi yillarda davlatimizda jamiyat rivoji o‘z mohiyati va shakli jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilib bormoqda. Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha olib borilayotgan siyosiy-huquqiy harakatlar, ayniqsa, inson-jamiyat-davlat konsepsiyasining huquqiy rasmiylashtirilishi ijtimoiy davlat sifatida jamiyatning mutlaqo yangi siyosiy-huquqiy tizimi sifatida rivojlanayotganini ko‘rsatib turibdi. Istiqbolda o‘zimizda va jahonda taraqqiy etgan hozirgi zamon davlatchiligining tajribasi asosida yangi davlat va jamiyat shakllanmoqda.3 Ijtimoiy davlat – insoniyat tarixiy taraqqiyotining muayyan davri mahsuli, davlatchilik rivojining maxsus bosqichi. Ijtimoiy davlat g‘oyasi, eng avvalo, qadimgi Sharqda, xususan, mutafakkir ajdodlarimiz tomonidan ilgari surilgan. Buyuk bobomiz Abu Nasr Forobiy maʼrifatli insonlar jamoasini, ideal jamiyat g‘oyasini “Fozil odamlar shahri” asarida tarannum etgan. Ijtimoiy davlat barpo etish Alisher Navoiy bobomizning ham ezgu orzusi bo‘lgan. U insonlarning baxtli yashashi uchun munosib ijtimoiy muhit yaratish, farovon jamiyat qurish, maʼrifatli davlat boshqaruvi, adolatparvar va odil hukmdor, insonlar o‘zaro mehr-oqibatli va bag‘oyat ahloqiy bo‘lish kab

Доказательный фрагмент

«This article will talk about the concept of a social state, the views of our thinker scientists and president on the social state and the constitutional foundations of the New Uzbekistan as a social state.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will talk about the concept of a social state, the views of our thinker scientists and president on the social state and the constitutional foundations of the New Uzbekistan as a social state. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Конституция, социальное государство, Konstitutsiya, ijtimoiy davlat, Constitution, social state
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники