К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz va o’zbek tillarida zoonim komponentli maqollarning mentalitetga xos xususiyatlari

MAQOLLARNING MENTALITETGA XOS XUSUSIYATLARI · Uralova Oysuluv Poyan qizi

Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 2026

Аннотация

Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida zoonim komponentli maqollarning mentalitetga xos xususiyatlariga bag’ishlangan. Zoonimik komponent maqollar deyarli barcha dunyo tillarida uchraydi. Hayvonlar insonlarning kundalik hayotida muhim ro’l o’ynaydi va insonlarning ayrim xususiyatlarini hayvonlarda ham kuzatish mumkin. Maqolada ingliz va o’zbek zoonimlari tarkibiy qismlarining har ikki millat va elatlarning milliy, madaniy va ruhiy xususiyatlarini aks ettirishdagi ahamiyati muhokama qilinadi. Zoonim misolida yaratilgan individual va universal otlar aniqlangan, ingliz va o‘zbek xalqlarining umumiy tomonlari aniqlangan. Kalit so’zlar: Zoonim, ingliz tili, o’zbek tili, maqol, mentalitet, hayvon nomlari, xalq, zookomponent. ANNOTATION This article is devoted to the mental characteristics of proverbs with a zoonym component in English and Uzbek languages. Zoonymic component proverbs are found in almost all world languages. Animals play an important role in the daily life of people, and some characteristics of humans can be observed in animals. The article discusses the importance of the components of English and Uzbek zoonyms in reflecting the national, cultural and spiritual characteristics of both nations and peoples. The individual and universal nouns created on the example of zoonim and the common aspects of the English and Uzbek peoples are defined. Key words: Zoonym, English language, Uzbek language, proverb, mentality, animal names, people, zoo component. Zoonimlar maqollarning bir qismi bo‘lib, xalq dunyoqarashi, madaniy hayoti asosida obrazli obraz yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Zoonimik komponent maqollar deyarli barcha dunyo tillarida uchraydi. Buning sababi shundaki, odamlar va hayvonlar ming yillar davomida yonma-yon yashagan. Shuning uchun ham hayvonlar odamlarning kundalik faoliyati va madaniy hayotida alohida o'rin tutadi. Milliy-madaniy va etnik tafovutlar, psixik xususiyatlarning birligi natijasida vujudga keladigan til birliklari lingvomadaniyat fani sohasida o‘rganilishi kerak bo‘lgan muhim tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Ularning ma'nosining mohiyatini va kundalik hayotda qo'llanilishini o'rganish masalasi lingvomadaniyat fani kontekstida tahlil qilinadi. Til va madaniyatga oid muammolar yechimini topish, izlanishlar hajmini oshirish lingvomadaniyat fani rivojini belgilashda muhim omil bo‘ladi. Zookomponentli paremiyalarda mustahkamlangan Sharq sivilizatsiyasi tajribasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Inson har doim o‘zini va harakatlarini haqiqiy va afsonaviy tirik mavjudotlar bilan taqqoslagan. Tipik, zamondan tashqari, lokalazatsiya qilinmagan (ma’lum bir joyga bog‘liq bo‘lmagan) fikrlarga qaramasdan, maqol va matallardan ma’lum kommunikativ sharoitlarda foydalanish pragmatik ma’noni ifodalashga yordam beradi. Har bir tilda hayvon haqida ma’lumotlarni rasmiylashtirish uchun maxsus vositalar to‘plami mavjud bo‘ladi. Ularda maqol va matalllarda inson va uning hayoti va hayvonlar bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni ham ko‘rish mumkin. Dastlab, odam o‘zini ko‘rgan va eshitgan tirik mavjudotlar bilan taqqoslagan. V. fon Gumboldt "turli tillar turli olamlarni emas, balki dunyoning turli xil qarashlarini aks ettiradi"deb yozgan26. Ingliz va o’zbek xalqlari batafsil mentalitetga xos paremiologik portreti zoonimli paremalarda namoyon bo‘ladi. Ingliz va o’zbek tillarida eng ko‘psonli tematik guruh insonning axloqiy fazilatlarini ko‘rsatuvchi guruhdir. Ko’pgina o’zbek xalq maqollarida maqtanchoqlik yomon xislat ekanligi haqida uqtiriladi. Buni hayvonlar timsollari rqali ifodalangan bir qancha paremalarda uchratish mumkin. Baq-baq etgan takani yomgʼir yoqqanda koʼr, Shaq-shaq etgan kelinni sigir soqqanda koʼr. Var.: “Baq-qaq etgan serkani suv kechganida koʼr, Shaq-shaq etgan xotinni sigir yechganda koʼr”; “Baq-baq yetgan takani qor bosganda koʼr, Man-man degan yigitni yov bosganda koʼr”; “Qaqillagan xotinni qiz berganda koʼramiz”. Taka-echkilarning yogʼingarchilikka toqati boʼlmaydi. Ular qurgʼoqchilikda (yoxud quruq yerda) baq-baq yetib yuraveradilar -u , ammo qor-yomgʼir yogʼganda shumshayib, oʼzlarini pana joyga olishga urishga harakat qiladilar. Suruvda borayotganlarida oldindan kechuv chiqib qolsa, suvdan kechmay choʼponni qiynaydilar. Yuqoridagi maqollar bilan “Maqtanchoq odamning holini boshiga ish tushganda koʼr, “avji pasayib” tili kalimaga kelmay, mulzam boʼlib qoladi “, deyilmoqchi. Maqtanchoqlik eng yomon insoniy illatlardan biridir. Xalqimiz azal-azaldan maqtanchoqlarni qoralab kelgan, maqtanchoqlarning ustidan istexzoli kulganlar va maqtanishning oqibati xunuk bo’lishiga uqtirganlar. Xalqimiz orasida maqtanchoqlikdan tashqari maxmadogarchilikka ham salbiy fazilat sifatida qaraladi. 26 Humboldt A., fon. Cosmos: Experience of a physical world description / Transl. from german N. Frolova, M. Gusev, Y. Weinberg: in 5 vol.: in 4 vol. — Gift edition of the original of 1848–1863 Bu fazilatlar bedana obrazi orqali o’zbek paremalarida ifodalangan. Bedana tezotar boʼlsa, oʼz boshini oʼ

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida zoonim komponentli maqollarning mentalitetga xos xususiyatlariga bag’ishlangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola Ingliz va o’zbek tillarida zoonim komponentli maqollarning mentalitetga xos xususiyatlariga bag’ishlangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zoonym, English language, Uzbek language, proverb, mentality, maqol, animal names, zoo component, xalq, hayvon nomlari, английский язык, mentalitet, менталитет, узбекский язык, Zoonim, люди, пословица, people, зоокомпонент, ingliz tili, zookomponent, o’zbek tili, названия животных
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники