К содержанию
РецензированоRU1936

Этимологические исследования: актуальность, методы и проблемы

Ibraximova Iroda Bobir qizi · ETIMOLOGIK TADQIQOT: DOLZARBLIK · METOD VA

Традиции и инновации в исследовании и преподавании языков · 1 · 1936

Аннотация

Ushbu maqolada etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti, ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari bayon etilgan. O’zbek va ingliz tillaridagi etimologik lug’atlar o’rganilgan, natijalar tahlil etilgan. Maqola etimologiya sohasining dolzarbligini, tadqiq jarayonlarining murakkabligini va uning o’ziga xos metodlari borligini ifoda etadi. Maqolada frazeologiya, frazeologik birliklar etimologiyasiga ham oid ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: etimologiya, etimologik lug’atlar, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, frazeolgiya, frazeologik birliklar etimologiyasi. Etimologiya tilshunoslikning muhim va qiziqarli bo’limlaridan biri bo’lib, u so’z va morfemalarning kelib chiqishi va shakllanishini o’rganadi. Uni shuningdek, so’zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui sifatida ham ta’riflash mumkin bo’lib, tarixiy nuqtai nazardan esa “grammatika” ma’nosida qo’llanilish holatlari ham kuzatiladi (XIX asr).17 Rus tilshunos-olimi, etimologi Vasiliy Abayev italyan tilshunosi Vittore Pisanining “L’etimologiya: storia – questioni – metodo” asari ruscha tarjimasi - “Etimologiya: istoriya, problemi, metod” (1956) nashriga so’zboshi yozar ekan, quyidagi fikrlarni bayon qiladi: “So’z tarixi xalq tarixi bilan chambarchas bog’liq. Shuning uchun ham muhim tarixiy va etnogenetik muammolarni hal qilishda etimologik tadqiqotlar birinchi darajali ahamiyatga ega. So’z tarixi, ularning kelib chiqishi va rivojlanishi ayni paytda inson tafakkurining tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini idrok etish, 17 Etimologiya - Vikipediya (wikipedia.org) ularni o’zlashtirishga qaratilgan ko’p asrlik sa’y-harakatlari tarixidir. Shunday qilib, etimologik tadqiqotlar tilshunoslikning 2 ta asosiy muammosi: “til va tarix”, hamda “til va tafakkur” muammolari bilan bevosita bog’liq.”18 So’z tarixining eng taniqli tadqiqchilaridan biri miloddan avvalgi 116-27 yillarda yashab ijod qilgan Rimlik ensiklopedist-olim Mark Terensiy Varron (lotincha Marcus Terentius Varrō19 ) bo’lib, u etimologiyani fan sifatida e’tirof etadi va “So’zlar nega va qayerdan kelib chiqadi?” degan savolga javob beradi. Garchi u zamonlarda so’zlar ma’nosini izohlashda hali biror ilmiy metodologiya mavjud bo’lmagan bo’lsa-da, Varron katta tadqiqotni amalga oshirgan. Uning so’z boyligi tarixida tovush o’zgarishi va so’z yasalishining o’rnini aniqlash borasidagi ishi tahsinga sazovor, deb baholanadi. Varronning “Uni izlashingiz kerak o’rmonda quyuq zulmat hukm surmoqda. Biz qadam bosmoqchi yo’llar yo’g’u, biz yurmoqchi yo’llarda yurishni kechiktiruvchi turfa to’siqlar mavjud” degan etimologiya haqidagi gapi epigraf sifatida qo’llangan “K istokam slova” kitobida muallif Y.V.Otkupshipov rus tilidagi bir qator so’zlar tarixi xususida so’z yuritib, etmologiya ilmi haqida ham ko’plab ma’lumotlar taqdim etgan. Kundalik hayotda ishlatadigan so’zlarimiz o’ziga xos xususiyat va shakliyatlarga, hali ochilmagan sir va topishmoqlarga, o’z tarixiga egaligini e’tirof etar ekan Y.V.Otkupshipov etimologik tahlil tamoyillarining murakkab va xilma- xilligini ta’kidlaydi: “Etimologiyada o’z kashfiyotchisini kutayotgan ko’plab yechimga muhtoj masalalar bor. Rus tilidagi (va boshqalarda ham) istalgan etimologik lug’atni olib qarang. Bunda “kelib chiqishi noma’lum”, “aniq tushuntirishi mavjud emas” mazmundagi izohli so’zlar ko’plab topiladi. Endi o’zingizni minglar orasidan birgina so’zni tadqiq etgan, va nihoyat masalaga yechim topgan etimolog o’rniga qo’yib ko’ring. Bu so’z paydo bo’lgan paytdagi ming yillik tarix qatlamlari ostida yashiringan ma’noni hali hech kim bilmaydi. Va faqat kashfiyotchi-etimologning mashaqqatli mehnati bu so’zning kelib chiqishini tushuntirishga imkon beradi. Ushbu onda tadqiqotchi boshdan kechirayotgan ijodiy mamnuniyatni yangi quruqlikni kashf etgan dengizchi, yangi neft konini topgan geolog, yo kutilmagan yangi kombinatsiya yurishini o’ylab topgan shaxmatchi zavqiga qiyoslash mumkin.”20 18 V.Pisani. “Etimologiya: istoriya, problemi, metod”. M.,1956 19 Марк Теренций Варрон — Википедия (wikipedia.org) 20 Otkupshipov Y. “K istokam slova”. Sank-Peterburg -2005, 5-6-betlar. O’rta asrlarda etimologiya sohasida u qadar ko’p ishlar amalga oshirilmagan. Ispaniyaning Sevili arxiyepiskopi O’rta asrlar etimologiyasining eng ko’zga ko’ringan vakili bo’lgan. O’rta asrlar Ensiklopediyasi asoschisi Isidor Sevilsky (ispancha San Isidoro de Sevilla) (mil.av. 560-636) “Etimologiya” (Lotin etimologiyasi) kitobi muallifi hamdir. U narsalarning qiymatini etimologiyaning asosiy obyekti sifatida e’tirof etgan va ma’lum bir so’zlar etimologiyasini juda oddiy usulda tushuntirishga harakat qilgan.21 Tilni tarixiy jihatdan ham o’rganish ahamiyatining yuqoriligi XIX asr boshlarida yuzaga kelgan qiyosiy-tarixiy tilshunoslik metodi bilan yana-da isbotlandi. Chunki u vaqtga qadar tilni o’zgarmas hodisa sifatida bilishgan va nega ba’zi tillar o’rtasida o’zaro o’xshashlik borligi masalasiga ilmiy yechim topa olishmagan. 1816-yi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti, ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari bayon etilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti, ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari bayon etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phraseology, этимология, etymology, фразеология, frazeologik birliklar etimologiyasi, frazeolgiya, etymological dictionaries, etimologik lug’atlar, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik, сравнительно-историческое языкознание, etymology of phraseological units, comparative-historical linguistics, этимологические словари, этимология фразеологизмов, etimologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники