Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СИСТЕМА ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ – ПРИОРИТЕТ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОЛИТИКИ
Xasanova Nilufar Tuymurodovna
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the current task of preschool education and the essence of Decision PQ-2707 "On measures to further improve the preschool education system in 2017-2021" are studied from a scientific and theoretical point of view. Reasonable opinions and comments are given throughout the article. Key words: preschool education, further improvement of the preschool education system. СИСТЕМА ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ – ПРИОРИТЕТ ГОСУДАРСТВЕННОЙ ПОЛИТИКИ Аннотация. В данной статье с научной и теоретической точки зрения исследованы современная задача дошкольного образования и суть Постановления PQ-2707 «О мерах по дальнейшему совершенствованию системы дошкольного образования в 2017- 2021 годах». На протяжении всей статьи даются обоснованные мнения и комментарии. Ключевые слова: дошкольное образование, дальнейшее совершенствование системы дошкольного образования. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kelgusida maktab bilimini yaxshi o‘zlashtirishi, maktabga moslashuvning yengil o‘tishi, bola shaxsida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, qiyinchiliklarni bartaraf etishni amalga oshirishda bolalarning maktabgacha ta’lim muassasasiga jalb etilganligi, ta’limga qamralganligi alohida ahamiyatga egadir. Shuni aytish joizki, shahar va qishloq muassasalari o‘rtasida tafovut mavjud bo‘lib, uning asosiy sabablari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: - olis tuman va qishloqlarida ijtimoiy infrastrukturaning talab darajasida emasligi; - qishloq hududlaridagi maktabgacha ta’lim muassasalari binolarning eskirganligi; - maktabgacha ta’lim muassasalariga oylik to‘lovlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar; - joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida moddiy-texnik bazaning nochorligi; - malakali kadrlar yetishmasligi; - sifatli oziq-ovqat ta’minotining pastligi; - malakali kadrlarning yetishmasligi oqibatida maktabgacha ta’lim muassasalarida nisbatan ota-onalar ishonchining yo‘qolishi. 1 01 8 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Ushbu holatlarni bartaraf etish va bolalar qamrovini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2016 yil 29 dekabr kuni “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli qaror tasdiqlandi. “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qaror mazmun-mohiyati. Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma’lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Darhaqiqat, bu davrda inson bolasi dunyoni anglaydi, o‘z ona tilini o‘zlashtiradi, ota-ona, oila, mahalla, Vatanga mehri uyg‘onadi, umr davomida oladigan bilimlarga zamin hozirlaydi. Bunda eng avvalo oila asosiy rol o‘ynasa, maktabgacha ta’lim muassasasining hissasi ham bu borada muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mamlakatimizda aynan maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas bo‘lagiga, ta’bir joiz bo‘lsa, uning debochasiga aylangan. Shu ma’noda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 30 dekabr kuni matbuotda e’lon qilingan “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ushbu tizim faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarish, sohani bugungi kun talablari darajasida modernizatsiya qilishga xizmat qilishi shubhasiz. Albatta, mazkur masalaga e’tibor kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolgani yo‘q. Ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan 25 yillik mustaqillik davrida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ta’limni tubdan isloh qilishning muhim bosqichlari amalga oshirilib, mohiyatan hech qaysi bir davlatda mavjud bo‘lmagan uzluksiz ta’lim tizimi shakllantirildi. YA’ni, yosh avlodning maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limgacha bo‘lgan uzluksiz bilim olishlari, kasb o‘rganishi uchun shartsharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu borada, ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tizimini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb etish, maktabga tayyorlash masalalari ta’lim sohasidagi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri deb qaraldi. Mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash uchun, eng avvalo, qulay tashkiliy-huquqiy sharoitlar yaratildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan mazkur sohadagi islohotlar izchil davom ettirilib, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini hozirgi zamon talablari va standartlari asosida rivojlantirish, ularni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga qaratilayotgan e’tibor zamirida ham kelajagimiz egalarining hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishlari hamda buyuk ajdodlarga munosib voris bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlashdek ezgu maqsad mujassam. Jumladan, davlatimiz rahbarining qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan dasturda keng ko‘lamli strategik
Доказательный фрагмент
«In this article, the current task of preschool education and the essence of Decision PQ-2707 "On measures to further improve the preschool education system in 2017-2021" are studied from a scientific and theoretical p…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the current task of preschool education and the essence of Decision PQ-2707 "On measures to further improve the preschool education system in 2017-2021" are studied from a scientific and theoretical p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- preschool education, further improvement of the preschool education system, дошкольное образование, maktabgacha ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024