К содержанию
РецензированоRU2024

didactic material. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z ustida ishlash

Dilrabo MALIKOVA · Keywords: -/© in Science LLC. (In native language lessons in primary school, attention is)

Зарубежная лингвистика и лингводидактика · 2 · 260-266 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: На уроках родного языка в начальной школе речь, акцентируется внимание на первом этапе развития речи слово, учащихся. В данной статье подробно рассматриваются словарь, значение, этапы и методы работы над словом. Этот процесс значение, антонимы, важен для формирования основ языковых навыков, таких многозначные слова, как владение лексикой, осознание морфологических и слова противоположного синтаксических структур языка. значения, контекст, объяснение, словесный минимум, дидактический материал. So‘z – nutqining asosiy hom-ashyosi. O‘quvchini bu xom-ashyo bilan ta’minlashning asosiy mas’uliyati ona tili mashg‘ulotlari zimmasiga tushadi. Shuning uchun so‘z ustida ishlash, o‘quvchilarni ularga notanish bo‘lgan so'zlar olamiga olib kirish, nutq sharoitiga qarab ulami to‘g‘ri va o‘rinli ishlatishni ta’minlash ona tili mashg‘uiotlarining muhim tarkibiy qismiga va ona tilidan o‘quvchi bilimini baholashning asosiy omilliaridan biriga aylanmog‘i lozim. Ona tili ta’limining bosh maqsadi “O‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat ekan, bunga erishishni boy va barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shuning uchun so‘z boyligi omili davlat standartida muhim o‘rin egallashi lozim. Nutq boyligi masalasi ona tilidan ta’lim samaradorligining amaliy ko‘rsatkich darajasiga ko‘tarilishi va so‘z boyligini oshirish hamda boyitish esa ona tili ta’limining asosiy maqsadiga aylantirilishi ta’limning jahon andazalariga mos keladi. ”, – deya pedagog olimlar o‘quvchilar fikrlarini to‘laqonli bayon qilishlarida so‘z boyligini oshirish hamda lug‘atlar bilan olib boriladigan ishlar nechog‘lig ahamiyatliligi hamda so‘z boyligini oshirish jahon andozasiga mos ekanligidan dalolat beradi. Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida o‘quvchilarning nutqini o‘stirish – ularda eshitish, anglash, gapirish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish, demakdir. Shu asosda intellektual salohiyat oshiriladi, estetik va axloqiy tarbiya yo‘lga qo‘yiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini nutqiga qo’yilgan talablar va uni o‘stirish bosqichlari mavjud bo’lib ular quydagilardan iborat. Nutqning mazmundorligi, mantiqiyligi, aniqligi, tushunarliligi , ifodaliligi hamda to‘g‘riligi nutqga qo‘yilgan talablarni mujassamlashtiradi va ular uzviy bog‘langan hisoblanib, ta’lim tizimida kompleks ravishda amalga oshiriladi. Ona tili ta’limi metodikasiga ko‘ra nutq o‘stirish jarayoni uch bosqichni o‘z ichiga oladi va quyidagicha ketma-ketlikni tashkil qiladi: 1. So‘z ustida ishlash; 2. So‘z birikmasi va gap ustida ishlash; 3. Bog‘lanishli nutq ustida ishlash; 261 Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika – Зарубежная лингвистика и лингводидактика – Foreign Linguistics and Linguodidactics Issue – 2 № 3 (2024) / ISSN 2181-3701 Yuqorida keltirilgan ketma-ketlik asosida o‘quvchilar nutqini rivojlantirish tizimlashgan hisoblanadi. Soʻz ustidagi ishlar quyidagi yoʻnalishlarda olib boriladi: 1. Soʻzning toʻgʻri adabiy orfoepik talaffuzi va oʻqilishini oʻrgatish. 2. Soʻz ma’nosini tushuntirish. 3. Oʻquvchilar nutqiga yangi soʻzlarni kiritib borish, ya’ni lugʻatini boyitish. 4. Lugʻatidan oʻrin olgan soʻzlarni kerakli oʻrinda maqsadga muvofiq tanlab olishga oʻrgatish. 5. Soʻzlarni uslubiy jihatdan toʻgʻri qoʻllashga oʻrgatish. 6. Soʻz minimumiga kiradigan soʻzlarni imloviy jihatdan toʻgʻri yozishga oʻrgatish. So‘z ustida ishlash nutq rivojlantirishning dastlabki bosqichi bo‘libgina qolmasdan, nutq jarayonida muhim hamdir. Ona tili darslarida so’z ustida olib boriladigan ish turlari quydagicha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: 1. Lug’at ustida ishlash; 2. So‘z ma’nosi ustida ishlash; 3. Ma’nodosh so‘zlar ustida ishlash; 4. Zid ma’noli so‘zlar ustida ishlash; 5. Ko‘p ma’noli va shakldosh so‘zlar ustida ishlash; 6. Mantiqiy mashqlar ustida ishlash; Lug‘at ustida bajarilagidan ishlar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishi o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, IV sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. “Lug‘at ishi ‒ o‘qituvchi faoliyatidagi bir lavha emas, balki rus tili kursining barcha bo‘limi bilan bog‘langan tizimli, yaxshi tashkillashtirilgan, pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tuzilgan ishdir” ‒ deb yozgan edi taniqli metodis olim A. V. Tekuchev. Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollashtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atid

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: На уроках родного языка в начальной школе речь, акцентируется внимание на первом этапе развития речи слово, учащихся.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: На уроках родного языка в начальной школе речь, акцентируется внимание на первом этапе развития речи слово, учащихся. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-3701/© 2024 in Science LLC, контекст, qarama-qarshi ma'noli so'zlar, tushuntirish, слово, ma'no, dictionary, речь, so'z, дидактический материал, lug'at, word, context, словарь, antonyms, speech, словесный минимум, minimal so'zlar, didactic material, explanation, opposite meaning words, значение, didaktik material, слова противоположного значения, meaning, polysemous words, kontekst, объяснение, антонимы, antonimlar, nutq, ko'p ma'noli so'zlar, многозначные слова, word minimum
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники