К содержанию
РецензированоUZ2026

+998(97)9184113 Shodiev Javoxir Hamzaevich

Shayqulov Hamza Shodievich · Rasulova Muxsina Roziqovna · Shodiev Javoxir Hamzaevich · Abduraxmon Jomiy (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi.)

Международный журнал теории новейших научных исследований · 4 · 24-27 · 2026

Аннотация

Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kabi axborot beruvchi ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mavjud bo‘lgan shunday sharoitda ta’lim muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday bo‘lishi haqida fikirlar keltirilgan, An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv qo‘llanma kitoblari va elektron o‘quv qo‘llanmalar qiyoslanib, tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: axborot texnologiya, kompyuter, an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar, 3D, 5D, 7D, kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar, elektron o‘quv qo‘llanmalar. “Agar yolg‘iz ersang, xamdam kitobdur, Bilim subhidagi nur xam kitobdur”. Abduraxmon Jomiy Prezidentimiz ta’kidlaganidek “Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi xalq birinchi navbatda o‘zining intellektual salohiyati, yuksak ma’naviyati bilan qudratlidir. Bunday engilmas kuch manbai esa avvalo insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda” Hozirgi kunda internet tarmoqlari va umuman raqamli axborot texnologiyalari hayotimizni keskin o‘zgartirib yubormoqda. Amaliy tahlillar ta’lim jarayonida katta samaraga ega bo‘lishi uchun o‘quv jarayonida interfaol, didaktik o‘yinlar va mashq qildirgichlardan foydalanishni taqozo etmoqda. 19 Kitob – eng qimmatli xazina. U insoniyat kashf qilgan eng buyuk kashfiyotlardan biridir. U ajdodlarning qimmatbaho ma’naviy merosini avlodlarga etkazib beruvchi dono ustozlarning eng sodda, ammo sabotlisidir. Ularsiz hayotimizni tasavvur qilish, olamni anglash naqadar mushkul. U bizga bolaligimizdan hamroh bo‘ladi, hayotning g‘aroyib sir-sinoatlari bilan tanishtiradi, qiyin vaziyatlarda foydali maslahatlarni beradi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, o‘z-o‘zimizni anglashni o‘rgatadi. Kitobning asosiy vazifalaridan biri – bu ilm-fanning qimmatbaho durdonalarini asrlar osha saqlab qolish va kelgusi avlodga etkazib berish. Kitob bilan suhbat insonning kamolotga etishida muhim ahamiyatga ega. U insonni olg‘a borishga chorlaydi. Bugungi kunda mumtoz adabiyotning noyob durdonalari bilan tanishib turganimiz uchun kitoblardan minnatdor bo‘lishimiz zarur. Kitob chop etish jarayoni hozirgi taraqqiyotiga erishish jarayoni qanchalik uzoq muddat davom etgani va ko‘plab mashaqqatlarga duch kelgani barchamizga ma’lum. Hatto mashhur shoira Nodirabegimning biror kitobni nusxasini ko‘chirib kelgan odamlarga oltindan yasalgan qalam taqdim etgani haqidagi dalilining o‘ziyoq azaldan ma’naviyatga intilish, taraqqiyotga intilish naqadar kuchli bo‘lganligini anglatadi. Yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning shiddatli rivojlanishi va yuksak taraqqiyoti, mobil ilovalarning yaratilayotganligi ta’lim jarayonida samarali foydalanish imkoniyatlarini yaratmoqda. Shu jihatdan multimediya dasturlari va elektron dasturlarning o‘quv jarayoniga qo‘llanilishi borasidagi har qanday ilmiy, ilmiy-uslubiy va boshqa tadqiqotlar juda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalari kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayonini axborot bilan ta’minlash, rivojlantirib borish, ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining qo‘llanilish imkoniyatlari oshib bormoqda. Televidenie va radioning ta’lim dasturlari intelektuallashuvi ta’minlanadi. Fan va ta’limning nashriyot bazasi rivojlantiriladi, o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy, qomusiy adabiyotlar va ma’lumotnomalar bilan ta’minlashning barqaror tizimi shakllantiriladi. Hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kabi axborot beruvchi ko‘plab zamonaviy vositalar mavjud mana shunday sharoitda ta’lim muassasalarida bugungi kun kitoblarlarining o‘rni qanday bo‘lmog‘i lozim? 20 An’anaviy bosma shakldagi darslik, o‘quv qo‘llanma kitoblari hozirgi zamonda yoshlarimiz ehtiyojlarini qondiradimi? An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo- fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda qog‘ozda chop etiladigan ko‘p xarajatli, muayan adadli, qiyin nusxalanuvchi, foydalanuvchilarning o‘zaro almashishi va olib yurishi qiyn bo‘lgan axborot manbaidir. Elektron o‘quv qo‘llanmalar – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba. Hozirgi ilg‘or nanotexnologiyalar asrida yashar ekanmiz barcha imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda talabalar uchun qulay va sifatli zamonaviy elektron kitoblar (o‘quv qo‘llanmalar) yaratilishi zarurdir. Bunday elektron qo‘llanma shakllari va xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - o‘quv materialini multimedia, ya’ni ma’lumot berishning vizual, g

Доказательный фрагмент

«Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kab…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada hozirgi kunda an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlarga qarama - qarshi holda 3D, 5D, 7D kino-, videofilmlar, audi-, animatsiyalangan virtual filmlar, televidenie, multimedia vositalari, mobil ilovalar va shu kab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kompyuter, mobil ilovalar, multimedia vositalari, 3D, animatsiyalangan virtual filmlar, an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar, videofilmlar, axborot texnologiya, 7D, televidenie, 5D
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники